So’nggi yangiliklar

15:42Исломбек Исмоилов: "Финалда ўйнаш ажойиб, жамоамиз билан бу учун узоқ меҳнат қилдик"  8 14:43Упамеканонинг "иштаҳаси" "Бавария"ни қўрқитиб юборди  1 14:09"Челси"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари маълум қилинди  2 13:31"ОКМК Семурғ" — "Андижон ФА" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 12:52Моуриньо Бразилия термаси таклифини рад этди  2 12:18Конте "Наполи"дан кетади, клуб унинг ўрнига иккита номзод топиб қўйган  2 11:32Ана бўлмасам! Де Брюйне "Ман Сити"да қолишни истаган, лекин раҳбарият бунга қарши  5 10:49Факт. Бошкович мураббий сифатида Қосимовни мағлуб эта олмаган  0 10:29Нўъмон Ҳасанов "Нефтчи" - "Пахтакор" учрашувидан олдин: "Жамоаларнинг бу мавсумдаги ўйинларига хулоса қилишга эрта"  5 09:55Легионерларимиз. Бугун Шомуродов, Ҳусанов, Раҳмоналиев, Турғунбоев, Эсанов жамоалари ўйнайди  8 09:30"Ал Мумтоз" тарихидан. Анвар Бердиевнинг юбилей учрашуви қандай ўтганди?  5 09:10Ҳамидулло Абдунабиев: "Бунёдкор" учун бу натижа адолатсиз ҳисобланади. Ғалабага ҳақли эдик"  8 08:40"Қўқон-1912" 6 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни мағлуб эта олмаяпти  0 08:20"Хоразм" "Бунёдкор" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди  2 08:00"Персеполис" ўз майдонида "Сепахон"га ютқазди. Остон Ўрунов 25-дақиқада алмаштирилди  5

"Qizilqum" bir kishi kam "Qo'qon-1912" ustidan zafar quchdi Yangiliklar

"Qizilqum" bir kishi kam "Qo'qon-1912" ustidan zafar quchdi

Superliga 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakuniga etdi.

Superliga

6-tur

"Qizilqum" – "Qo'qon-1912" 1:0

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:15

Gol: Alen Mashovich (Fayzullo Jumanqo'ziev) 56'

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR: Naim Qosimov

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 5.Dilshod Komilov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 10.Roman Papariga, 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmuratov, 23.Samandar Shukurullaev, 70.Alen Mashovich, 77.Fayzullo Jumanqo'ziev (79.Diyor Raxmatilloev, 76), 88.Dushan Miyich.

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 7.Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov, 17.Akmal Muzaffarov, 19.Ilhom Kenjaev, 33.Sulton Rahmatov, 71.Asadbek Baxshilloev.

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov (10.Husniddin G'ofurov, 80), 8.Baxtiyorjon Qosimov, 11.Shahzod Beshimov (18.Bahrom Abdurahimov, 55), 19.Shahzod Akramov (15.Zafar Hakimov, 73), 20.Iqboljon Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov (9.Javohir Husanov, 73), 23.Bekjon Jo'raboev, 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk (14.Jasur Xolto'raev, 73).

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 5.Jasurbek Yoqubov, 17.Alisher Xayrullaev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

Ogohlantirishlar: Samandar Shukurullaev (45), Jahohir Husanov (90+1).

Chetlatish: Iqboljon Malikjonov (40).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. VAR hakamga penalti yo'qligi haqida xabar qildi. 

90+3. Farhod Bekmuratov to'pni uzoqlashtirish chog'ida to'pni qo'liga tekkizib oldi. Qo'qonlik futbolchilar etiroz bildirib, penalti so'rashmoqda. 

90+1. Jahohir Husanov qoidani buzgani uchun ogohlantirish oldi. 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa vaqt qo'shildi. 

88. "Qizilqum"da o'zgarish: Papariga o'rniga Anvarov tushdi. 

86. Mehmonlar to'pga egalik qilgan holda o'yin nazoratini ushlab turibdi, biroq mezbonlar hisobni ushlash ilinjida himoyaga katta etibor qaratgan. 

83. "Qo'qon-1912" bir kishi kam ekanligiga qaramay, hujumkor o'yin taklif etmoqda. 

80. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: Salimov o'rniga G'ofurov tushirildi. 

76. "Qizilqum" gol urdi, biroq Dushan Miyichning zarbasidan keyin to'p yo'l-yo'lakay sherigining qo'liga tekkandi. Shu bois gol inobatga olinmadi. 

76. "Qizilqum"da o'zgarish: Jumanqo'ziev o'rniga Raxmatilloev uchrashuvni davom ettiradi 

73. "Qo'qon-1912"da 3 ta almashtirish: Kondratyuk o'rniga Xolto'raev, Akramov o'rniga Hakimov, Hasanov o'rniga Husanov bahsni davom ettiradi. 

70. Alisher Salimovning "aut"dan otgan to'piga Kondratyuk ulgarmay qoldi. 

66. Hasanov to'pni jarima zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida! 

63. "Qo'qon-1912" ko'pincha bosim ostida qolmoqda. O'z-o'zidan malumki, bunga navoiyliklar bir kishi ko'p bo'lib o'ynayotgani sabab bo'lyapti. 

60. Zarbaa! Fayzullo Jumanqo'zievning zarbasidan keyin Azizxon Isaqov yana jamoasi joriga ora kirdi! 

58. VAR gol bilan bog'liq holatni o'rganib chiqdi va uni inobatga oldi. 

56. GOL! Fayzullo Jumanqo'zievning uzatmasidan so'ng Alen Mashovich bosh bilan to'p kiritib, hisobni ochdi!  

55. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: Beshimov o'rniga Abdurahimov o'yinga qo'shildi. 

52. Zarba! Shahzod Rahmatullaevning chap oyoqda yo'llagan aylanma zarbasidan so'ng Azizxon Isaqov to'pni ilib oldi. 

49. Zarba! Shahzod Rahmatullaevning olisdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Beshimovni yiqitgan Samandar Shukurullaev ogohlantirildi. 

43. Fayzullo Jumanqo'ziev maydon tashqarisida jahl ustida Shahzod Akramovni tepdi, hakam og'zaki tanbeh bilan kifoyalandi.  

42. Buyog'iga qo'qonliklar bir kishi kam bo'lib harakat qilishadi. "Qizilqum" esa bundan unumli foydalanishga harakat qiladi. 

40. Iqbol Malikjonovga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi! U ortdan turib Fayzullo Jumanqo'zievning oyog'ini bosib olgandi. 

38. Uuuuux! Shukurullaevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p ham darvoza ustuniga, ham himoyachiga tegib, maydondan chiqib ketdi.  

36. "Qizilqum"ning hujumlari himoyaga qadar qaytib keldi va Dushan Miyich qanot orqali to'pni ichkariga oshiraman deb, to'pni tribuna tomon tepdi. 

31. "Qo'qon-1912" qarshi hujumga o'tdi. Shahzod Beshimov jarima maydonchasiga yaqin hududda darvozani poylashga urindi, biroq to'p himoyachiga tegib qoldi. 

27. Nikola Kumburovich Shahzod Beshimovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, qo'qonliklarda jarima zarbasi. 

26. Muhammadanas Hasanovning chap oyoqda oshirib bergan pasidan keyin to'p havoning o'zida maydondan chiqib ketdi. 

25. "Qo'qon-1912" chap qanotdan hujum uyushtirib burchak zarbasi ishlab oldi. 

22. Zarba! Dushan Miyichning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

18. Zarbaaa! Hujumchi Roman Papariganing jarima maydonchasi ichida yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Isaqov to'pni qaytarishga erishdi.  

16. Uuuux! Qosimovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

14. Shahzod Akramovdan Egor Kondratyuk tomon havodan uzatma etib keldi, biroq hujumchi ofsaydda qolgani malum bo'ldi.  

11. Zarbaaa! Shahzod Rahmatullaevning olisdan yo'llagan zarbasini Azizxon Isaqov bartaraf etdi! 

7. Iqbol Malikjonov katta tezlikda oldinga intildi, ammo so'nggi pallada himoyachi to'sig'iga duch keldi. 

4. Jamoalar hozircha bir-birlarini o'rganish bilan band. 

1. Bahs boshlandi!

- Uchrashuv soat 20:15 da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
18 apr 22:13:11
Vvvgcf Gcfghg
Яна шу латтавошларга ён босди тугри кукон паст уйнади кизил карточка пеналтини бермади искирт
+1   
18 apr 21:00:24
Баходиржон 1912
Бахром легионерларинга қўшилиб юқолиб кет э сўтак юқол қўқондан 10та пасдан 9таси барак э каленга сани ОДАМи кўргиси кемийди .маҳалда футболи санлардаг яхши юқол
   
19 apr 11:52:10
Жалоладдин Мухаммадович✈
Кечаги Қизилқум ўйинда мазмун бор эди Қуқонда уйндай ўйин кўрмадим
   
19 apr 05:46:37
Elyor Haydarov
Куконга Бохромни книга Доврон Файзиевни ОЛИШ КЕРАК. ХАР калай мехнати синган узи хам яхши мутахасис
   
18 apr 22:22:00
Азим Исмаилов
Хайдаров кетадиган вакти булибди на уйинда мазмун бор на уйинда мотивация бор 1 тийинга киммат уйинчилар
   
18 apr 22:17:51
Arsenal 14
Qizilqumga beshta legioner, 45 minut 11-10 o'ynab, yana ikkinchi raqam bn o'ynash uyat-e. Raxmat aytinglar qizil olgan futbolchiga. Xujumlar qilib, jarima maydoniga qamab tashamaysanmi raqibingni. Hech mazza qilib o'yin ko'rmadikda bu Qizilqumdan
   
18 apr 22:15:24
Vvvgcf Gcfghg
Тугри уша Бахром тренерга ухшамеди умуман дар бераётган домладе келади уйингохга мотивация нол
   
18 apr 22:15:01
Vvvgcf Gcfghg
Тугри уша Бахром тренерга ухшамеди умуман дар бераётган домладе келади уйингохга мотивация нол
   
18 apr 21:00:34
Баходиржон 1912
Бахром легионерларинга қўшилиб юқолиб кет э сўтак юқол қўқондан 10та пасдан 9таси барак э каленга сани ОДАМи кўргиси кемийди .маҳалда футболи санлардаг яхши юқол
   
18 apr 20:34:52
Muhammadjon andijon pfc
Olĝaa vodiy
   
18 apr 20:13:08
Kenny Dalgish
Қўқон омад, ғалаба кутамиз
   
18 apr 18:40:39
Баходиржон 1912
Қўқон олға.
   
18 apr 17:57:33
Jahongir Ismoilov
Qo'qon yutadi omad uyinchilargaa
-1   
18 apr 23:13:39
SHAHZAD
Водий клубларига аталган 5-тур "тугади" шекилли)))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика