So’nggi yangiliklar

09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0 09:23Мбаппе Ямалнинг шахсий ҳаётига аралашётганларга мурожаат қилди  4 08:55Футзал. 3-турнинг марказий учрашувида йирик ҳисоб қайд этилди  0 08:27Элдор Шомуродов:"Ҳамма ҳам хато қилади"  5 07:59Каннаваро дебюти омадли чиққан Ўзбекистон - Қувайт учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  11 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  1 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  3 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0

Superliga. "Paxtakor" "Toshkent derbisi"da "Bunyodkor"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" "Toshkent derbisi"da "Bunyodkor"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Superliga 13-turidan o'rin olgan bahs tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Superliga

13-tur

Paxtakor

Dragan CHeran - 8'

Superliga. 13-tur

27/06/2024, 20:00

0
:
1
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
8'  Dragan CHeran
8'  Xozhiakbar Alizhonov
56'  Sardor Sobirxo’jayev
69'  Doniyor Abdumannopov (Muhammadali Usmonov)
80'  Xozhiakbar Alizhonov (Muhammadrasul Abdumajidov)
68'  Toni Yovich (Muzaffar Olimjonov)
87'  Ollobergan Karimov (Rasul Yo'ldoshev)

"Paxtakor" – "Bunyodkor" 1:0 

27 iyun. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20:00

Gol: Dragan CHeran (Hojiakbar Alijonov) 8'

Bosh hakam: Xushnud Suyunboev

Qanot hakamlari: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

VAR: Davron Akmalov

AVAR: Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Qudrat Madraimov

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 2.Behruz Asqarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov (55.Muhammadrasul Abdumajidov, 80),  8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 33.Doniyor Abdumannopov (31.Muhammadali Usmonov, 69).

Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 15.Diyorbek Ortiqboev, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 19.Sunnatilla Poyonov, 20.Dilshod Abdullaev, 80.Behruz O'ktamov, 99.Abbos Ergashboev.

"Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 4.Najmiddin Normurodov (19.Bilol Tupliev, 83), 5.Momchilo Rasho, 7.Suhrob Izzatov, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 17.Ollobergan Karimov (10.Rasul Yo'ldoshev, 87), 22.Usmonali Ismonaliev, 57.Amir To'raqulov, 66.Azizbek To'lqinbekov, 78.Toxir To'xtasinov, 92.Toni Yovich (77.Muzaffar Olimjonov, 68).

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 9.Umid Sultonov, 16.Alijon Bekmurotov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 37.Diyor Odiljonov, 45.Farhod O'tkurov.

OgohlantirishlarSardor Sobirxo'jaev (56), Amir To'raqulov (84).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Zarbaaa! "Bunyodkor" vakilining zarbasi to'g'ri Marin Lyubichning qo'llariga borib tushdi. 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi. 

87. "Bunyodkor"da almashtirish: Karimov o'rniga Yo'ldoshev bahsni tugatib qo'yadi. 

84. Amir To'raqulov qo'polligi uchun ogohlantirildi. 

80. "Paxtakor"da o'zgarish: Alijonov o'rniga Abdumajidov o'yinga qo'shildi. 

79. Diyor Xolmatov Amir To'raqulov bilan tortishib ketdi. Bosh hakkam "sherlar" vakilini og'zaki ogohlantirdi. 

77. Usmonali Ismonaliev Hojiakbar Alijonovni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. 

73. Zarbaaa! Temurxo'ja Abduxoliqovning bosh bilan bergan zarbasi aniq chiqmadi. 

71. Behruz Asqarovga maydonda tibbiy yordam ko'rsatildi, u birozdan keyin maydonga qaytadi. 

69. "Paxtakor"da almashtirish: Abdumannopov o'rniga Usmonov o'yinga qo'shildi. 

68. "Bunyodkor"da o'zgarish: Yovich o'rniga Olimjonov tushirildi. 

65. Zarbaaa! Umar Adhamzodaning uzoqdan bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

64. "Bunyodkor" yaxshi kombinaciya hosil qildi, biroq baribir yakunda to'p maydondan chiqib ketdi, to'n yon chiziqdan o'yinga kiritiladi. 

62. Dragan CHeran himoyachilarga yordamga qaytib, to'pni boshi bilan uzoqlashtirdi. 

61. "Bunyodkor" vakili orqali qanotdan kelgan to'pni Alijonov maydon tashqarisiga tepib yubordi.

56. Sardor Sobirxo'jaev Temurxo'ja Abduxoliqovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

54. Usmonali Ismonalievning ichkariga uzatgan pasidan keyin himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. 

48. "Paxtakor" ikkinchi taymni hamxuddi birinchi bo'limdagidek ancha faol boshladi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!

45+1. Uuux! Ismonali Ismonaliev to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ymoqchi bo'ldi, ammo to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi.  

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

43. Zarbaaa! Toni Yovichning kuchli va xavfli zarbasi manzilga aniq bormadi.  

37. Qanotdan oshirib berilgan to'pni Vladimir Nazarov ushlay olmadi. Keyin esa CHeran va Alijonov bir-birlariga xalaqit qilib qolishdi... voqeadan so'ng "sherlar" sardori darvozabonga dakki berdi.  

35. Zarba! SHahzod Azmiddinovning olisdan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

32. Umar Adhamzodaning aylanma uzatmasidan so'ng to'p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi. 

27. Uuuux! Temurxo'ja Abduxoliqov katta tezlikda oldinga borib, darvozabon bilan birga-bir holatga chiqdi va zarba yo'lladi. Nazarov jamoasini goldan qutqarib qoldi. 

25. Issiq ob-havo sharoiti tufayli "Cooling break" elon qilindi – futbolchilar suv ichib olishlari mumkin. 

19. Zarbaaa! Hamdamovning uzatmasidan keyin Asqarov bosh bilan zarba berdi, zarbaga sal aniqlik etishmadi. 

18. Zarba! Dragan CHeran olis masofadan darvozani ishg'ol qilishga urindi, noaniq. 

17. Sardor Sobirxo'jaev - Doston Hamdamov - Dragan CHeran kombinaciyasi serbiyalik hujumchining kuchsiz zarbasi bilan yakun topdi. 

13. GOL! Usmonali Ismonaliev pala-partish holatdan so'ng gol urgandi, ammo u ofsaydda qolgan ekan. 

11. Uuux! Xavfli vaziyat! Alijonovning pasidan keyin yana CHeran bosh bilan zarba berdi! 

8. GOL! Hojiakbar Alijonovning uzatmasidan so'ng Dragan CHeran bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:0! 

7. Zarbaaa! Hojiakbar Alijonovning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib, maydondan chiqib ketdi. 

6. Hojiakbar Alijonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Marin Lyubich to'pga ega chiqdi. 

1. Zarbaaaa! Usmonali Ismonalievning yaqin masofadan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. 

1. Bahs boshlandi! 

- Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика