So’nggi yangiliklar

10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  0 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  8 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5

Superliga. "So'g'diyona" - "Andijon" o'yiniga oid malumotlar Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" - "Andijon" o'yiniga oid malumotlar

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita uchrashuv bilan Superliganing 8-turiga start beriladi.

Jizzaxda "So'g'diyona" Superliga debyutanti "Andijon"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:45da boshlanadi. 

"So'g'diyona"

Jizzax shahrining bosh jamoasi oxirgi ikki turda mag'lubiyatga uchradi. "So'g'diyona" o'z maydonida "Paxtakor" va safarda "Navbahor"ga imkoniyatni boy berdi. 

O'tgan ikkita o'yinda jizzaxliklar o'z darvozalaridan beshta gol o'tkazib yuborishdi. 

Mavsum boshidan beri "So'g'diyona" faqat ikkita uchrashuvda g'alaba qozondi. Har ikki g'alaba uydagi o'yinlarda ("Bunyodkor" va "Metallurg") ustidan qo'lga kiritildi.

Bu jamoa turnir jadvalida 6 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi. "So'g'diyona" hali durang o'ynamagan. 

"Andijon"

"Andijon" Superligada hozircha 7 ochko to'pladi va jadvalning 11-pog'onasida bormoqda. 

"Andijon" oxirgi ikkita turni durang bilan yakunladi. Ildar Sakaev shogirdlari safarda "Surxon" bilan 0:0 va uyda "Dinamo" bilan 2:2 hisobini qayd etishdi. 

"Andijon" shu paytgacha faqat bitta o'yinda g'alaba qozondi: "burgutlar" 5-turda "Nasaf"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi. 

"Andijon" Superligada hozircha bitta o'yinni yutgan uch jamoadan biri bo'lib turibdi. SHuningdek, "Buxoro" bilan "Qo'qon-1912" hisobida ham bittadan g'alaba bor. 

"Andijon" shu paytgacha 7ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, shundan 5tasini safarda o'tkazdi. 

Oxirgi 5 o'yin 

2016 yil. "So'g'diyona" - "Andijon" 1:0 

2015 yil. "So'g'diyona" - "Andijon" 1:2 

2014 yil. "So'g'diyona" - "Andijon" 1:0 

2011 yil. "So'g'diyona" - "Andijon" 1:1 

2009 yil. "So'g'diyona" - "Andijon" 0:2 

Jizzaxda bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinning ikkitasida mezbonlar, yana ikkitasida mehmonlar g'alaba qozonishgan. Yana bitta bahs durang natija bilan yakun topgan. "So'g'diyona" oxirgi beshta o'yinning hech birida raqib darvozasiga bittadan ko'p to'p kirita olmagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика