So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  3 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  30 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

Superliga: Peshqadamlik mustahkamlangan o'yinda "Paxtakor" to'purari Polvonovga etib oldi (sharh) Yangiliklar

Superliga: Peshqadamlik mustahkamlangan o'yinda "Paxtakor" to'purari Polvonovga etib oldi (sharh)

Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'lgan "Metallurg" chempionatdagi 3-mag'lubiyatini tan oldi.

Paxtakor

Dragan CHeran - 13', Dragan CHeran - 37'

Superliga. 7-tur

01/05/2019, 18:30

1
:
2
Tugadi

Metallurg

Islombek Isoqjonov - 12'

45'
90'
13'  Dragan CHeran
13'  Jaloliddin Masharipov
37'  Dragan CHeran
63'  Jaloliddin Masharipov (Sardor Sobirxo’jayev)
72'  Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak)
86'  Igor Sergeyev (Sobit Sindarov)
12'  Islombek Isoqjonov
12'  Stanislav Andreyev
27'  Ibrohim Yo'ldoshev
36'  Aleksandr Lobanov
46'  Ibrohim Yo'ldoshev (Muhammad Isaev)
56'  Doniyor Usmonov (Sukhrob Nurulloyev)
66'  Muhammad Isaev
80'  Islombek Isoqjonov (Sergey Tumasyan)

Mazkur o'yinga murabbiylar quyidagi tarkiblarni tanlashdi.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akrom Komilov, Jaloliddin Masharipov (Sardor Sobirxo'jaev, 63), Dragan CHeran, Igor Sergeev (Sobit Sindarov, 86), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 72), SHerzod Azamov, Marko Simich, Javohir Sidiqov.

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Ibrohim Yo'ldoshev (Muhammad Isaev, 46), Islom Isoqjonov (Sergey Tumasyan, 80), Bahrom Abdurahimov, SHavkat Mullajonov, Doniyor Usmonov (Suhrob Nurulloev, 56), Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Bahodir Pardaev.

Qayd etish kerakki, SHota Arveladze mazkur o'yinga bir qator rotaciyalarni amalga oshirdi. Jarohati tufayli mavsumning dastlabki qismini o'tkazib yuborgan Marko Simich "Dinamo" bilan bo'lgan bahsdagi kabi bellashuvni boshlang'ich tarkibda boshladi. SHuningdek, Arveladze bu safar asosan zaxirada qolib ketayotgan Akrom Komilovga ishonch bildirdi. Gruziyalik mutaxassis Hamrobekovga tayanch nuqtasida tandem sifatida Sobirxo'jaev emas, balki markaziy yarim himoyada o'ynovchi Javohir Sidiqovni tushirdi. Hujumda esa Bikmaev o'rnini Sergeev to'ldirdi. Qolgan chiziqlarda o'zgarishlar kuzatilmadi. Yani, darvozada Quvvatov, markaziy himoyada Azamov, o'ng qanotda Alijonov. Masharipov va Hamdamov hujumkor vingeri sifatida tushishgan bo'lsa, CHeran doimgidek hujumchi ortida harakatlandi.

SHipilov ham tarkibda qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Murabbiy "Paxtakor"ga qarshi asosan sobiq "paxtakorchilar" yordamidan foydalanishni afzal bildi. SHu boisdan Muzaffar Muzaffarov va Zohid Abdullaev kabi futbolchilar zaxirada qolishdi. 


"Paxtakor"dan jarohati tufayli Sadriddin Abdullaev o'yinni o'tkazib yuborgan bo'lsa, "Metallurg"ga Server Jeparov jarohati bois yordam berolmadi.

O'yin kutilganidek mezbonlarning faolligi va tashabbusi bilan boshlandi. Ammo dastlabki daqiqalarda standart vaziyatlari orqali sodir etilgan vaziyatlardan "Paxtakor" naf chiqara olmadi. "Metallurg" himoyachilari ikkinchi qavatda ishonchli o'ynashdi. SHundan so'ng "Metallurg" o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urindi. Raqibni birinchi zonadayoq yuqori pressing orqali kutib olgan bekobodliklar "Paxtakor"ga himoyadan hujumga chiqishda muammolar tug'dirishdi. Aynan pressing samarasi ularoq uchrashuvning 12-daqiqasida Islom Isoqjonov yon chiziqdan o'yinga kiritilgan to'pni burchak oldidan darvozaning yuqori burchagiga o'zining aniq va chiroyli zarbasi orqali joylab qo'ydi - 0:1.


"Metallurg"dan bunday yurishni kutmagan maydon egalari o'tkazib yuborilgan goldan so'ng tezkorlik bilan oldinga o'tishdi. Xususan maydon markazidan o'yinga kiritilgan to'pni Jaloliddin Masharipov raqibning qator himoyachilarini navbati bilan aldab o'tib jarima maydonchasi ichiga qadar olib keldi va bo'sh turgan CHeranga oshirdi. "Paxtakor" to'purari Dragan CHeran esa Lobanovning to'pga besamar tashlanishidan so'ng bo'sh qolgan darvozani ortiqcha qiyinchiliksiz nishonga oldi - 1:1.


Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas "Paxtakor" muvozanatni tikladi. SHundan so'ng o'yin yanada nisbatan tenglashdi. Bazi vaziyatlarda "Metallurg" to'pni yaxshi nazorat qilgan bo'lsa, o'yindagi ustunlik baribir "Paxtakor" tarafida bo'ldi. "Metallurg" esa "Paxtakor"ni raqib zonasidayoq kutib olib, ularni hujumga o'tish yo'llarini bekitib qo'yishdi. Ammo qiyinchilik bilan bo'lsada "Paxtakor" to'pni oldinga o'tib olib, o'zining pozicion hujumlarini tashkil etishga urindi. Ayniqsa Jaloliddin Masharipov o'z qanotida doimgidek faol o'ynadi. Uning navbatdagi reydini raqib himoyachilari bartaraf eta olishmadi va to'pga chiqishga uringan Lobanov oyoqlari bilan Masharipovni chalib yiqitdi. Natijada vaziyatga yaqin turgan bosh hakam Akobir SHukurullaev ikkinlanmasdan "nuqta"ni ko'rsatdi. Dragan CHeran esa penaltini aniq amalga oshirib, o'yinda "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi va o'z dublini rasmiylashtirdi. Bu gol esa unga chempionat to'purari bo'lib turgan AGMK hujumchisi Zafar Polvonovni (6 gol) quvib etishiga zamin yaratdi.

Bo'limning qolgan daqiqalarida "Metallurg" ham hujumga o'tishga astoydil harakat qildi. Xavfli vaziyatlarni esa asosan jarima zarbalari orqali yuzaga keltirdi. Biroq goldan tashqari qolgan zarbalar darvozaga aniq bormadi. SHu tariqa jamoalar tanaffusga mezbonlarning minimal ustunligi bilan chiqib ketishdi.


Ikkinchi bo'limni "Metallurg" bosh murabbiyi zaxira futbolchisini tushirish bilan boshladi. Birinchi bo'limda maydon markazida o'ynagan Ibrohim Yo'ldoshev o'rniga Muhammad Isaev tushirildi. Tanaffusdan so'ng "Metallurg" raqibiga nisbatan ancha faol va tezkorroq o'ynadi. "Paxtakor" esa jismonan charchab qolgani tufayli o'yinni biroz sekinlashtirib, erta himoyaga o'tdi. SHu boisdan ham mezbonlar ikkinchi taymda raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar sodir etishda faollik ko'rsatishmadi. Ammo pozicion himoyalanishda yaxshi harakat qilishdi.

Asosan "Metallurg"ning tashabbusi bilan o'tgan ikkinchi bo'limda darvozalar tomon deyarli aniq zarbalar berilmadi. "Metallurg" asosan standart vaziyatlari orqali o'z niyatiga erishishga harakat qilgan bo'lsa, "Paxtakor" birinchi navbatda ehtiyotkorlikni tanladi. Natijada ikkinchi taymda boshqa gollar kiritilmadi va "Paxtakor" mavsumdagi 6-g'alabasini tantana qildi.


"Paxtakor" - "Metallurg" 2:1
1 may 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. (3357 tomoshabin)
Hakamlar:
Akobir SHukurullaev, Alisher Usmanov, Ramil SHayaxmitov, Doston Raxmonov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov.
Kommissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Islombek Isoqjonov 12, - 0:1 (Stanislav Andreev). Dragan CHeran 13, - 1:1 (Jaloliddin Masharipov). Dragan CHeran 37 penalti, - 2:1.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akrom Komilov, Jaloliddin Masharipov (Sardor Sobirxo'jaev, 63), Dragan CHeran, Igor Sergeev (Sobit Sindarov, 86), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 72), SHerzod Azamov, Marko Simich, Javohir Sidiqov.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Alisher Salimov, Egor Krimec, SHohruh Mahmudxojiev, Marat Bikmaev, Farruh Sayfiev.

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Ibrohim Yo'ldoshev (Muhammad Isaev, 46), Islom Isoqjonov (Sergey Tumasyan, 80), Bahrom Abdurahimov, SHavkat Mullajonov, Doniyor Usmonov (Suhrob Nurulloev, 56), Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Bahodir Pardaev.
Zaxira: Zafar Safoev, Mahmudjon Qudratillaev, Zohid Abdullaev, Muzaffar Muzaffarov, SHahzodbek G'ofurbekov, Odilbek Abdumajidov.

Ogohlantirishlar: Ibrohim Yo'ldoshev 27, Aleksandr Lobanov 36, Muhammad Isaev 66.


Qayd etish kerakki, "Paxtakor"ga navbatdagi g'alabani keltirgan gollarning har ikkisiga jamoa to'purari, serbiyalik futbolchi Dragan CHeran mualliflik qildi. CHeran avvaliga Masharipovning reydidan keyin Jaloldan kelgan uzatmani golga aylantirgan bo'lsa, ikkinchi to'pni yana Masharipovning reydi natijasida ishlangan penaltidan mo'ljalni aniq oldi. CHerandan dubl, Masharipovdan esa bitta assist va samarador harakat bo'ldi.


TURNIR JADVALI

Natijada mazkur g'alabadan keyin "Paxtakor" turnir jadvalida yakka peshqadamligini yanada mustahkamladi va hozircha bitta kam o'yin o'tkazgan "Lokomotiv"dan 4 ochkoga ilgarilab ketdi. "Metallurg" hisobidagi ochkolar soni 10taligicha qoldi va jamoa 3-4 o'rinni "Bunyodkor" bilan bo'lishib turibdi.

Fakt: "Metallurg" Superligadagi dastlabki 7 uchrashuvda darvozani ishg'ol etgan ilk jamoaga aylandi.


O'YINDAN KEYINGI FIKRLAR

SHota Arveladze ("Paxtakor" bosh murabbiyi): "O'ylashimcha, ikkita har xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi taymda tezkorlik bilan juda yaxshi o'ynadik. Ko'plab vaziyatlar yaratildi. Ammo hujumni yakunlovchi oxirgi zarbani berishda oqsamoqdamiz. Tanaffusdan keyin biroz toliqib qoldik va buni natijasida o'yinimiz ancha sekinlashdi. Lekin shunga qaramay raqib darvozamiz tomon deyarli aniq zarba bergani yo'q. Bunga yo'l qo'ymadik. Biz ham xavfli vaziyatlar sodir etolmadik. Jamoa har 3-4 kunda futbol o'ynamoqda. Jamoa jismonan yaxshi darajada. Biz endi kelasi o'yin haqida bosh qotirmoqdamiz".

Andrey SHipilov ("Metallurg" bosh murabbiyi): "Juda yaxshi o'yin guvohiga aylandik. Biz ancha yaxshi darajada qarshilik ko'rsatdik. Raqibni o'rganish jarayonida futbolchilarga "Paxtakor"ning 9-raqamdagi futbolchisini qanday harakatlanishini ko'rsatib, unga qarshi qanday o'ynash kerakligini alohida takidlagandim. Hech qanday qiyinchilik joyi yo'q edi. Juda qo'pol xatolarga yo'l qo'yildi. Bu birinchi yoki ikkinchi sinf darsligi, lekin aniq 10-sinf darsligi emas! Buni maydonda ham, videoda ham ko'rsatgandim. Ammo baribir o'sha xatoga yo'l qo'ydik. Nima ham derdim, "Paxtakor"ning 9-raqamli futbolchisiga (Masharipov) barakalla. SHu futbolchi mening jamoalarimga qarshi doim yaxshi o'ynaydi. 

O'ylaymanki, bugungi o'yinimizni ko'rib hech kim biz maydonda shunchaki nomiga harakat qilganimizni aytishga jazm etmaydi. Ikkinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qildik. "Paxtakor" jismonan charchab qoldi, biz esa yaqqol tashabbusga egalik qildik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman va 6-may kuni bo'ladigan OCHL doirasidagi bahsda ularga omad tilayman".

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика