So’nggi yangiliklar

14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  0 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  2 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  2 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  2 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  1 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  7 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  6 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  22 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  6 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  2

Superliga. "Paxtakor" "Surxon" darvozasiga 3 ta to'p yo'lladi, CHerandan dubl! Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" "Surxon" darvozasiga 3 ta to'p yo'lladi, CHerandan dubl!

Superliganing 1-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv yakuniga etdi.

Surxon

Superliga. 1-tur

04/03/2024, 18:30

3
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 3', Dostonbek Hamdamov - 51', Dragan CHeran - 70'

45'
90'
46'  Ulug'bek Hoshimov
55'  Sunnatulloh Hamidjonov
58'  Silvanus Nimeli (Muhammadali Abdurahmonov )
72'  Jahongir Abdusalomov (Asilbek Jumaev)
72'  Aziz Pirmuhammedov (Humoyun SHerbo'taev)
72'  Diyor Ramazonov (Kamron Saidazimov)
81'  Dmitriy Pletnyov (Asadbek Karimov)
3'  Dragan CHeran
3'  Po'latxo'ja Xoldorxonov
51'  Dostonbek Hamdamov
51'  Dragan CHeran
58'  Behruz Asqarov (Kirill Todorov)
70'  Dragan CHeran
70'  Dostonbek Hamdamov
72'  Po'latxo'ja Xoldorxonov (Doniyor Abdumannopov)
79'  Diyor Xolmatov (Saidumarxon Saidnurullaev)
79'  Dostonbek Hamdamov (Muhammadali Usmonov)

SURXON – PAXTAKOR 0:3 

"Paxtakor" stadioni. 18:30

Gollar: Dragan CHeran (Po'latxo'ja Xoldorxonov) 3', Doston Hamdamov (Dragan CHeran) 51', Dragan CHeran (Doston Hamdamov) 70'

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Yordamchi hakamlar: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov

To'rtinchi hakam: Sultonmurod Abdurahmonov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Baxtiyorxo'ja SHavkatov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Davron Ibrohimov

"Surxon": 1.Artyom Potapov (s), 2.Bobur Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Aziz Pirmuhammadov (8.Humoyun SHerbo'taev, 72), 7.Doston Tursunov, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Dmitriy Pletnyov, 15.Diyor Ramazonov (99.Komron Saydazimov, 72), 17.Jahongir Abdusalomov (27.Asilbek Jumaev, 72), 18.Silvanus Nimeli (19.Muhammad Ali Abdurahmonov, 58), 55.SHohjahon Sultonmurodov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 4.Nodirxon Nematxonov, 14.Sarvar Abduhamidov, 20.Sardor Maxmudov, 77.Asadbek Karimov.

"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov ( 24.Kirill Todorov, 58), 8.Diyor Xolmatov (18.Saidumarxon Saidnurullaev, 79), 10.Dragan CHeran (s), 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov (33.Doniyor Abdumannopov, 72), 15.Diyor Ortiqboev, 17.Doston Hamdamov (31.Muhammadali Usmonov, 79), 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 20.Dilshod Abdullaev, 29.Muhriddin Pazildinov, 40.Kimi Merk, 99.Abbos Ergashboev.

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Hoshimov (46), Sunnatulloh Hamidjonov (55).

MATNLI TRANSLYACIYA

BAHS YAKUNLANDI! 

90+5. Gol inobatga olinmadi va hisob o'zgarishsiz qoldi. 

90+4. Bosh hakam o'yinni to'xtatib turibdi va VAR vaziyatni tekshirmoqda.

90+3. "Surxon" vakili Hamidjonov bosh bilan gol urgandi, biroq u ofsaydda qolgan bo'lishi mumkin ekan. 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. "Surxon" hisobni qisqartirishga astoydil urinmoqda, ammo bu maqsadiga etolmayapti. 

81. "Surxon"da almashtirish: Pletnyov o'rniga Karimov tushirildi. 

79. "Paxtakor"da 2 ta o'zgarish: Xolmatov o'rniga Saidnurullaev, Hamdamov o'rniga Usmonov o'yinga qo'shildi. 

77. "Paxtakor" xotirjam tarzda to'pga egalik qilish bilan band. "Surxon" taqdirga tan bergan ko'rinadi.

72. "Surxon"da 3 ta o'zgarish: Abdusalomov, Pirmuhammadov, Ramazonov o'rniga Jumaev, SHerbo'taev, Saydazimov tushirildi. 

72. "Paxtakor"da almashtirish: Xoldorxonov o'rniga Abdumannopov o'yinni davom ettiradi. 

70. GOL! Doston Hamdamovning pasidan so'ng Dragan CHeran darvozani ishg'ol qildi va dublni rasmiylashtirdi – 0:3!

69. Zarba! Muhammad Ali Abdurahmonov himoyachilarni ortda qoldirib, qulay vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, Pavlyuchenko uni qaytardi. 

67. O'zbekiston terma jamoasi ustozi Srechko Katanec uchrashuvni stadiondan kuzatib bormoqda. 

63. Bosh hakam ham VAR monitoriga borib, vaziyatni ko'rdi va o'yinni davom ettirish qaroriga keldi.

62. VAR "Paxtakor" jarima maydonchasi ichidagi vaziyatni o'rganmoqda. 

58. "Paxtakor"da o'zgarish: Behruz Asqarov o'rniga Kirill Todorov tushdi.

58. "Surxon"da o'zgarish: Silvanus Nimeli o'rniga Muhammad Ali Abdurahmonov tushirildi. 

58. Zarba! Doston Tursunovning kuchli zarbasi Pavlyuchenko tomonidan bartaraf qilindi.

55. Hamidjonov Xolmatovga nisbatan juda qo'pol harakat qildi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

51. GOL! Dragan CHeranning qanotdan oshirib bergan to'pini Doston Hamdamov hech bir qiyinchiliksiz darvozaga kiritdi – 0:2! 

50. Umar Adhamzodaning uzatmagao'xshash zarbasi ancha xavfli ko'rinishgi keldi, ammo Potapov qiyinchilik bilan bo'lsa-da, to'p darvozaga kirishiga yo'l qo'ymadi.

48. Zarba! Sardor Sobirxo'jaevning zarbasidan keyin Potapov to'pga ega chiqdi. 

46. Ulug'bek Hoshimov o'yinchilarni aldashga kirishib ketib to'pni oldirdi va Abdurasulovga nisbatan qo'pol o'ynadi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

45. Zarbaaa! Aziz Pirmuhammadovning jarimadan erlatib yo'llagan zarbasini Pavlyuchenko qaytardi.  

44. Nimeli himoyachilarni aldab o'tishgi kirishib ketdi, Muhammadrasul Abdumajidov unga nisbatan qoidani buzdi. 

42. Uuuux! Nimeli darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib bordi va u bilan to'qnashib ketdi. Hakam o'yinni to'xtatdi va liberiyalik hujumchiga tibbiy yordam ko'rsatmoqda.   

39. Zarbaa! Po'latxo'ja Xoldorxonovning zarbasi ancha noaniq ketdi. 

35. "Surxon"ning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini himoyachilarga yordam berish uchun ortga qaytgan CHeran qaytarib yubordi.  

30. Doston Hamdamov bilpn to'qnashib ketgan Aziz Pirmuhammadovga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

25. SHohjahon Sultonmurodovning himoyadan turib oldinga uzatgan pasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

23. "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov o'yga tolgan. U jamoasidan bunday o'yinni kutmagani aniq. 

20. Doston Tursunov qanotda tezlik oldi va raqib jarima maydoni oldidan ichkariga pas uzatdi, biroq unga Nimeli ulgurmadi. 

13. "Paxtakor" tarkibi ancha kuchsizlanganiga va jarohatlanganlar ko'pligiga qaramay, raqibiga nisbatan ishonchliroq harakat qilmoqda. 

8. Zarbaaa! Saitovning havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng CHeran bosh bilan xavfli, ammo noaniq zarba berdi.

 


3. GOL! "Paxtakor" hisobni ochdi! Potapov xatoga yo'l qo'yib, to'pni Po'latxo'ja Xoldorxonovga uzatdi, uning pasidan keyin Dragan CHeran darvoza pastki burchagiga to'pni yo'lladi – 0:1! 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 18:30 da boshlanadi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика