So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  24 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

"Superligadagi tanaffus qanchalik xavotirli? Ilon Mask jahonni o'zgartiraman deb fazolarda uchyapti, biz qachongacha iyulni issiq deymiz?" Yangiliklar

"Superligadagi tanaffus qanchalik xavotirli? Ilon Mask jahonni o'zgartiraman deb fazolarda uchyapti, biz qachongacha iyulni issiq deymiz?"

Teglar :  Superliga-2020
PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida Superliga qachon qaytishi mumkinligi haqida malumotlar berdi.

Superligadagi tanaffus qanchalik xavotirli?

Evropa bilan solishtirganda ishlarimiz ancha yaxshi. Birinchidan, ming shukrki O'zbekiston karantin davrida kasallikni yuqtirish va shu bilan bog'liq o'limlar borasida kam talofat ko'rdi, hammasi kutganimizdan yaxshiroq nazorat qilindi. Ikkinchi tomondan esa biz ulardan farqli ravishda 2021 yilgi mavsum rejalarini to'la ishlab chiqib ulgurmagandik (shu joyini ming hijolat bilan yozdim). Evropa klublari esa mavsumni yakunlay olmasligi katta ehtimol, boisi ular kelasi mavsum haqida allaqachon bosh qotirib qo'yishgan. O'rtada esa vaqtdan yutkazishyapti.

Biz nimadan voz kechishimiz mumkin?

Menimcha, birinchi navbatda Liga kubogi musobaqasi xavf ostida qoladi. Biz unga asos solingan ikkinchi yildayoq turnirni xalqaro maqomga aylantirishga muvaffaq bo'lgandik. Yani, Qirg'iziston va Tojikistonning umumiy 8 klubi ham musobaqalarda ishtirok etishi kerak edi.

Ayni holatda esa xalqaro reyslar va umuman mamlakatlararo kirib-chiqish masalasida xavf bor. SHundan kelib chiqib, turnirni bir yilga kechiktirsak, juda ko'p narsa yo'qotmaymiz (O'FA iloji boricha mazkur turnirni o'tkazish tarafdori, ammo vaziyat bizning qo'limizda emas). Aksincha, kelasi yil turnirni yanada yaxshiroq va yanada saviyaliroq o'tkazishimiz mumkin. Biz bu ishni boshlay olishimizni va birlashishimiz mumkinligini isbotladik. Endi buni yanada yaxshilash ustida ishlashimizga ham ishonaman. Bu borada orqaga qaytish yo'q.

Taqvim masalasida nima gap?

Biz endigina 3 ta tur uchrashuvlarini o'tkazgandik. Mavsum yakuniga qadar yana 23 ta turni o'tkazib olishga bemalol ulguramiz, menimcha. Orada O'zbekiston kubogi o'yinlarini ham o'z vaqtida o'tkazish imkoniyatimiz hozircha bor.

Bundan tashqari, OFK va FIFA bir qator xalqaro o'yinlarni va sanalarni bekor qilgan. Bu ham o'z navbatida bizning foydamizga yo'l ochadi.

SHuningdek, bizda iyul oyida katta tanaffus bor. Eng bo'lmagan holatda o'sha vaqtga ham o'yinlar qo'yishga majbur bo'lishimiz mumkin. Avval ham aytganimizdek, muammodan qochish emas, uni hal qilishni o'rganish kerak. Qish sovuq, iyul issiq deb o'tiravermay, projektorlarni yaxshilasak, sovutish, isitish tizimlariga etibor qilsak, qishin-yozin futbol o'ynashimiz mumkin. Biz 4 faslni ko'radigan baxtli odamlarmiz, faqatgina bundan oqilona foydalanishni bilmaymiz. Futbol o'ynayb bo'lmaydi, deb qutilib qo'ya qolamiz. Akalar, Ilon Mask jahonni o'zgartiraman deb fazolarda uchyapti, Qatar butun dunyoni ortidan ergashtirib, mundialni qishga suryapti. Biz qachongacha iyulni issiq deymiz? Biz unga echim topish haqida o'ylashimiz kerak (o'tlab ketganim uchun uzr albatta).

Xullas, mana shunday gaplar. Hukumat mana shu sanadan sizlarga ruxsat desa, biz o'sha kunning o'zidayoq yangi taqvim uchun o'tiramiz. Kayfiyatimiz optimistik, ko'p muammo ko'rayotganimiz yo'q. El boshiga kelgan ishni birgalikda albatta engib o'tsak kerak.


Diyor Imomxo'jaev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика