Superligaga chiqqan "Turon" klubi tarkibiga Tojikiston terma jamoasi azosi qo'shildi
13 dek 2020 12:55
Yangiliklar


Superligaga chiqqan "Turon" klubi tarkibiga Tojikiston terma jamoasi azosi qo'shildi
Kelasi 2021 yilda superligada qatnashadigan Yaypanning "Turon" jamoasi Tojikiston terma jamoasi azosi Umarjon SHaripovni tarkibga qo'shib oldi.
Umarjon SHaripov 2000 yil 5 - iyun kuni Tojikistonning Hisor shahrida tug'ilgan. 2017 yildan Boxtar shahrining Xatlon jamoasida o'ynamoqda. Umarjon 2020 yilgi Tojikiston oliy ligasi o'yinlarida 17 marta maydonga tushib 5 ta golga mualliflik qilgan. Tojikiston terma jamoasidagi debyut o'yinini esa 2020 yil 3-sentyabr kuni Toshkentda bizning terma jamoamizga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'tkazgan. U o'yinning 83-daqiqasida zaxiradan Jahongir Ergashev o'rniga tushgan. Rossiyaning www.transfermarkt.ru saytining yozishicha Umarjon SHaripovning transfer narxi 200 ming evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar