Superliga. To'raev va Berdiev ketma-ket ikkinchi bor eng yaxshi yoxud 10-tur laureatlari
26 may 2022 21:11
Yangiliklar
Superliga. To'raev va Berdiev ketma-ket ikkinchi bor eng yaxshi yoxud 10-tur laureatlari
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Neftchi" bu tur Yaypanda "Metallurg"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alabani tantana qildi. Farg'onaliklar posboni shu kuni yaxshi o'ynadi va raqiblarning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi. SHu bois "Neftchi" posboni Akbar To'raev championat.asia sayti talqiniga ko'ra, (ketma-ket ikkinchi tur) 10-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
"Nasaf" bu tur Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi va 4:1 hisobida yirik g'alabani tantana qildi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi shu kuni mezbonlarga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va gollar shousini tashkil etib berishdi. Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, (ketma-ket ikkinchi bor) 10-turning eng yaxshi murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bo'ldi.
Bu turda "Nasaf" yarim himoyachisi SHarof Muhitdinov "Bunyodkor" bilan bahsda jarimadan chiroyli gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.
"Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov "Bunyodkor"ga qarshi bahsda shunchaki ajoyib o'ynadi va ikkita gol urdi. SHu tariqa, Oybek Bozorov championat.asia talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Video. "Futbol olami". "Paxtakor"dan 2:0, "Neftchi"dan 3:0, "Nasaf"dan 4:1 va boshqa o'yinlar haqida
Fikrlar