Superligada navbatdagi istefo
25 sen 2019 08:54
Yangiliklar
Superligada navbatdagi istefo
Superliga doirasidagi ketma-ket sakkizta mag'lubiyatdan keyin “Dinamo” klubi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.
Bir yarim yil davomida “Dinamo” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan Davron Fayziev o'z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.
“Dinamo” PFK hamkorliklik uchun Davron Oripovich Fayzievga minnatdorchilik bildiradi va mutaxassisning keyingi murabbiylik faoliyatiga omad tilab qoladi.
“Dinamo” PFK rahbariyati ayni damda bosh murabbiy lavozimiga bir qator mutaxassislar bilan muzokara o'tkazmoqda. Muzokaralar ijobiy yakunlansa, klub rasman elon qiladi.
«Dinamo» PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar