Superliga to'purari rasmiy o'yinlarda 3 yildan beri endi gol urganini bilasizmi?
05 mar 2023 22:48
Yangiliklar
Superliga to'purari rasmiy o'yinlarda 3 yildan beri endi gol urganini bilasizmi?
Coca Cola Superligasining 1-turidan so'ng "Neftchi" futbolchisi Umar Adhamzoda chempionat tupurari bo'lib turibdi.
Adhamzoda dastlabki tur qahramoniga aylandi, u "Metallurg"ga qarshi bahsda dublga erishdi va assist yozdirib qo'yib, 2 ta gol bilan Superliga to'purariga aylandi.
Qizig'i shundaki, Adhamzoda "Neftchi" safida rasmiy o'yinlarda haligacha gol urmagandi. O'rtoqlik uchrashuvlari bundan mustasno sanaladi, yaqinda Umar "Krilya Sovetov"ga qarshi nazorat uchrashuvida ham raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Umar Adhamzoda 2020 yilning dekabrida farg'onaliklar safiga kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsum futbolchi Superliga doirasida 14 uchrashuvda maydonga tushgan. Undan avvalgi yil esa Pro-liga hamda O'zbekiston kubogi doirasida 17 bahsda ishtirok etgan.
Fikrlar