So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  81 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Superligaga 1 kun qoldi. Dastlabki 3 turning eng qiziq 5ta o'yini Yangiliklar

Superligaga 1 kun qoldi. Dastlabki 3 turning eng qiziq 5ta o'yini

Ikki oydan ziyod davom etgan tanaffusdan so'ng yana Superliga bahslarini o'tkazishga ruxsat berildi.

Xabaringiz bor, milliy chempionatimiz o'yinlari 3-turdan keyin koronavirus pandemiyasi sabab to'xtatib qo'yilgandi. Ertadan boshlab yana Superliga restart oladi. O'quvchilarimiz futbol havosini his qilishlari uchun dastlabki 3ta turning eng qiziq 5ta o'yinini yodga olamiz.


“Paxtakor” - “Navbahor” 2:1

1-tur. 27 fevral

Bu yilgi Superliga Toshkentda “Paxtakor” - “Navbahor” uchrashuvi bilan start oldi. “Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishi bois PFL bu jamoa jamoa o'yinini 27 fevralga belgiladi. Amaldagi chempion ilk turda “Navbahor”ni qabul qilib qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchdi. Aytish mumkinki, uchrashuv juda qiziqarli kechdi. Namangandan 5 ming nafarga yaqin muxlis kelgani ham etirofga loyiq.

Uchrashuvda hisob mehmonlar vakili Ivan Solovyov tomonidan ochildi. Maydon markaziga yaqinroq joydan juda chiroyli reydni amalga oshirgan rossiyalik hujumchi qo'rqmay jarima maydonchasi ichiga kirib borib ishonch bilan zarba berdi. Uning zarbasi gol bilan yakunlandi. Birinchi taym yakuniga etay deganda “Navbahor” yarim himoyachisi Islom Isoqjonov qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu esa mehmonlarga juda qimmatga tushdi.

 Ikkinchi taym boshlangach 51-daqiqadayoq “Paxtakor” hisobni tenglashtirdi. Dragan CHeranning ajoyib to'p uzatishidan so'ng Igor Sergeev raqib darvozasini ishg'ol qildi. 78-daqiqaga kelib Egor Krimec ikkinchi bor ogohlantirish olib, u ham qizil kartochka sabab maydonni tark etdi. Kuchlar yana teng bo'lib qoldi. O'yin 1:1 hisobida yakuni topishi ham mumkin edi, ammo 89-daqiqada Igor Sergeev yana gol urishga muvaffaq bo'ldi. U Anzur Ismoilov tomonidan etkazib berilgan to'pni darvoza to'riga joylab o'z jamoasiga dastlabki g'alaba va ilk uch ochkoni taqdim etdi.

O'yindan keyin ro'y bergan voqealar uchrashuv darajasidan ham baland bo'ldi. Avvalo o'yinni boshqarib borgan Ilgiz Tantashev xatolari sabab bir oyga Superligadan chetlatildi. Bundan tashqari “Navbahor” muxlislari mag'lubiyatni hazm qila olmay hakam ustidan turli joylarga murojaat etishdi. Hatto Prezident portaliga xat yozganlar bo'ldi. To'g'ri-da, uchrashuv surati ancha baland edi va agar hakam o'yinga tasir o'tkazmaganida “Navbahor” bemalol Toshkentdan bir ochko bilan qaytishi mumkin edi.


“Mashal” - “So'g'diyona” 3:0

1-tur. 29 fevral

Ikki yillik tanaffusdan keyin Muborakka yana katta futbol qaytdi. Esingizda bo'lsa, 2017 yil kuz oylariga kelib O'FAning oldingi rahbariyati o'z bilganicha qaror chiqarib, oliy ligani 7-o'rinda tugatgan “Mashal”ni birinchi ligaga tushirib yuborgandi. Buning natijasida “gazchilar” ikki yilni quyi divizionda o'tkazishdi. “Mashal” o'tgan yil ham vazifani uddalab Superligaga qaytishi mumkin edi, biroq mavsum tugashiga oz qolganida “Andijon” uloqni ilib ketdi.

Natijada yana bir mavsumni Pro ligada o'tkazgan “Mashal” ikkinchi urinishda kuchlilar orasiga qaytdi. “Mashal” joriy mavsumning ilk turini o'z maydonida “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazdi. Albatta, Superliganing ilk turini ijobiy boshlab olish “gazchilar” uchun nihoyatda muhim edi. CHunki bu birinchidan Muborakdagi ochilish o'yini bo'lib, o'yin to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatildi. Biz yaqin orada Muborakdan jonli efir ko'rmagandik. Qolaversa “Mashal” ilk turda Superligani o'tgan yil to'rtinchi tugatgan “So'g'diyona”ni qabul qildi.

O'yinga bo'lgan qiziqish yuqori bo'ldi. Mavsumning ochilish o'yini, ikki yillik tanaffusdan so'ng “Mashal” qanday o'yin namoyish etishi, to'rtinchi o'rinni egallagan “So'g'diyona” mavsumni qanday boshlashi, xullas bir qator savollarga javob olishimiz mumkin bo'lgan bahs edi. Yaxshi bilasiz, “So'g'diyona” yangi mavsumga Ulug'bek Baqoev qo'l ostida hozirlikni davom ettirdi. “Mashal”da esa murabbiy o'zgardi. Jamoani Superligaga qaytargan Asror Aliqulov kutilmaganda istefoga chiqib, Zoir To'raqulov “Mashal” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Lekin jamoa natijalari uchun asosiy javobgar Dilyaver Vaniev ekanligini yaxshi bilamiz. 

SHunday bo'ldiki, o'yin 1:0 bilan boshlandi. CHunki muborakliklar 2-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Bu vaziyatda Mo'min Meliev gol muallifi bo'ldi. 12-daqiqaga kelib Nikita Pavlenkoning goli tufayli maydon egalari hisobni yana oshirishdi. Aftidan “So'g'diyona” bunday bo'lishini kutmagan shekilli, mehmonlar nima qilishni bilmay qolishdi. Natijada jizzaxliklar harqancha harakat qilmasin to'p kirita olishmadi. Buning ustiga 90-daqiqada uchinchi golni ham o'tkazib yuborishdi: Najmiddin Normurodov gol urib o'yinga nuqta qo'ydi. Bunday bo'lishini umuman kutmagan Ulug'bek Baqoev o'yindan keyingi matbuot anjumaniga kirmadi. “Mashal”ning xursandchiligi esa cheksiz edi. 


“Navbahor” - “Lokomotiv” 2:0

2-tur. 6 mart 

Superliganing 2-turida ham qiziqarli ikkita bahs kuzatildi. SHulardan biri Namangan shahrida “Navbahor” va “Lokomotiv” o'rtasida kechdi. Dastlabki turda imkoniyatni boy bergan “Navbahor” uchun uydagi bellashuv muhim edi. O'z navbatida bu bahs “Loko” uchun ham qiziq edi, negaki “temiryo'lchilar” ilk turda “Andijon”ni mag'lub etib, safardan ham ijobiy natija bilan qaytishni maqsad qilishgandi. 

6 mart kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingoh muxlislar bilan liq to'ldi. Hayron qolarli jihati, o'yindan bir kun oldin havo sovuq va yomg'ir yoqqan bo'lishiga qarmay, har ikki jamoa o'rinbosarlari o'rtasidagi bahsni ko'rish uchun 800 nafarga yaqin muxlis keldi. Bu ko'rsatkichga aksar jamoalar havas qilsa arziydi. SHuningdek, asosiy stadionda o'yindan bir kun oldingi “Loko”ning mashg'ulotini 100dan ortiq ishqiboz tribunada kuzatib bordi. 

SHu kuni mavsumning ochilish o'yiniga shaxsan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov kabi taniqli kishilar tashrif buyurishdi.

Endi bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, har ikki jamoa bahsni hujumkor boshladi. O'FA Hakamlar qo'mitasi turning markaziy o'yinini andijonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirdi. Bosh hakam vazifasini Temur To'xtasinov bajardi.

Aytish mumkinki, bahs ancha asabiy tarzda kechdi. Natijada “Loko”ning 6 nafar futbolchisiga hakam tomonidan sariq kartochka ko'rsatildi. Turli daqiqalarda Oleg Zoteev, Kirill Pogrebnyak, Davron Umirov, Marat Bikmaev, Davron Hoshimov, Temurxo'ja Abduxoliqov ogohlantirish olishdi. O'yinda hisob 64-daqiqada penaltidan ochildi. Bu vaziyatda Oleg Zoteev jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Hakam esa 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. 

Penaltidan gol urish namanganliklar sardori Azim Ahmedovga nasib etdi. Azim gol urgach butun stadion xursandchilikdan larzaga keldi. 88-daqiqaga kelib O'zbekiston pasportini qo'lga kiritib, terma jamoamizda o'ynash imkoniga ega bo'lgan Igor Golban ikkinchi golni urdi. U mehmonlar himoyachisi SHerzod Fayzievning xatosidan unumli foydalanib osonlik bilan darvozaga to'p kiritdi. Natijada bahs shu hisobda yakun topdi. O'yindan keyin muxlislar o'z suyuklilarini islandcha qo'llash bilan kuzatib qo'yishdi. 


“So'g'diyona” - AGMK 1:1

2-tur. 7 mart 

2-turning yana bir qiziqarli bahsi Jizzax shahrida kechdi. Dastlabki tur Muborakda kutilmaganda 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan “So'g'diyona” mavsumning ochilish o'yinini o'z maydonida AGMKga qarshi o'tkazdi. Aytish mumkinki, bu to'qnashuv shogird va ustozning o'zaro qarama-qarshiligi bo'ldi. Negaki jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z vaqtida Mirjalol Qosimov qo'l ostida terma jamoada o'ynagan. 

“So'g'diyona” faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushdi. CHunki jamoa ilk turdagi yirik mag'lubiyat kutilmagan bo'lganini isbotlashga harakat qildi. Lekin o'z navbatida yutuq AGMKga ham kerak edi. Olmaliqliklar 1-turda “Metallurg” bilan durang o'ynashgandi. Uchrashuv nihoyatda qiziq kechdi deb bemalol aytsa bo'ladi. Birinchi taymning o'zidayoq bosh hakam mehmonlarning uch futbolchisi - Dilshod Jo'raev, Yovan Jokich va Bobur Yo'ldoshevga sariq kartochka ko'rsatdi. 

O'yindagi dastlabki gol 54-daqiqada kiritildi. Bu vaziyatda mezbonlar sardori Elyor Oripov gol muallifi bo'ldi. Oradan 14 daqiqa o'tib kulminacion voqea ro'y berdi. Uchrashuv bosh hakami Yovan Jokichga ikkinchi bor kartochka ko'rsatib maydondan chetlatdi. Natijada Mirjalol Qosimov shogirdlari bir kishi kam bo'lib qolishdi. 

SHunda ko'pchilik “So'g'diyona” uydagi bahsni g'alaba bilan boshlaydi, raqib bir futbolchi kam o'ynayapti, buning ustiga maydon markazini boshqarib turgan futbolchi chetlatildi deya boshladi. Ammo Qosimov tajribali murabbiy emasmi, taktik o'zgarishni amalga oshirdi. U zaxiradan bu mavsum porlashi kutilayotgan Hojimat Erkinovni tushirdi. 

Aynan Hojimat maydonga tushgach olmaliqliklar ancha jonlanib qolishdi. Jamoa hujumi mazmunli ko'rinish ola boshladi va shunday hujumlardan biri 85-daqiqada gol bilan tugadi. Hojimat Erkinov jarima maydonchasi sari borib to'pni Igor Zonichga uzatdi. O'z navbatida AGMKning yana bir yangi futbolchisi bu vaziyatdan foydalanib gol urdi va hisobning 1:1 bo'lishini taminladi.


“Surxon” - “Nasaf” 1:2

3-tur. 13 mart 

Dastlabki 3 turning eng qiziq beshta o'yini qatoriga Termizda bo'lib o'tgan “Surxon” - “Nasaf” bahsini ham kiritsa bo'ladi. Bunga sabab shuki, “Surxon” joriy mavsumni o'z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi boshlab 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan va keyingi turda “Qizilqum”ni mag'lub etib qaytgandi. Qarshiliklar esa ketma-ket ikki uchrashuvni g'alaba bilan yakunlashdi. “Nasaf” avvaliga Navoiyda zafar quchdi, keyin o'z maydonida “Andijon”dan ustun keldi. 

“Surxon”ning o'z uyida “Bunyodkor”ga yutqazib qo'ygani kutilmagan hol edimi? Bu savolga birdaniga javob berish qiyin, chunki ochilish o'yinida har kim turlicha holatda bo'ladi. SHu bois muxlislar Termizdagi navbatdagi o'yinni kuta boshlashdi va bu gal Surxondaryo markaziga “Nasaf” tashrif buyurdi. 

Maydon egalari “Bunyodkor”dan uchralgan mag'lubiyatni unutish uchun yuqori kayfiyatda chiqishdi. Lekin xursandchilik uzoq cho'zilmadi. “Nasaf” 7-daqiqadayoq hisobni ochdi. Jamoa hujumini legioner futbolchi Marko Stanoevich gol bilan yakunladi. Tanaffusdan so'ng 53-daqiqaga kelib maydon egalari muvozanatni tiklashdi va “Surxon” tarkibida ham legioner o'yinchi gol muallifi bo'ldi. O'tgan mavsumni “Navbahor”da o'tkazib, shu yil boshida “Surxon”ga yo'l olgan Aleksandr Kasyan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Oradan 8 daqiqa o'tib qarshiliklar yana to'p kiritishning uddasidan chiqishdi. Bu safar Oybek Bozorov mo'ljaldan adashmadi. 77-daqiqaga kelib maydon egalari bir kishi kam bo'lib qolishdi, chunki jamoa sardori SHavkat Salomov birdaniga qizil kartochka olib chetlatildi. Bu esa “Surxon” uchun qimmatga tushib, termizliklar ketma-ket ikkinchi bor uyda mag'lub bo'lishdi. “Nasaf” esa qatorasiga uchinchi g'alabasini nishonladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика