So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  6 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Superliga: Toshkentda "anjancha" o'yin ko'ramizmi? (prevyu) Yangiliklar

Superliga: Toshkentda "anjancha" o'yin ko'ramizmi? (prevyu)

Superliganing 3-turi "Lokomotiv" - "Andijon" o'rtasidagi uchrashuv orqali start oladi.

Mazkur o'yin Toshkent shahridagi TTZ dahasida joylashgan "Lokomotiv" stadionida o'tkaziladi.

Ildar Sakaev boshchiligidagi "Andijon" jamoasi ketma-ket uchinchi uchrashuvni mehmonda o'tkazadi. Andijondagi stadion maydoni hali to'liq tayyor holatga kelmagani bois jamoa aslida uyida o'tishi kerak bo'lgan ikkinchi bahsni (Birinchisi "Qizilqum"ga qarshi Navoiyda bo'lgandi) safarda o'tkazmoqda.

"Lokomotiv" esa uchinchi turki Toshkentdan tashqariga chiqmayapti. Gap shundaki, jamoa dastlabki turni mehmonda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazgandi. O'tgan tur esa "Navbahor"ni mehmon qildi. Bu gal esa "Andijon" futbol klubining iltimosiga rozilik bildirgan jamoa, yana o'z uyida vodiy jamoasini qabul qiladi.

Ayni paytda jamoalar turnir jadvalida yonma-yon ketishmoqda. Garchi "Andijon" jamoasi hali mag'lubiyatga uchramagan bo'lsada "Lokomotiv"dan bir ochko kam jamg'argan. Sakaev jamoasining ketma-ket ikki turdagi durang natijasi hozircha hisobda 2 ochkoni taminlab turibdi. "Loko" esa birinchi turdagi mag'lubiyatdan ("Paxtakor" - 3:1) keyin "Navbahor" (1:0) ustidan kichik hisobdagi g'alaba tantana qildi. Natijada 3 ochko bilan turnir jadvalining 7-o'rnida ketmoqda. "Andijon" 8-pog'onadan eshikni taqillatib turibdi. Andijonliklar birinchi turda Navoiyda "Qizilqum" (1:1) bilan durang o'ynashgan bo'lsa, ikkinchi turda Farg'onada "Qo'qon-1912" (0:0) bilan murosaga kelishgandi. Bu galgi Toshkent safari qanday yakun topishini esa vaqt ko'rsatadi.

Jamoalar hozirchaga bittadan quruq o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lishdi. "Lokomotiv" va "Andijon" bu ishni ikkinchi turda uddalashdi. Amaldagi chempion "Navbahor"ga qarshi o'z darvozasini munosib qo'riqlay olgan bo'lsa, "Andijon" Farg'onada mudofaa chizig'ida mustahkam turdi.

"Lokomotiv": Fyodorov jamoasida o'yin tashkillashtirish va natija borasida barqarorlik etishmayapti. Ayniqsa jamoaning mudofaa chizig'i yangi mavsumda betartib ko'rinishda. Garchi "Navbahor" bilan o'yinda gol o'tkazilmagan bo'lsada, himoyadagi harakatlarni qoniqarli holatda deyish mushkul. Anzur Ismoilov va To'xtaxo'jaev tandemi joriy mavsumni ancha bo'sh boshlashdi. "Lokomotiv" ko'p gol o'tkazib yuborish borasida chempionatda 12-o'rinni AGMK bilan bo'lishib turgani ham fikrimizga isbot bo'ladi. Qayd etish kerakki, "Lokomotiv" yangi mavsumda barcha musobaqalarda o'tkazgan o'yinlarida darvozasidan jami 6 marotaba gol qo'yvorgan.

Muhim tarafi shundaki, hozircha jamoa o'tkazilgan barcha uchrashuvlarda maydonni golsiz tark etmayapti. "Lokomotiv" OCHLda 2 o'yin, Superkubokda 1 uchrashuv, chempionatda 2 bahs o'tkazdi va shu bellashuvlarda jami 6 bor raqib darvozalarini ishg'ol etdi. "Andijon" raqibning aynan mazkur jihatiga ko'proq etibor qaratishi va ehtiyotkor bo'lishi talab etiladi.

Asosiy quroli: Temurxo'ja Abduxoliqov (hujumchi, 4 gol)

Bo'sh nuqta: Darvoza va himoya chizig'i


"Andijon": Superliga debyutanti hozircha raqiblarga chaqilmas yong'oq bo'lib turibdi. "Qizilqum" bilan bo'lgan bahsda ham, "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda ham andijonliklar raqiblar qarshisida munosib o'ynadi. Ayniqsa jamoaning mudofaa chizig'idagi ishonchli va mustahkam o'yinlari tahsinga sazovor. Lekin hujumdagi keskinlik, ijodkorlik borasida muammo ko'zga tashlanmoqda. Jamoa hozircha o'tkazilgan ikkita uchrashuvda atigi birgina gol urdi. U ham bo'lsa standart vaziyatidan, yani Oybek Qilichevning jarima zarbasidan unumli foydalanish natijasida yuzaga kelgandi. O'tkazilgan ikkita o'yindagi durang natijasi jamoa uchun qoniqarli darajada. Ayniqsa o'yinlar safarda o'tkazilayotganini inobatga olsak, Pro-ligadan chiqqan jamoa uchun hozircha mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirish yaxshi ko'rsatkich. "Andijon" mazkur seriyani "Lokomotiv"ga qarshi bahsda ham davom ettirishni uddalasa, unda Sakaevning startdagi missiyasi alo darajada boshlanganini bemalol etirof etish mumkin bo'ladi. Lekin bu ishni uddalash ancha qiyin. Aynan mazkur turda "Andijon"ni nihoyatda jiddiy sinov kutmoqda. Mazkur o'yin jamoaning asl kuchini tekshirib olishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Lekin hozirgi barqaror bo'lmagan o'yin darajasidagi "Lokomotiv" bilan futbol o'ynash va chinakamiga sensaciya qayd etish imkoniyati ko'proq. Gap jamoa bundan qanchalik foydalana olish yoki olmasligida qolmoqda. "Andijon" himoyada mustahkam, pozicion hujumlar tashkil etishda u qadar faol emas va asosan standart vaziyatlarida xavfliroq. "Lokomotiv" "Andijon"ning aynan standart vaziyatlaridagi harakatlaridan ko'proq ehtiyot bo'lishi lozim. SHuningdek, jamoada uzoqdan zarba bera oladigan kuchli zarb sohiblari borligini inobatga olsak, mazkur jihat ham alohida etiborga talab qiladi.

Asosiy quroli: Dilshod Rahmatullaev (tayanch yarim himoyachi)

Bo'sh nuqta: Hujum chizig'i 


Lokomotiv

Anzur Ismoilov - 50', Igor Yelich - 72', Temurxo’ja Abduxoliqov - 76', Jamshid Iskanderov - 90'

Superliga. 3-tur

04/04/2019, 18:00

0
:
4
Tugadi

Andijon

45'
90'
31'  Diyor Turopov
46'  Azizbek Amonov (Husniddin G’ofurov)
50'  Anzur Ismoilov
50'  Arslanmirat Amanov
60'  Shuhrat Muhammadiyev
72'  Igor Yelich
76'  Temurxo’ja Abduxoliqov
76'  Husniddin G’ofurov
77'  Arslanmirat Amanov (Jamshid Iskanderov)
79'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
90'  Jamshid Iskanderov
90'  Sardor Mirzayev
7'  Dilshod Rahmatullayev
46'  Shahzod Ubaydullayev (Sardor Sulaymonov)
58'  Ildar Mamatkazin
67'  Doniyor Ismoilov (Abduraxmon Abdulxaqov)
71'  Vitaliy Mirniy
77'  Asror G'ofurov (Farhod Bekmurodov)

Superliga, 3-tur.

"Lokomotiv" - "Andijon" (18:00)

Toshkent, "Lokomotiv" stadioni.

Bosh hakam: PFL hali elon qilgani yo'q

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика