So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  7 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

Superliga. Gollarga boy bo'lgan bahsda "Andijon" g'alabani tantana qildi Yangiliklar

Superliga. Gollarga boy bo'lgan bahsda "Andijon" g'alabani tantana qildi

O'zbekiston Superligasi 3-turi doirasida "Surxon" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'di.

"Surxon" — "Andijon" 2:3
Gollar: Muhammad Ali Abdurahmonov 82`, Humoyun SHerbo'taev 90+4` — SHerzod Esonov 36`, Farhodjon Sohibjonov 51`, Azizbek Pirmuhammadov 72` (avtogol)
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Qanot hakamlari: SHohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev
Zaxira hakami: Nikita Mustafin
VAR hakami: Rustam Lutfulin
AVAR hakami: Andrey Capenko
Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov
Komissar: SHerzod Rajabov

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Azizbek Pirmuhammadov, 7.Dostonbek Tursunov, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Dmitri Pletnev, 15.Diyor Ramazonov, 17.Jahongirbek Abdusalomov, 27.Asilbek Jumaev, 55.SHohjahon Sultonmurodov, 77.Asadbek Karimov.
Zaxira: 1.Artyom Potapov, 86.Davron Merganov, 4.Nodirxon Nematxonov, 8.Xumoyun SHerbo'taev, 19.Muhammad Ali Abdurahmonov, 20.Sardorbek Mahmudov, 23.Egor Krimec, 66.Behro'z SHaydulov, 99.Komron Saydazimov.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 7.SHerzod Esonov, 8.Farhodbek Bekmurodov, 13.Sardorbek Azimov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhodjon Sohibjonov (94.Armin Boshnyak 69`), 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Islombek Mamatkazin, 51.Luka Zgurskiy (99.SHahrom Samiev 62`), 71.Bektemir Abdumannonov (31.Demir Imeri 81`)
Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 4.Marlen CHobanov, 9.Levan Arveladze, 10.Ilhomjon Abdig'aniev, 21.Ildan Mamatkazin, 66.Ilhomjon Alijanov.

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Hoshimov 16` — Farhodbek Bekmurodov 44`

CHetlatishlar: Egor Krimec (o'yindan keyin) - SHahrom Samiev (o'yindan keyin) 

Surxon

Aziz Pirmuhammedov - 72', Muhammadali Abdurahmonov - 84', Humoyun SHerbo'taev - 90'

Superliga. 3-tur

16/03/2024, 17:00

3
:
2
Tugadi

Andijon

SHerzod Esanov - 36', Farhod Sohibjonov - 52'

45'
90'
16'  Ulug'bek Hoshimov
55'  Asadbek Karimov (Muhammadali Abdurahmonov )
55'  SHohjahon Sultonmurodov (Egor Krimets)
71'  Asilbek Jumaev (Sardorbek Mahmudov)
71'  Dmitriy Pletnyov (Humoyun SHerbo'taev)
72'  Aziz Pirmuhammedov
84'  Muhammadali Abdurahmonov
84'  Diyor Ramazonov
85'  Aziz Pirmuhammedov (Behruz SHaydulov)
90'  Humoyun SHerbo'taev
90'  Egor Krimets
36'  SHerzod Esanov
44'  Farhod Bekmurodov
52'  Farhod Sohibjonov
52'  Bektemir Abdumannonov
57'  Farhod Sohibjonov
62'  Luka Zgurskiy (SHahrom Samiev)
69'  Farhod Sohibjonov (Armin Boshnyak)
75'  SHahrom Samiev
81'  Bektemir Abdumannonov (Demir Imeri)
90'  SHahrom Samiev



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

O'yin tugagach bosh hakam Egor Krimec va SHahrom Samievga qizil kartochka ko'rsatdi. 

90+6-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi. So'nggi daqiqalarda jonlangan "Surxon" uchinchi golni urishiga vaqt etmay qoldi.

90+4-daqiqa. GOOOOOOOL! Humoyun SHerbo'taev jarimadan ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi — 2:3 hisob. 

90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. Raqib qanotdan uzatgan to'pni Islombek Mamatkazin boshi bilan jarima maydonchasi markazidan uzoqlashtirdi.

86-daqiqa. "Andijon" pressing evaziga to'pni olib qo'yishga erishdi. 

82-daqiqa. GOOOOOOL! Muhammad Ali Abdurahmonov oradagi farqni qisqartirmoqda. 

81-daqiqa. O'zgarish! Bektemir Abdumannonov o'rnini Demir Imeriga bo'shatib berdi.

80-daqiqa. "Surxon" azosi hujumda fol ishlatdi. 

78-daqiqa. SHerbo'taevning zarbasi biroz noaniq chiqdi.

72-daqiqa. GOOOOOOL! CHap qanotdan uzatmadan keyin hujumchiga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lgan Azizbek Pirmuhammadov to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi.

69-daqiqa. O'zgarish! Farhodjon Sohibjonov o'rniga Armin Boshnyak maydonga tushirildi. 

62-daqiqa. O'zgarish! Luka Zgurskiy o'rniga Zgurski Samiev maydonga tushdi.  

60-daqiqa. "Surxon" hujumga o'tdi, biroq jarima maydonchasi tomon uzatilgan to'pni himoyachilar yana tepib yuborishdi.  

58-daqiqa. Sohibjonov o'ng qanotdan tezlik bilan oldinga o'tmoqchi edi, ammo jarima maydonchasiga kiraverishdi to'p undan qochib ketdi. 

55-daqiqa. "Surxon" hujum tashkillashtirishda muammolarga duch kelmoqda. Andijonliklar himoyachilari esa uncha-muncha vaziyatda tortinmay, oddiy o'ynashmoqda va zarur bo'lsa to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishmoqda. 

Bo'ldi, barchasi joyida va gol inobatga olinmoqda. 

O'yindan tashqari holat bo'lmaganmi, degan savolga aniq javobni bilish uchun "VAR"ning qarorini kutish zarur. 

51-daqiqa. GOOOOOOOL! Jarimadan uzatilgan to'pni Farhodjon Sohibjonov yaqin masofadan darvozaga to'g'rilab yubordi. 

47-daqiqa. "Surxon" vakili o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+5-daqiqa. Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha xavfliroq hujum qilgan "Andijon" penaltidan urilgan gol evaziga hisobda oldinda bormoqda.

45+3-daqiqa. Luka Zgurskiy to'pga intilish davomida oyog'ini raqibning boshi balandligida ko'tarib yubordi. Hakam futbolchiga bunday harakat qilish noto'g'riligini uqtirdi. 

45+2-daqiqa. Asadbek Karimov zarba yo'llab, raqib darvozasini nishonga oldi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45-daqiqa. Azizbek Pirmuhammedov jarimadanyaxshi zarba yo'lladi, ammo Igor Litovka yana bir seyv amalga oshirib, to'pni qaytarishni uddaladi. 

44-daqiqa. Ogohlantirish! Farhod Bekmurotov sportchiga xos bo'lmagan harakati uchun ogohlantirildi. 

42-daqiqa. Litovka himoyachilar yordamida raqibning navbatdagi hujumini bartaraf qilishga erishishdi.  

40-daqiqa. Uzatmadan keyin zarba bera oladigan futbolchi topilmadi, qayta urinish davomida esa andijonliklar hujumda fol ishlatishdi. 

39-daqiqa. "Andijon" burchak zarbasini ishlab oldi. 


 

36-daqiqa. GOOOOOL! SHerzod Esonov ustalik bilan darvozabonni dog'da qoldirdi. 

34-daqiqa. PENALTI! Dmitri Pletnev jarima maydonchasi ichida raqibini maydonga qulatdi. Hakam Farhodjon Sohibjonovga nisbatan ishlatilgan bu harakat penalti belgilanishiga sabab deb topdi va nuqtaga ishora qildi.

32-daqiqa. Yana bir to'qnashuvdan keyin birdaniga ikki futbolchi maydonga quladi. 

30-daqiqa. Mezbonlarning tezkor hujumini Asadbek Karimov zarba bilan yakunladi, biroq to'p darvoza ustidan o'tib ketdi. 

28-daqiqa. "Surxon" burchak zarbasi ishlab oldi.  

27-daqiqa. Uzatmadan keyin ish zarbagacha etib bormadi.

26-daqiqa. "Surxon" jarima zarbasi ishladi.

23-daqiqa. Abdulvohid G'ulomovning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasidan keyin Dilshod Yo'ldoshev ishonchli harakat qildi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.

19-daqiqa. O'yin ancha sokin ruhda davom etmoqda. 

16-daqiqa. Ogohlantirish! Hujumdagii qo'polligi uchun "Surxon" forvardi Ulug'bek Hoshimov hakam tomonidan ogohlantirildi.

O'ngroqdan havolatib uzatilgan to'pga SHerzod Esanov boshi bilan zarba berdi, uning urinishi aniq chiqdi, lekin etarlicha kuchli bo'lmadi.  

14-daqiqa. Jumaev maydon markazida qoidani buzdi. Vaziyatning shundoqqina yonida turgan hakam jarima zarbasi belgiladi.  

11-daqiqa. "Andijon" himoyachilari raqibning navbatdagi hujumini qaytarishdi.  

9-daqiqa. "Surxon" futbolchisi jarima zarbasi tashqarisidan aniq zarba yo'lladi. 

6-daqiqa. To'p uchun ko'proq markazda kurash bo'lmoqda.

4-daqiqa. Asilbek Jumaev shifokorlar yordamiga muhtoj bo'lib yotibdi.

3-daqiqa. "Surxon"ning hujumi o'ng qanotdan jarima maydoniga yo'naltirilgan uzatma qovushmagani sabab yakuniga etmay qoldi.

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!








Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика