So’nggi yangiliklar

08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  0 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  4 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  1 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  5 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Qizilqum" ustidan g'alaba qozondi, poytaxtliklarning chempionat doirasida o'zaro o'yinlardagi g'alabali seriyasi 11 taga etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Qizilqum" ustidan g'alaba qozondi, poytaxtliklarning chempionat doirasida o'zaro o'yinlardagi g'alabali seriyasi 11 taga etdi

O'zbekiston chempionati 5-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi

PAXTAKOR – QIZILQUM 3:1
10 aprel 2023 yil. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 18:05.
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, SHohnur Yo'ldoshev, Oybek Kalaxo'jaev, Doston Rahmonov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.

Gol: 1:0 — 13, Abbosbek Fayzullaev, 2:0 — 34, Aziz Turg'unboev, 3:0 — 74, Dragan CHeran, 3:1 — 88, Viktor Mbaoma.

"Paxtakor" - 35. Sanjar Quvvatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 4. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Odil Hamrobekov (Behruzbek Asqarov, 69), 8. Aziz Turg'unboev, 10. Dragan CHeran, 14. Abbosbek Fayzullaev, 17. Doston Hamdamov (Po'latxo'ja Xoldorxonov, 69), 27. Sardor Sobirxo'jaev, 88. SHahzod Azmiddinov.

Zaxira: Eldorbek Suyunov, Sardor Rashidov,Giorgi Papava, Rustam Turdimurodov, Abubakir Ashurov, Diyor Xolmatov, Dilshod Saidov.

"Qizilqum" - 35. Javohir Ilyosov, 2. Avazxon Mamatxo'jaev (Azizbek Usmonov, 46), 4. Ilhomjon Vahobov, 5. Samandar SHukurillaev, 6. Murodbek Rahmatov, 10. Islombek Kenjaboev, 11. Jasur Xolto'raev, 24. Ifeani Ifeani, 75. Oleg Tolmasov, 77. Oybek Nurmatov, 87. Alisher Sanoev.    

Zaxira: Artyom Makosin, Humoyun Abdualimov, Jaloliddin Sodiqov, Timur Nabiev, SHerali Jo'raev,  Viktor Mbaoma, Islom Toshpo'latov, Diyor Rahmatilloev.

Ogohlantirish: Islom Toshpo'latov (88)

CHetlatish: Oybek Nurmatov (65)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Viktor Mbaoma himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi.

88. Islom Toshpo'latov ogohlantirildi.

79. "Paxtakor"da so'nggi o'zgarish: CHeran o'rniga Diyor Xolmatov o'yinga qo'shildi.

77. "Qizilqum"da o'zgarishlar: Ifeani va Kenjaboev o'rnini Toshpo'latov va Jo'raev to'ldirdi.

75. "Paxtakor"da o'zgarishlar: Aziz Turg'unboev va Abbosbek Fayzullaev o'rniga Sardor Rashidov va Dilshod Saitov maydonga tushirildi.

74. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! CHERAN hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!

72. "Qizilqum"da ham o'zagarishlar: Alisher Sanoev va Jasur Xolto'raev o'rnini Diyor Rahmatilloev va Viktor Mbaoma to'ldirdi.

69. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish: Odil Hamrobekov va Doston Hamdamov o'rniga Behruz Asqarov va Po'latxo'ja Xoldorxonov maydonga tushirildi.

Endi katta ehtimol bilan yarim maydonda o'yin ko'ramiz.

65. Hakam VARga murojaat qildi hamda sariq kartochkani bekor qilib, undan ham to'qroq rangdagi kartochkani ko'rsatdi. Unutilmas esdalik qilib yubordi o'ziyam.

63. Bosh hakam "Qizilqum" futbolchisi Oybek Nurmatovga "Paxtakor"dan esdalik deya "sherlar" libosidagi kartochkani tuhfa qildi.

62. Azizbek oldingi chiziqqa faqat Mbappe eta olishi mumkin bo'lgan uzatma amalga oshirdi.

59. Fayzullaev tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasidan keyin Javohir Ilyosov to'pning jag'iga musht tushirdi.

53. Mehmonlarning hujumlarida o'zbek seriallari singari yakun ko'rinmayapti.

49. Doston Hamdamov uchun darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda gol urishdan ko'ra uzoq masofadan gol urish osonroq bo'lsa kerak.

48. Sanjar Quvvatovning "tuhfa"sidan so'ng umrida sovg'a olmagan Oybek Nurmatov dovdirab qoldi, oqibatda xavfli bo'lishga kutilgan vaziyat kutilmasdan qolib ketdi.

46. Og'iz ochib olgan bo'lsangiz, ikkinchi bo'limni boshlaymiz. Buyog'iga og'zingizni ochib o'tirmang.

"Qizilqum" tarkibida o'zgarish: Avazxon Mamatxo'jaev o'rniga Azizbek Usmonov maydonga tushirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Oleg Tolmasov sirpanchiq uchib, jamoasini uchinchi goldan asrab qoldi.

45. Birinchi bo'limga "Paxtakor" hozircha kiritgan to'plar soniga teng daqiqa qo'shib berildi.

Media zonada o'tirgan shumtakalardan biri "Davay, Qizilqum" deya baqirmoqda. Yosh bolaning ham gapiga quloq solish kerak gohida.

39. Alisher Sanoev yoshligini esladi hamda ikki-uch raqibni aldab o'tib, jarima maydonida to'pni yo'lladi, ammo sheriklari ham yoshligini eslashni istamadi.

34. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Turg'unboev oradagi farqni oshirdi! Aziz darvozabondan qaytgan to'pni qiynalmasdan darvoza to'riga yo'lladi.

30. Xolto'raevning pastlatib yo'llagan zarbasidan so'ng Quvvatov libosini kir qilishga majbur bo'ldi.

27. Maqsadi o'ta yuqori bo'lgan "Paxtakor" futbolchisi Muhammadqodir Hamralievning jarima zarbasi ham maqsadiga monand tarzda amalga oshirildi.

24. Hamdamov tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasidan keyin Javohir Ilyosov quchoq ochib to'pni kutib oldi.

Bugungi uchrashuvni Jahongir Ortiqxo'jaev ham bevosita stadiondan kuzatmoqda.

19. "Qizilqum" futbolchilari jarima zarbasi amalga oshirdi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pga Xolto'raev bosh bilan zarba yo'lladi. To'pni esa darvoza ortida turgan bolakay egallab oldi. Undan ham yaxshi posbon chiqarkan.

13. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!! Abbosbek Fayzullaev tabloga javobgar xodimga ish topib berdi! Yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan yarim himoyachi Osiyo kubogida amalga oshirgan ishlarini takrorladi.

10. Oybek Nurmatov to'pni oyoqlarida o'ynatib, raqib himoyachilarining ham asablarini raqs tushishga majbur qildi.

7. Tibbiyot xodimlari jarohat olgan Jasur Xolto'raev uchun Merlin vazifani bajarib berdi.

3. Hamdamov dastlabki daqiqalardan mehmonlarning kayfiyatini minusga tushirgisi kelmadi, to'g'rirog'i, Javohir Ilyosov yakkama-yakka vaziyatda sheriklarini iftorlikka tushiradigan harakat amalga oshirdi.

1. Mehmonlarning yangi legioneri Ifeani amaldagi chempionlarga qarshi taassurotini "Voy, oyog'im" deyish bilan boshladi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Bugun "Paxtakor" sariq, "Qizilqum" oq rangli libosda harakat qiladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.  Fotograflar futbolchilarni 3 ga 4 rasmga tushirib qo'yishdi. Suratlarni saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin. 


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun O'zbekiston chempionatining 5-turini yakunlab beradigan bellashuv guvohiga aylanamiz. Xabaringiz bo'lsa kerak, "Paxtakor" stadionining katta qismi tamirlash uchun yopildi, aks holda muxlislar to'lib-toshib, ur-yiqit qilib, o'yingohni egallab olishi mumkin edi. SHu bois, bugungi o'yinni mashhur multfilmda aytilganidek, ichki xotirjamlik ila tomosha qilamiz.

Uchrashuv 18:05 da start oladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика