So’nggi yangiliklar

00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  4 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  31 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0

Superligada navbatdagi istefo “Buxoro”dami yoxud “Qizilqum”?! Yangiliklar

Superligada navbatdagi istefo “Buxoro”dami yoxud “Qizilqum”?!

Xabaringiz bor, O'zbekiston Superligasining 3-turidan so'ng “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z arizasiga binoan jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi.

Bunga sabab sifatida rossiyalik murabbiy “burgutlar”ning dastlabki uch turda 1 ochko jamg'arganini ro'kach qildi. Bizningcha Xomyakovni “Andijon”ni tark etishi birgina bu sabab bilan bog'liq  emas. Garchi jamoa “Lokomotiv” va “Nasaf” qarshi kechgan bahslarda mag'lub bo'lsada, muxlislarning jamoa o'yinidan ko'ngli to'layotgandi. Futbolchilar oxirigacha kurashayotganini bildirib, bunda murabbiyning qo'li borligiga shubha bildirishmayotgandi. Xullas Superligadagi dastlabki istefo “Andijon”da yuz berdi. 

Uzun quloq gap-so'zlarga qaraganda, yaqin orada “Buxoro” va “Qizilqum” jamoalarida ham bosh murabbiy o'zgarishi kutilmoqda. Gap shundaki, chempionatning dastlabki uchta turida o'z darvozasidan javobsiz uchtadan to'p o'tkazib yuborish orqali, mag'lub bo'lgan “Buxoro” klub rahbariyati tojikistonlik murabbiyini ishdan bo'shatmoqchi. Qishki selekciya chog'ida o'zi istagandek tarkibni shakllantirishiga sharoit yaratib bergan “Buxoro” rahbariyati endi Muhsin Muhammadievni istefoga chiqarishni o'ylab turibdi. Jamoa mutasaddilari boshqaruv postiga mahalliy mutaxassis Jamshid Saidovni olib kelishni rejalashtirmoqda. Ishqibozlarga yaxshi malumki, Jamshid Jalolovich 2019 yildan buyon “Andijon”da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Yaqinda ushbu mutaxassis ham Xomyakov bilan birga o'z xohishiga ko'ra, ariza yozib jamoa bilan xayrlashishga qaror qilgan. Bu bejiz emasdi albatta. CHunki Saidov “Buxoro” bosh murabbiyligini olish bo'yicha jamoa rahbariyati bilan deyarl kelishuvga erishgan. Yo'qsa, u issiq joyini sovitmasdi. Jamshid Saidov ilgari “Buxoro”ni boshqargan va ijobiy natijalarni qayd etgani bilan mahalliy muxlislarni etiborini tortadi. SHuning uchun ham “Buxoro” mutasaddilari Saidovni yana bosh murabbiylikka qaytarishga qaror qilgan ko'rinadi. 

“Buxoro”ning yon qo'shnisi bo'lgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasini ham ishlari yaxshi emas. Garchi Hamidjon Aktamov boshqaruvidagi jamoa dastlabki ikki turni o'z maydonida o'tkazgan bo'lsada, o'z muxlislari qarshisida qimmatli ochkolarni boy berib qo'ydi. Faqat uchinchi turda safarda “Mashal” bilan durang qayd etdi. Olingan malumotlarga qaraganda, yaqin orada nafaqat bosh murabbiy lavozimida balki “Qizilqum” klubi tizimida sezilarli o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Boshqaruv postiga yaqindagina “Andijon” bilan xayrlashishga qaror qilgan Aleksandr Xomyakov nomzodi ko'rib chiqilmoqda. Undan tashqari yurtimizda “Mashal”, “Nasaf” va AGMK klublaridagi  faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Viktor Kumikov ham “Qizilqum” klubida paydo bo'lib qolishi hech gap emas. Voqealar rivoji qanday tus olishini esa albatta ko'rsatadi. 

Darvoqe, Aleksandr Xomyakov “Andijon”dan ketishi bilanoq, unga bo'lgan “Sovchilar” ko'payib ketganini ham alohida etirof etish lozim. Rossiyalik mutaxassisga “Navbahor” vakillari ham aloqaga chiqib, klub tizimida ishlash bo'yicha taklif qilgan. 

SHuningdek chempionatnin dastlabki uchta turida atiga 1 ochko jamg'argan “So'g'diyona” klubida ham yaqin orada bosh murabbiy o'zgarishi kutilmoqda. Jizzaxliklar rahbariyati ham Xomyakovga taklif bilan chiqqan. Aleksandr Andreevich, hozir oldida turgan takliflarni atroflicha o'rganib chiqmoqda va katta extimol bilan kelasi haftadan yangi jamoasida ish boshlaydi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика