So’nggi yangiliklar

20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  0 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:31Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Гватемала 3:1 (онлайн ҳисоб)  0 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  13 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  3 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2

Superliga so'nggi tur intrigalari. "Navbahor" va "Nasaf" medalsiz qolishi, "Neftchi" 15 yildan so'ng sovrindorga aylanishi mumkin (tahlil) Yangiliklar

Superliga so'nggi tur intrigalari. "Navbahor" va "Nasaf" medalsiz qolishi, "Neftchi" 15 yildan so'ng sovrindorga aylanishi mumkin (tahlil)

Teglar :  SuperligaNeftchi
Superliganing so'nggi turi arafasida turibmiz. Mavsum poyoniga etib bo'ldi. Katta karvon manziliga etib keldi.

Do'ppini bir chetga qo'yib mavsum haqida tahlil qilishni boshlab yuborganmiz. Lekin fikrlarimizga to'liq xulosa yasay olayotganimiz yo'q. Bunga esa so'nggi turda hali yo'qolmagan intrigalar aybdor. Oxirgi tur shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tadi, desangiz adashasiz. CHempion nomi aniq bo'lgani bilan bronza va kumush egalari mavhumligicha qolmoqda. 

OKMK - "Nasaf"

Olmaliqdagi o'yin turning bezagi bo'lishi shubhasiz. Mazkur to'qnashuvda mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazgan, tanqidlarga uchragan OKMK va Qosimov qahramon bo'lib ketishi hech gap emas. Hozirgi holatda ochkolar farqi 2 ochkoni tashkil qilmoqda. Ayni paytda turnir jadvalida ikkinchi o'rinda ketayotgan "ajdarlar" mavsumni kumush medal bilan yakunlash uchun ajoyib imkoniyatga ega. So'nggi turda Olmaliqqa keladigan "Nasaf" ortga g'alaba bilan qaytgan taqdirda ortiqcha muammosiz "Paxtakor"dan keyingi joy bilan yilni yakunlaydi. Birinchi davrada Qarshidagi o'yinda "Nasaf" ustun kelgan. Barcha turnirlarni hisobga olganda OKMK 8ta uchrashuvdan beri "Nasaf"ni mag'lub eta olayotgani yo'q. "Konchilar" oxirgi marotaba Superligada 2020 yilgi mavsumda raqibini mag'lub etishni uddasidan chiqqan.

Superliga 7-tur.  02.07.2020 

OKMK - "Nasaf" 2:1

Gollar: Sanjar Tursunov 20, Erkin Baydullaev 56 - Marko Stanoevich 27

O'z tarixida hali kumush medallarni yutmagan OKMK birgina g'alaba orqali butun mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarni yuvib ketishi mumkin. Lekin degan tomoni borki, Olmaliq jamoasining turnir jadvalida sovrindorlar safiga kirishi Namangandagi vodiy derbisiga ham bog'liq. Qosimov jamoasi shuncha tanqidlardan keyin qahramon bo'lib ketishi uchun bor kuchini tashlaydi. 

"Navbahor" - "Neftchi"

O'z tarixida so'nggi bor 2008 yil sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan "Neftchi" bu mavsumda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Vitaliy Levchenko shogirdlari 21-turgacha Superligada mag'lubiyatsiz ketayotgandi. Mazkur o'yindan so'ng kichik inqiroz va yo'qotilgan ochkolar jamoani chempionlik kurashi, kuchli uchlikdan uzoqlashtirdi. Ammo Levchenko shogirdlarida qilgan mehnatlarini samarasini ko'rish, mavsumni yuqori notada yakunlash imkoni hamon yo'qolmagan. Buning uchun "Neftchi" ertaga "Navbahor"ni engishi shart bo'ladi. Ayni damda ochkolar o'rtasidagi farq 2tani tashkil qilmoqda. Hattoki durang ham mehmonlarning zarariga ishlaydi. "Neftchi" uchun esa bu alamli. OCHLda muvaffaqiyatli yurishni davom ettirayotgan "lochinlar"ni durang ham pastga tushishiga sabab bo'lishi mumkin. CHunki to'rtinchi o'rindagi OKMK bilan ochkolardagi farq 1ta. "Neftchi" oxirgi bor "lochinlar"ni mehmonda 2011 yil enggan. Oybek Nurboev va SHerzod Hakimovning gollari "Neftchi"ga g'alaba keltirgandi. Birinchi davradagi o'yinda tomonlar 0:0 hisobida durangga imzo chekgan. 

Superliga. 13-tur. 20.06.2011

"Navbahor" - "Neftchi" 0:2

Gollar: Oybek Nurboev 30, SHerzod Hakimov 78

CHempionlik va kubokni boy bergan Samvel Babayan yo'qdan ko'ra qabilida kuchli uchlikda qolishga urinadi. Biroq yo'qotishlar o'rnini qanday to'ldiradi, bilmadim. "Navbahor" - "Neftchi" -  uchrashuvida mezbonlar safida maydonga tushmaydigan futbolchilar ro'yxati: 

1.Davron Hoshimov - jarohat

2.SHahboz Jo'rabekov - jarohat 

3.Jasur Yaxshiboev - klubdan ketgan

4.Ibrohim Yo'ldoshev - diskvalifikaciya

5.Jamshid Boltaboev - diskvalifikaciya

6.Luka CHermel - diskvalifikaciya

Superligada ilk bor saudiyalik hakamlar

Namangandagi o'yinni saudiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O'zbekiston chempionatlari tarixida ilk bor hakamlikda Saudiya Arabistoni tajribasi sinovdan o'tkaziladi. Bungacha Superligada ikki bor, O'zbekiston kubogida bir bor amirlik hakamlar ishlagan. Superligaga 5 yildan so'ng o'yinda xorijlik hakam taklif qilindi. Bunda holat oxirgi bor 2018 yilgi mavsumda ro'y bergan. "Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yinini Alirizo Fag'oni boshqargan bo'lsa, "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuviga baxraynlik Navaf SHukrullo jalb qilingan. 

"Navbahor" - "Neftchi"
Bosh hakam
: Sami Aljurays
Yordamchilar: Muhammad Alabkari, Faysal Al Qaxtoni
Zaxira hakami: Akmal Rahimov
VAR: Sulton Aharbi
AVAR: Bahtiyorxo'ja SHavkatov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: SHohrux Said

Avvalgi yillarda Superliga va O'zbekiston kubogi finalida

Ammar Al Junaybi (BAA)

2014. "Lokomotiv" - "Paxtakor" 1:3

Farid Ali Marzuki (BAA)

2010. "Paxtakor" - "Nasaf" 2:0

Yusef Al-Marzuk (Kuvayt)

2010. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 0:0

Navaf SHukrullo (Baxrayn)

2018. "Navbahor" - "Paxtakor" 1:0

Alirizo Fag'oni (Eron)

2018. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:1

Kim Dong Jin (Janubiy Koreya)

2014. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 0:1 (O'zbekiston kubogi final)

Muhammad Abdulla Hasan (BAA)

2017. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 0:1 (O'zbekiston kubogi final)


Rasmiyatchilik uchun o'tadigan o'yinlardan intriga izlab 

"Andijon" - "Buxoro"

Bu yil kutilganidanda munosib ishtirok etgan "Andijon" oltinchi o'rinni qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi. "Burgutlar" shu tariqa Superligada 2010 yildan keyingi eng yaxshi natijasini qayd etishi yoki takrorlashi mumkin. O'sha mavsum jamoa 14ta jamoa orasida 7-o'rinni band etgandi. Mavsum kashfiyoti Rubin Xebay uchun mazkur o'yinning ahamiyati  yuqori. Legioner forvard Dragan CHeran bilan bir xil 12ta gol urgan. "Andijon" o'z o'yinini birinchi o'tkazishini hisobga olsak, CHeran raqobatchisidagi vaziyatni bilgan holda maydonga chiqadi. Xebay ko'proq gol urgan holda CHeranning 4 yillik gegemonligiga barham berishi ehtimoli bor. 

"Qizilqum" - "Turon"

"Turon"ning Superligadan tushib ketishi, "Qizilqum" o'tish uchrashuvida "Qo'qon-1912" bilan kuch sinashishi aniq bo'lib ulgurgan. "Turon" Navoiyga qanday tarkib bilan borishi qiziqtirmoqda. Yaypanliklar safini 7-8 nafar futbolchi tark etgan. Oxirgi chora U-21 tarkib bilan kelib hurmat uchun mavsumni shunchaki tugatib qo'yadi. 25-turdan so'ng jamoaning oxirgi turda maydonga chiqishi ham so'roq ostida qolayotgandi. 

"So'g'diyona" - "Surxon"

Bu o'yin ham rasmiy maqomdagi o'rtoqlik o'yinidek o'tadi. "Surxon" oltinchi o'rinni egallash va Nimelini to'purar qilish uchun harakat qiladi. Nimelining hisobida 11ta gol mavjud. Termizliklar 2019 yilgi mavsumdagi natijasini takrorlashi mumkin. "Andijon" bilan ochkolar teng, o'zaro o'yinlarga ko'ra oltinchi o'rinda ketmoqda. 

"Paxtakor" - "Bunyodkor"

Aleksandr Krestinin uchun "Bunyodkor"dagi so'nggi uchrashuv. SHackixda esa tarkibdagi etakchilarga dam berish va qolgan futbolchilarni sinab olish imkoniyati. Ikki jamoada ham bosim yo'qligi uchun tomoshabob o'yin guvohiga aylanishimiz mumkin. Qiziq fakt, "qaldirg'ochlar" "Bunyodkor" stadionida so'nggi bor 2018 yil "Paxtakor"ga 3 ochko sovg'a qilgan. 2019, 2020, 2021 yilgi mavsumlarda jamoa "sherlar" ustidan g'alaba qozongan. O'tgan yilgi o'yin esa "Jar" stadionida o'tkazilgan. 

"Metallurg" - "Olimpik"

Bu o'yin ham hech narsaga tasir o'tkazmaydi. Qaysidir jamoa g'alaba qozonganda ham turnir jadvalida katta sakrashni amalga oshirmaydi.

Superligada kim to'purar bo'ladi?

Hozirgi holatda CHeran va Xebay bir xil 12ta, Nimelida 11ta gol borligini ko'rib turibsiz. Agarda ertaga 3ta futbolchida ham bir xil ko'rsatkich qayd etilsa, PFL barchasini to'purar, deb elon qiladi. Bunday holat chempionatimizda 2010 yilda yuz bergan Nosir Otaqo'ziev (OKMK), Alisher Xoliqov ("Neftchi") 13tadan to'p kiritgan holda to'purarlar poygasida qo'shhokimlik o'rnatishgan. 2003 yil Marsel Idiattulin ("Qizilqum"), SHuhrat Mirholdirshoev ("Navbahor") 26ta, 1999 yil Umid Isoqov ("Neftchi"), Baxtiyor Hamidullaev ("Andijon") 24ta, 1998 yil Igor SHkvirin, Mirjalol Qosimov ("Paxtakor") 22ta, 1996 yil Jafar Irismetov ("Do'stlik"), Oleg SHackix ("Navbahor") 23tadan gol bilan to'purar sifatida mavsumni yakunlagan. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика