So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona" "Buxoro"ni minimal hisobda mag'lub etib, xavfli zonadan uzoqlashdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona" "Buxoro"ni minimal hisobda mag'lub etib, xavfli zonadan uzoqlashdi

Coca Cola Superligasi 24-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

24-tur

"So'g'diyona" – "Buxoro" 1:0

4 noyabr. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 18:15

Bosh hakam: SHavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farxod Usmonov

Zaxira hakami: To'rabek Suyunov

VAR: Ahrol Riqullaev

AVAR: Aleksandr Sidorov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: SHohruh Said

Gol: 1:0 — 67, Lyupcho Doriev.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Jasurbek Yoqubov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 10.Javohir Qahramonov (s), 14.Lyupcho Doriev, 15.Tarik Isich, 18.Mirjalol Abdumutalov (3.Abdulloh Omonaliev, 84), 80.Samandar Sindarov, 88.Samandarjon Mavlonqulov (6.Alisher Salimov, 79), 90.Ulug'bek Kenjaev (22.Sanjar SHoahmedov, 42), 93. Marko Kolakovich.

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 9.Zenan Zaymovich, 11.Jasur Hasanov, 17.Muhammad Yo'ldoshev, 21.SHohruxxon Muxsinov, 28.Stanislav Andreev.

"Buxoro": 50.Luka Kukich, 2.Izzatillo Po'latov (9.Jasur Xolto'raev, 75), 5.Dilshod Jo'raev (s), 8.Asliddin Tursunpo'latov (88.Vsevolod Nixaev, 46), 11.SHohruz Norxonov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Jamoliddin Ubaydullaev (77.Asilbek Qayumov, 60), 70.Aleksandar Stanisavlevich (10.Xumoyunmirzo Iminov, 60), 80.Farruhjon Ibrohimov, 91.Asiljon Begimqulov, 94.Frane Ikich.

Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 4.Mirjalol Jumaev, 6.Behzod Kamolov, 25.Abbos Otaxonov, 29.CHingizxon Qodirov

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Kenjaev (39), Jamoliddin Ubaydullaev (52), Diyorbek Ortiqboev (90+1), SHohruz Norxonov (90+8)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+12. Omonalievning zarbasi noaniq.

90+4. Salimov qulay vaziyatda zarba berish o'rniga pas berishga qaror qildi, biroq sherigi uni tushunmadi, oqibatda yaxshi hujum chippakka chiqdi.

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi.

84. "So'g'diyona" tarkibida majburiy o'zgarish bo'ldi.

78. Qayumovning uzatmasi sherigiga etib bormadi. Mehmonlarning hujumi barbod bo'ldi.

74. Dorievdan yana bir zarba! Biroq uning bu safargi urinishiga aniiqlik etishmadi.

71. Iminovning uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

67. GOL! SHoahmedovning ajoyib pasidan so'ng Doriev o'ng qanotda raqib himoyachisini aldadi hamda raqib darvozabonining yaqin burchagini aniq nishonga oldi!


60. "Buxoro" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

59. Mavlonqulov Dorievga aniq pas bera olmadi, aks holda hisob ochilishi mumkin edi.

57. Dorievning uzatmasini Qahramonov o'tkazib yubordi, Mavlonqulov esa to'pga etolmadi.

52. Ubaydullaev SHoahmedovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

48. "Buxoro" bo'limni faol boshladi va hisobni ochishiga bir bahya qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Zarba! Ubaydullaevning kuchli zarbasini Mitrovich egallab oldi.

42. O'zgarish: SHoahmedov Kenjaevni almashtirdi.

39. Ulug'bek Kenjaev ogohlantirildi.

38. Birinchi bo'lim to'xtalishlar bilan yodda qoladigan bo'ldi. Taymning eng yaxshilari — tibbiyot xodimlari.

34. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq "So'g'diyona" futbolchisi so'nggi zarbani yo'llashga ulgurmadi.

30. Uchrashuv qoidabuzarliklarga boy bo'lmoqda. Tez orada hakam cho'ntagidan kartochkasini chiqarishi mumkin.

27. Norxonov hujumda qoida buzdi.

23. Doriev Ibrohimovning oyog'ini tepib yubordi. "Buxoro" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

19. Xavfli vaziyat! Mezbonlar juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi! Doriev boshlagan hujumni Qahrmonov muvaffaqiyatli tugata olmadi.

16. Fozilovning uzoqdan yo'llagan zarbasi raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

14. Doriev raqibning uch futbolchisi orasidan zarba yo'lladi, Kukich to'pni egallab oldi.

13. "Buxoro"ning o'ng qanotdan boshlagan hujumi samarasiz yakunlandi.

9. Xavfli vaziyat! Doriev o'ng qanotda bir raqibini aldab o'tib, zarba yo'lladi, Kukich to'pni qaytardi.

7. Stanisavlevichning olisdan yo'llagan  zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. Begimqulovga nisbatan maydon markazida qoidabuzarlik sodir etildi. 

3. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi. Dorievning uzatmasini buxoroliklar qaytardi.

1. Uchrashuv boshlandi. "So'g'diyona" oq, "Buxoro" to'q ko'k rangli libosda harakat qiladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика