Superliga. Oy murabbiyi - Mirjalol Qosimov
06 avg 2020 18:01
Yangiliklar
Superliga. Oy murabbiyi - Mirjalol Qosimov
Ushbu oyda o'tkazilgan 3ta turdan kelib chiqib oyning eng yaxshi murabbiyi deb AGMK klubi ustozi Mirjalol Qosimov tan olindi. Olmaliqliklar iyuldagi uchta bellashuvning ikkitasida "Nasaf" va "Qo'qon-1912"ni mag'lub etishdi hamda Toshkentda musobaqa peshqadami, amaldagi chempion "Paxtakor" bilan durang o'ynashdi.
AGMK 9-turdan so'ng peshqadamdan bir ochko kam jamg'argan holda turnir jadvalida ikkinchi pog'onada bormoqda. Ayni paytda Qosimov jamoasi bu mavsum umuman yutqazmagan yagona klub va chempionatda eng kam gol o'tkazgan ikki klubdan biri bo'lib turibdi.
SHu tariqa, Mirjalol Qosimov championat.asia talqiniga ko'ra iyul oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
AGMKning iyul oyida o'tkazgan o'yinlari:
Coca Cola Superligasi, 7-tur
AGMK - "Nasaf" 2:1
Coca Cola Superligasi, 8-tur
AGMK - "Qo'qon-1912" 2:1
Coca Cola Superligasi, 9-tur
"Paxtakor" - AGMK 2:2
Eslatib o'tamiz, iyun oyida ham Qosimov eng yaxshi murabbiy bo'lgan edi.
Fikrlar