So’nggi yangiliklar

19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  14 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0

Superliga: Toshkent va vodiy jamoalari chempionlik uchun kurashadi Yangiliklar

Superliga: Toshkent va vodiy jamoalari chempionlik uchun kurashadi

Yangi boshlanajak Superligada jamoalar o'z oldilariga qanday vazifa qo'yishmoqda?

Aynan shu savol bilan barcha jamoa vakillariga murojaat qildik va quyidagi javoblarni oldik.

Amaldagi chempion va kubok sohibi "Lokomotiv"ning oldiga shubhasiz chempionlik va kubokni o'zida saqlab qolish vazifasi qo'yilgan. Ular yangi mavsumda Superligada ham chempion bo'lishni maqsad qilishgan.

"Paxtakor" jamoasi oldiga ham chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan. Jamoa Superligada faqat va faqat chempionlik uchun kurashadi.

"Neftchi" matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, klub rahbariyati joriy mavsumda jamoa oldiga chempionlikni maqsad qilib qo'yganini alohida takidladi. "Neftchi" so'nggi 4-5 yillar ichida yo'qotilgan imijini tiklash maqsadida yangi mavsumda katta marrani ko'zlayotgani aytildi. SHu boisdan jamoa o'z oldiga eng maksimal vazifani belgilab olgani malum qilindi.

"Bunyodkor" oldiga aniq vazifa qo'yilmagan. Ammo "qaldirg'ochlar" har qanday holatda doim oliy maqsadlar sari kurash olib borishlarini jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov alohida takidladi. "Bunyodkor" hujumkor, muxlislarga yoqadigan tajovuzkor futbol namoyish etishni maqsad qilgan. "Qaldirg'ochlar"ning asosiy maqsadi muxlislarni stadionga qaytarish. Va albatta sovrinli o'rinlar, yani OCHLga yo'llanma beruvchi pog'onalardan birini egallashni jamoa maqsad qilgan. SHuningdek, jamoa kelajakdagi poydevorni mustahkamlash uchun ko'proq yoshlarga etibor qaratishni rejalashtirgan.

"Nasaf" oldiga aniq vazifa qo'yilmagan. Lekin "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jamoa doim yuqori o'rinlar, yani sovrindor bo'lish uchun kurash olib borishini malum qildi. SHuningdek, jamoa joriy mavsumda tarkibdagi yoshlarga ko'proq etibor qaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygani takidlandi.

"Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi No'mon Hasanov Superligada chempionlik uchun kurash olib borishlarini elon qildi. Jamoa falsafasi - har bir o'yinda faqat g'alaba qozonish.

"Navbahor" jamoasi rahbariyati Superligada "lochinlar" chempionlik uchun kurash olib borishini elon qilishdi.

"Buxoro" jamoasi esa yangi mavsumda raqobatbardosh jamoaga aylanmoqchi. Ulug'bek Baqoev Superligadagi har bir uchrashuvga faqat g'alaba uchun kurashishni maqsad qilgan.

"Metallurg" jamoasi oldiga aniq vazifa belgilanmagan. Yangi qurilayotgan jamoa imkon qadar yaxshi futbol ko'rsatgan holda kuchli-oltilikka kirishga urinib ko'rmoqchi.

AGMK klubi Superligada sovrinli o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan. Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoa yuqori to'rttalikdagi jamoalarga munosib raqobat tug'dirishga urinib ko'radi.

"Qizilqum" esa yangi mavsumda kuchli-oltilikka kirishni o'z oldiga vazifa qilib belgilaganini jamoa bosh murabbiyi Hamid Aktamov malum qildi.

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi esa Superligada 6-o'rinni egallash uchun kurashmoqchi.


Demak quyida Superliga jamoalari oldiga qanday vazifa va maqsad qo'ygani bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

"Lokomotiv" - CHempionlik
"Bunyodkor" - Sovrinli o'rinlar
"Paxtakor" - CHempionlik
"Nasaf" - Sovrinli o'rinlar
"Navbahor" - CHempionlik
"Neftchi" - CHempionlik
"Qo'qon-1912" - CHempionlik
"Buxoro" - Raqobatbardosh jamoa shakllantirish
"Qizilqum" - Kuchli-oltilik
"So'g'diyona" - 6-o'rin uchun kurashadi
"Metallurg" - Vazifa yo'q. Maqsad kuchli-oltilikka kirish
AGMK - Sovrinli o'rinlar uchun kurashadi

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика