So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Superliga. “Qizilqum” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

Superliga. “Qizilqum” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  NasafQizilqumPrevyu
“Nasaf” Superliganing 30-tur uchrashuvini safarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan o'tkazadi.

Uchrashuv 10 noyabr shanba kuni “Yoshlar sport majmuasi”da soat 16:00da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 39 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 23 tasida jamoaning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 10 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 74-41.    

Endi mazkur jamoalar o'rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to'xtaladigan bo'lsak, "Nasaf" “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko'rinishida g'alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g'alabasi 3:1 ko'rinishida.

SHu yili 2 oktyabr kuni Qarshida o'tkazilgan so'nggi o'zaro o'yinda 4:2 hisobida “ajdarlar”ning qo'li baland kelgan.

Navoiyda bo'lgan o'zaro uchrashuvlarga oid

Navoiyda bo'lib o'tgan o'zaro o'yinlar statistikasiga ko'ra, "Nasaf" Navoiyda o'tkazilgan 19 uchrashuvning 8tasida g'alaba, 6tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o'z maydonida so'nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan.

SHu yili Navoiyda bo'liba o'tgan o'zaro o'yinda "Nasaf" 2:1 hisobida g'alabaga erishgan.

Navoiyda bo'lgan so'ngi besh uchrashuv
10.08.2013. “Qizilqum” – “Nasaf” 0:1
06.06.2014. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1
26.08.2015. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2
25.06.2016. “Qizilqum” – “Nasaf” 3:3
29.04.2017. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1
18.03.2018. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика