Superligada mag'lub bo'lmagan ikkita, g'alaba qozonmagan bitta jamoa qoldi
14 may 2021 10:50
Yangiliklar
Superligada mag'lub bo'lmagan ikkita, g'alaba qozonmagan bitta jamoa qoldi
Raqamlarga etibor bersak, bo'lib o'tgan 8-tur uchrashuvlariga ko'ra, hali mag'lubiyatga uchramagan ikkita jamoani ko'ramiz. Bu - "Paxtakor" va "So'g'diyona". "Paxtakor" OCHLdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so'ng ham Superligaga qaytib ikkita uchrashuv o'tkazdi va to'rt ochko jamg'ardi.
Umuman olganda 7 o'yinda maydonga tushgan "sherlar" shundan oltitasida g'alabaga erishib, bir bor durang qayd etishdi. To'plar nisbati 17-5. Superligada hali mag'lub bo'lmagan ikkinchi jamoa Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bo'lib turibdi. Ulug'bek Baqoev shogirdlarida 8 turdan so'ng 5 g'alaba va 3 durang bor. To'plar nisbati 15-7.
Superliga debyutanti "Turon" esa hozircha g'alaba qozongani yo'q. "Mashal", "Surxon" va "Andijon" hisobida ham bittadan g'alaba bor, lekin yaypanliklar uch bor durang o'ynab, 5ta bahsda imkoniyatni boy berishdi. Oxirgi uchta o'yinni o'z maydonida o'tkazgan "Turon" "Paxtakor" bilan durang o'ynab, AGMK va "Qizilqum"ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Buning natijasida kechagi mag'lubiyatdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov istefoga chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar