Superligada yangi mavsum boshlanishiga 30 kun qoldi. Qura qachon bo'lishi hamon nomalum
29 jan 2020 15:22
Yangiliklar
Superligada yangi mavsum boshlanishiga 30 kun qoldi. Qura qachon bo'lishi hamon nomalum
PFL 2020 yilgi Superliga bahslari 28 fevral kuni boshlanishi haqida xabar bergan edi.
Bugun ushbu sanaga roppa-rosa 30 kun vaqt qoldi. Ammo hozirga qadar PFL qura qachon bo'lib o'tishi haqida rasmiy xabar berganicha yo'q. PFL vakillariga bu borada murojaat qilganimizda hozirda bazi tashkiliy ishlar hal bo'lishini kutishayotganini aytishdi.
Malumot uchun, 2019 yilgi Superliga bahslariga 25 fevral kuni qura tashlangan va mavsum 8 mart kuni chempionat boshlangan edi.
Fikrlar