So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" safarda "Surxon"ni engdi va oxirgi o'rindan yuqoriladi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" safarda "Surxon"ni engdi va oxirgi o'rindan yuqoriladi

O'yin soat Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tkazildi.

22.09.2023 
Toshkent, "Paxtakor" stadioni
"Surxon" - "Qizilqum" 1:2
Bosh hakam:
SHavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar:Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: Davronbek Akmalov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Nazoratchi: Igor Xudoyatov
Komissar: Diyor Xotamqulov.
Boshlanish vaqti: 18:30

Gollar: 0:1 — 43, Akaki SHulaya, 1:1 — 62, Silvanus Nimeli, 1:2 — 72, Islom Kenjaboev.

"Surxon": 1. Artyom Potapov, 2. Bobirjon Asqarov (17. Jahongir Abdusalomov, 46), 4. SHahzod Toirov (19. Nuriddin Hasanov, 73), 6. Artyom Sokal, 7. Dostonbek Tursunov, 8. Humoyun SHerbo'taev, 15. Diyor Ramazonov (99. Komron Saidazimov, 84), 18. Silvanus Nimeli, 27. Asilbek Jumaev (3. Sunnatulloh Hamidjonov, 53), 66. Behruz SHaydulov, 77. Asadbek Karimov (5. Azizbek Pirmuhammadov, 46).
Zaxira: 35. SHoxruxjon Eshbo'taev, 9. Muhammad-ali Abdurahmonov, 10. Tamirlan Jamalutdinov, 28. Abduqodir Amirqulov.

"Qizilqum": 35. Javohir Ilyosov, 4. Ilhomjon Vahobov, 6. Murodbek Rahmatov, 10. Islom Kenjaboev (7. Davron Anvarov, 86), 11. Akaki SHulaya, 13. Nikolay Tarasov, 17. Muhammadali G'iyosov (92. Marko Simonovski, 86), 24. Ifeani Ifeani, 25. Azizbek Usmonov, 44. Jo'rabek Mannonov (79. Diyor Rahmatilloev, 53), 77. Giorgi Kuxianidze (87. Alisher Sanoev, 71).
Zaxira: 16. Dilshod Yo'ldoshev, 5. Samandar SHukurillaev, 9. Humoyun Abdualimov, 28. Akmaljon Muzafarov, 30. Islomjon Toshpo'latov

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+5. SHulayaning ajoyib zarbasiga biroz aniqlik etishmadi, aks holda tur goliga guvoh bo'lardik.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. Ramazonovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

81. G'iyosovning zarbasi ko'nigldagidek chiqmadi.

79. "Surxon" futbolchilarida ikkita vaziyat bo'ldi, ammo aniqlik etishmadi.

72. GOL! Kenjaboev katta tezlikda raqib jarima maydoniga kirib bordi va chap oyoqda yaqin burchakni aniq nishonga oldi!

71. "Qizilqum"da dahshatli ikki hujum sodir bo'ldi, afsuski, navoiyliklar bundan unumli foydalana olmadi.

69. Hamidjonovning goli ofsayd sababli inobatga olinmadi.

68. Kenjaboevning zarbasi kuchli chiqmagani uchun Potapov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

62. GOL! Nimeli maydon markaziga yaqin nuqtada turgan Ramazonovning ajoyib uzatmasidan so'ng yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalandi! 

59. G'iyosov juda qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.

58. Xavfli vaziyat! Kuxianidzening jarimadan uzatmasi raqib himoyachisiga tegib, "Surxon" darvozasidan o'rin olishiga bir bahya qoldi.

52. Mehmonlarning jarimadan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi.

48. "Surxon" hujumi muvaffaqiyatli yakunga etmadi. Nimeli zarba berolmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Mezbonlarda ikki o'zgarish yuz berdi.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

43. GOL! Akaki SHulaya Ifeanining uzatmasidan so'ng bosh bilan chiroyli zarba yo'llab, hisobni ochdi!

37. Kenjaboev o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

36. Mehmonlar yana bir qulay vaziyatdan foydalana olmadi. G'iyosov standartdan so'ng zarba berishga ulgurmadi. 

32. Kuxianidzening zarbasini Potapov egallab oldi.

31. Kenjaboev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

29. Rahmatov uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, biroz aniqlik etishmadi.

24. Jumaevga tibbiy yordam ko'rsatildi.

21. Kenjaboevning zarbasi Toirovga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

18. Ikki 77-raqamli futbolchi to'qnashib ketdi. Keyingi vaziyatda mezbonlarning zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

15. G'iyosov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgandi, ammo yana Sokol zarbaga imkon qoldirmay, xavfni bartaraf etdi.

9. Kenjaboevning xavfli uzatmasini Sokol qaytardi.

8. Kuxianidze o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

4. Xavfli vaziyat! Nimeli raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasini Ilyosov qaytardi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика