So’nggi yangiliklar

00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  5 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  5 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   9 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  13

Superliga. Markaziy o'yinda "Paxtakor" "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Markaziy o'yinda "Paxtakor" "Navbahor"ni mag'lub etdi

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" hamda "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

O'yinda mezbonlar Dragan CHeranning yagona goli evaziga g'alaba qozonishdi. 

Superliga. 4-tur.
1 aprel 2022 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
PAXTAKOR – NAVBAHOR 1:0
Gol: CHeran 83.

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistenti: Ziyodullo Abdruhamonov
Komissar: Zohirjon Akramxonov
Ogohlantirish: Iskanderov 70, Boltaboev 75, Sayfiev 88.


"Paxtakor":  33. Eldor Suyunov, 3. Xojiakbar Alijonov, 21. Kamen Xajiev, 5. Aleksey Larin, 34. Farruh Sayfiev, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 7. Odil Hamrobekov, 10. Dragan CHeran, 18. Xojimat Erkinov (11. Sardor Rashidov 90+1), 8. Aziz Turg'unboev (23. SHerzod Azamov 90), 77. Mirjahon Mirahmadov (14. Oliver SHarkich 80). 

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 16. Ruslan Roziev, 28. Diyor Holmatov, 29. Jasur Yoqubov, 42. Abbos Fayzullaev, 63. Muhammadali O'rinboev


"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 6.Rustam Ashurmatov, 22.Igor Golban, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 7.Azim Ahmedov (19. Nurillo To'xtasinov),10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev (9.Ibrohim G'anixonov 86), 23.Yovan Jokich, 30.Elguja Grigalashvili (77. Asadbek Sobirjonov 65), 32.Zoran Marushich (11.Islom Kenjaboev 86).

Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 4. Boyan Siger, 17. Ehsoni Panshanbe, 64.Muzaffar Mo'minov, 99.Andrey Sidorov.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. O'YIN YAKUNLANDI! "Paxtakor" kichik g'alaba evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. 


90+1. Xojimat Erkinov o'rniga Sardor Rashidov maydonga tushdi. 


90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 


90. Aziz Turg'unboev o'rniga SHerzod Azamov maydonga tushdi. 


88. Farrux Sayfievga sariq kartochka. 


86. "Navbahor"da ikkita o'zgarish. Jamshid Boltaboev o'rniga Ibrohim G'anixonov, Zoran Marushich o'rniga Islom Kenjaboev o'yinni tugatib qo'yadi. 




83. GOOOL! CHeran! CHap qanotda Hojimat Erkinov chiroyli harakatlari bilan jarima maydonchasi ichiga kirdi va to'pni SHarkichga uzatdi. O'z navbatida SHarkich to'pni CHeranga oshirdi. Dragan esa mo'ljalda adashmadi - 1:0!


82. Nurillo To'xtasinovdan chap oyoqdagi zarba. Noaniq. 


80. Mirjahon Mirahmadov o'rniga Oliver SHarkich maydonga tushdi.


79. Jamoalar ketma-ket hujum tashkil etishmoqda. 


75. Jamshid Boltaboev Sobirxo'jaevga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 


73. Jamshid Iskanderov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. 


69. Hamrobekovning uzoqdan bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi. 


66. "Paxtakor" futbolchilari xavfli hujum tashkil qilishgandi. Ammo yakuniy zarbani beruvchi futbolchi topilmadi. 


64. "Navbahor" safida Azim Ahmedov va Elguja Grigalashvili o'rniga Nurillo To'xtasinov va Asadbek Sobirjonov maydonga tushirildi. 


61. "Navbahor" qarshi hujumga o'tdi. CHap qanotdan Grigalashvili oldinga o'tgandi. Raqib himoyachilari to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. 

61. Aziz Turg'unboevning zarbasini O'tkir Yusupov bartaraf etdi. 


60. O'yin davom etadi. Haqiqatdan ham penalti yo'q edi nazarimizda. 


59. VARga murojaat qilindi. Sayfievning yiqilgan vaziyatini hakam ko'rib chiqmoqda. 


58. Farrux Sayfiev raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ammo hakam o'yinni davom ettirish kerakligini aytdi. To'g'ri qaror.


55. Jokichning chap oyoqda bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. Aks holda bu zarba Suyunovga muammo tug'irishi aniq edi. 


50. Turg'unboevning chamasi 25 metrdan bergan zarbasi noaniq.


46. Ikkinchi bo'limga start berildi. To'pni "Paxtakor" futbolchilari o'yinga kiritishdi.  


TANAFFUS


BIRINCHI BO'LIM TUGADI.


45. Azim Ahmedov jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi. 


43. CHeranning zarbasi to'g'ri O'tkir Yusupovning qo'liga borib tushdi. 

35. "Paxtakor" futbolchilarining hujumi Alijonovning noaniq pasi bilan yakunlandi. 


32. Mezbonlar burchak zarbasidan foydalana olishmadi. 

29. Davron Hoshimov maydon markazida CHeranni to'xtatib qoldi. Taktik fol. 


25. "Paxtakor" futbolchilaridan juda-juda noaniq zarba. 


17. Qanot tomonda keskinlik. Aziz Turg'unboev va Davron Hoshimov o'rtasida kichik janjal yuzaga keldi. 

13. Endi "Navbahor"dan hujum. Bu safar Boltaboevning zarbasi noaniq. 


12.  "Paxtakor"dan hujum. O'ng qanotdan etkazib berilgan to'p Mirahmadovning kuchsiz zarbasi bilan yakunlandi.  


9. Iskanderovning bergan zarbasi jonli devorga tegdi.


8. Grigalashviliga nisbatan jarima maydonchasiga yaqin joyda qo'pollik ishlatishdi. "Navbahor" jarima zarbasiga ega bo'ldi. 

4. "Navbahor" futbolchilari ham oldinga o'tishdi. Ammo "lochinlar"ning dastlabki hujumi samarasiz yakunlandi. 


3. Hojimat Erkinov ajoyib reyd uyushtirdi. Ushbu vaziyatda mehmonlar posboni to'pni qaytarib qoldi. 


1. Uchrashuv boshlandi. Bahsni mehmonlar boshlab berishdi. 


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 


Eshitdikda: "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi hakamlari OFK nazoratida bo'ladi

 "Paxtakor" - "Navbahor". Mehmonlar stadionga etib kelishdi


 "Paxtakor" - "Navbahor". Mezbonlar stadionga etib kelishdi


- O'yin soat 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +32   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика