So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  16 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

Superliga. OKMK mehmonda "So'g'diyona"ni mag'lubiyatga uchratib, 4-o'ringa ko'tarilib oldi Yangiliklar

Superliga. OKMK mehmonda "So'g'diyona"ni mag'lubiyatga uchratib, 4-o'ringa ko'tarilib oldi

Coca Cola Superligasi 8-turidan joy olgan bellashuv yakuniga etdi.

SO'G'DIYONA – OKMK 1:2 (TUGADI)

1 iyul. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 20:00 

Gollar: Samandarjon Mavlonqulov (Stanislav Andreev) 90+5' – Martin Boake 28', Mirjahon Mirahmadov (Akramjon Komilov) 73'

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Jaloliddin Husnitdinov

VAR hakami: Rahimbek Karimov

AVAR: Obid Jumaev

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 6.Alisher Salimov (4.Elyor Orifov, 59), 8.Iskandar SHaykulov (88.Samandarjon Mavlonqulov, 84), 9.Zenan Zaymovich, 10.Javohir Qahramonov (s), 12.Xislat Xalilov (18.Mirjalol Abdumutalov, 46), 14.Boburbek Yuldashev, 15.Tarik Isich, 22.Sanjar SHoahmedov, 28.Stanislav Andreev, 32.Nodirjon Soyibov (7.Serder Serderov, 67).

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 11.Jasur Hasanov, 20.Amirbek Fayziev, 80.Samandar Sindarov, 99.Nodirjon Orziqulov.

OKMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov (s), 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev, 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov (4.Mirjamol Qosimov, 90)22.SHohruh Gadoev (19.Muhammadanas Hasanov, 53), 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 71)29.Vitaliy Denisov (2.Akramjon Komilov, 71)88.Siyavash Haqnazari (17.Sanjar Tursunov, 90).

Zaxira12.Dilshod Yoqubov, 11.Irakli Ruxadze, 13.Eldorbek Begimov, 77.Nodirbek Abdurazzoqov.

OgohlantirishlarDilshod Ahmadaliev (32), SHohruh Gadoev (51), Mirjalol Abdumutalov (62), Xurshid G'iyosov (69), Tarik Isich (82).


BAHS YAKUNLANDI!  

90+5. GOOOOOOOOOOL! Zaxiradan tushgan Samandarjon Mavlonqulov Andreevning pasidan keyin hisobni qisqartirmoqda – 1:2! 

90+4. Zarbaa! Muhammadanas Hasanovning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Milan Mitrovich egallashga erishdi. 

Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

90. OKMKda 2 ta almashtirish: Siyavash Haqnazari o'rniga Sanjar Tursunov, Oybek Rustamov o'rniga Mirjamol Qosimov maydonga tushirildi. 

89. Zarba! Serder Serderovning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi. 

84. "So'g'diyona"da almashtirish: SHaykulov o'rniga Mavlonqulov o'yinni tugatib qo'yadi. 

83. Zarba! G'iyosovning jarimadan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

82. Xurshid G'iyosov faol tarzda ichkariga yorib kirayotganda Tarik Isich tomonidan yiqitildi, himoyachiga sariq berildi.

80. Zarba! Hasanovning havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng Rahmonov bosh bilan noaniq zarba ijro etdi. 

79. Siyavash bitta pas orqali Mirahmadovni birga-bir holatga olib chiqdi, ammo Isich hujumchiga zarba berishga imkon qoldirmadi va to'pni tepib yubopdi, korner. 

73. GOOOOOOOL! Akramjon Komilovning uzatmasidan so'ng Mirjahon Mirahmadov bosh bilan to'p kiritib, hisobni 0:2 ko'rinishga keltirdi!

71. OKMKda 2 ta o'zgarish: Boake o'rniga Mirahmadov, Denisov o'rniga Komilov o'yinga qo'shildi. 

70. Zarba! Boburbek Yuldashevning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

69. Xurshid G'iyosov hakam tomonidan ogohlantirildi.

68. Zarbaaa! SHoahmedovning zarbasi Zaymovchiga tegib qoldi. 

67. "So'g'diyona"da almashtirish: Nodirjon Soyibov o'rniga Serder Serderov bahsni davom ettiradi.

62. Mirjalol Abdumutalov qo'pollik uchun ogohlantirildi. 

61. Oybek Rustamov maydonda yotibdi. U Mirjalol Abdumutalov bilan to'qnashib ketgandi. 

59. "So'g'diyona"da o'zgarish: Alisher Salimov o'rniga Elyor Orifov maydonga tushdi. 

56. Alisher Salimovga tibbiy yordam zarur. U o'zini almashtirishlarini so'ramoqda. 

53. OKMKda o'zgarish: SHohruh Gadoev o'rniga Muhammadanas Hasanov o'yinga qo'shildi. 

51. SHohruh Gadoev ogohlantirish oldi. 

50. Zarbaa! Vitaliy Denisovning zarbasi ozgina noaniq ko'rinish oldi. 

47. Vitaliy Denisov tavakkal qilmadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, mezbonlarda burchak zarbasi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "So'g'diyona"da almashtirish: Xislat Xalilov o'rniga Mirjalol Abdumutalov tushdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+1. Qahramonovning erlatib uzatgan to'pini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

44. Ivan Boshkovich hakam bilan kichik suhbatga kirishib, o'z etirozlarini bildirdi. 

42. Zarbaaa! Zenan Zaymovichning chamasi 13 metrdan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

41. Zaymovichning uzatmasidan so'ng Andreevni to'pni ichkariga oshirdi, Ergashev o'z o'rnida. 

36. SHohruh Gadoev yana burchak zarbasi orqali to'pni maydon tashqarisiga yo'naltirdi. 

34. Javohir Qahramonov hujum vaqtida Sardor Rahmonovni yiqitdi va hakam o'yinni to'xtatdi. 

32. Dilshod Ahmadaliev havodagi kurashda Javohir Qahramonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

28. GOOOOOOOOOL! OKMKning italiyalik hujumchisi Martin Boake himoyachi Isichning xatosidan so'ng kuchli zarbasi orqali hisobni ochdi – 0:1!

27. O'yin tempi u qadar yuqori emas. Jamoalar faqat to'pni yo'qotish bilan ovora. Esda qolarli zarba ham berilmadi.  

25. Zarba! Soyibovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Boburbek Yuldashev bosh bilan noaniq zarba yo'lladi. 

24. Dilshod Ahmadaliev chap qanotdan oldinga o'tayotgan Jahvohir Qahramonovga nisbatan fol ishlatdi. Ichkariga uzatilgan to'pni esa Botirali Ergashev qiyinchiliksiz egallab oldi. 

21. Anzur Ismoilov maydon markazida Zenan Zaymovichga nisbatan qo'pol harakat qildi. 

17. Zarba! Andreevning olis masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

15. Gadoev Haqnazarining chiroyli fintidan so'ng zarba berishga urindi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. 

13. Boakening faolligidan so'ng OKMK yaxshi hujum tashkil qildi. Gadoev-Ahmadaliev kombinaciyasidan keyin esa olmaliqliklar burchak zarbasi ishlab olishdi. 

11. Salimovning pasidan keyin Qahramonov darvozani nishonga olib ko'rmoqchi bo'ldi, biroq to'p Sardor Rahmonovga tegib qaytdi. 

9. Xislat Xalilovning pasidan keyin Javohir Qahramonov sirpanib ketdi va to'p yo'qotildi. Negadir futbolchilar ko'p sirpanib ketishmoqda. Maydonning holati u qadar yaxshi emas.  

7. SHohruh Gadoev burchak zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi, aniqrog'i, bira to'la "aut"ga yo'naltirib qo'ya qoldi. 

4. "So'g'diyona" to'pga egalik qilmoqda, Qahramonov qanotda qiyinchilik bilan bo'lsa-da, Andreevning uzatmasini to'xtata oldi va to'pni o'zida saqlab qoldi.  

1. O'yin boshlandi! 

Foto: Jahongir Fayzullaev 

- Uchrashuv 20:00 da start oladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика