So’nggi yangiliklar

22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  1 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  2 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  31 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  43 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  23 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1

Superliga. "So'g'diyona" "Olimpik" ustidan tarixiy g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" "Olimpik" ustidan tarixiy g'alabaga erishdi

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Superliga, 16-tur
"Olimpik" - "So'g'diyona" 0:1 
15.08.2024. 20:15
"Jar" stadioni, Toshkent
Bosh hakam: Nikita Mustafin
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Nikita Afinagenov
Zaxira hakami: Zokir Sapoev
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Anvar Marajabov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: Vladimir Yovovich 64, - 0:1 (Xondamir Mustafoqulov).

"Olimpik": 99.Edem Nemanov, 8.Nodir Abdixoliqov, 10.Farruh Muxtorov (16.Rian Islamov, 80), 15.Muhsin Bozorov (11.Anvar Alijonov, 58), 22.SHahzod Toirov, 19.Ahmad Anvarov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 44.SHerzod Komilov (9.Akbar O'ktamov, 58), 64.Samandar Qodirov (17.Jaloliddin Sodiqov, 58), 70.Muhammadbobur Mo'ydinov (29.Ulug'bek SHaripov, 82), 77.Sunnatilla Abdullajonov.
Zaxira: 32.Jahongir Bo'riev, 2.Mirkomil Abdurazzoqov, 5.Maqsud Aloxo'jaev, 28.Rustam Jahonov.

"So'g'diyona"  21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Axadov, 8.Vladimir Yovovich (17.Samandar Sindarov, 81), 15.Xondamir Mustafoqulov, 22.Aleksey Nosko (6.Alisher Salimov, 62), 28.Stanislav Andreev (7.Muhammadsafo Fozilov, 77), 32.Nodirjon Soyibov, 33.Oleg Zoteev, 68.Sardorbek Hoshimov (14.Lyupche Doriev, 46), 99.Umidbek Sultonov
Zaxira: 1.SHoxrux Isoqov, 2.Sardor Qulmatov, 11.Zoran Petrovich, 23.Suxrob Izzatov, 82.Fazliddin Omonkeldiev.

Ogohlantirishlar: Aleksey Nosko 24, Umidbek Sultonov 42, Muhsin Bozorov 45+4, Ivan Boshkovich 70, Rian Islamov 88.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+13. O'YIN TUGADI! "So'g'diyona" o'z tarixida ilk bor "Olimpik"ni mag'lub etishga erishdi

90+11. ZARBAAAAA! Toirovning zarbasi! Sobirov "So'g'diyona"ni muqarrar goldan qutqardi! 

90+10. VAR orqali penalti bekor qilindi, jarima zarbasi ekan

90+8. PENALTI! "So'g'diyona" darvozasi tomon! VAR eshitilmoqda 

90+7. Ogohlantirish. "Olimpik" bosh murabbiyi Denis Korostichenkoga

90+5. ZARBAAAAA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Abdullajonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq chiqdi! 

90. Uchrashuvga 8 daqiqa qo'shib berildi

88. Ogohlantirish. "Olimpik". Rian Islamov

82. O'zgarish. "Olimpik". Mo'ydinov o'rniga SHaripov tushdi

81. O'zgarish. "So'g'diyona". Yovovich o'rniga Sindarov tushdi

80. O'zgarish. "Olimpik". Muxtorov o'rniga Islamov tushdi

77. O'zgarish. "So'g'diyona". Andreev o'rniga Fozilov tushdi

72. Xavfli vaziyat! Doriev, Zoteev va Soyibovning ketma-ket zarbalaridan keyin to'p darvozaga kirmadi! 

70. Ogohlantirish. "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi

64. GOL! VLADIMIR YOVOVICH! 0:1. Mustafoqulov bilan "devor" uslubida o'ynagan Yovovich to'pni Nemanovning ustidan tashlab qo'ydi!

62. O'zgarish. "So'g'diyona". Nosko o'rniga Salimov tushdi

60. ZARBAAA! "Olimpik"ning hujumi, Anvar Alijonovning o'ng qanotdan tashkil etgan reydini Abdullajonov kuchli zarba bilan tugatdi, to'p ustunga tegib maydonni tark etdi!

58. O'zgarishlar. "Olimpik". Komilov, Bozorov va Qodirov o'rniga O'ktamov, Alijonov va Sodiqov tushdi

55. Ikkinchi taym boshi juda sokin tarzda o'tmoqda, tomonlar xavfli vaziyatlar yaratishmadi 

51. Lyupche Doriev jarima maydoniga kirib zarba berishga urindi, himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "So'g'diyona". Hoshimov o'rniga Doriev tushdi



45+5. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45+4. Ogohlantirish. "Olimpik". Muhsin Bozorov

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi

42. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Umidbek Sultonov

41. ZARBAAA! Yovovichning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin himoyachi to'pni qaytardi!

40. ZARBAAAAAA! Otabek Ahadov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq

39. ZARBA! "Olimpik" darvozaboni qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Hoshimov bu "sovg'a"dan foydalana olmadi, uning zarbasi juda noaniq ketdi

39. "Olimpik"da jarima to'pi, darvozaga yo'llangan zarbadan keyin Sobirov to'pni egallab oldi!

30. ZARBAAAAAAAA! Abdullajonov chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi! Qaytgan to'pni Komilov darvozaga yo'lladi, noaniq! 

29. ZARBA! "Olimpik" himoyachilarining xatosidan keyin Hoshimov birga bir vaziyatdan noaniq zarba berdi!

24. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Aleksey Nosko

21. Xavfli vaziyat! Yovovich o'ng qanotdan to'pni darvoza qarshisida turgan sheriklariga uzatdi, Anvarov to'pni to'xtatdi, Mo'ydinov to'pni uzoqlashtirdi

20. ZARBA! Muxtorovning 25 metrlardan yo'llagan zarbasidan keyin Sobirov to'pni qaytardi!

15. XAVFLI VAZIYAT! ZARBAAAA! "So'g'diyona"dan qarshi hujum, Umidbek Sultonov birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba erdi, Edem Nemanovdan ajoyib seyv!

14. ZARBA! "Olimpik"ning navbatdagi hujumi, Abdullajonovning tezkor harakatlari va zarbasi, noaniq!

9. ZARBAAA! "So'g'diyona"da jarima to'pi, Yovovich uzatgan to'pni Soyibov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, Nemanovdan chiroyli seyv!

2. ZARBAAA! "Olimpik"ning hujumi, Sunnatilla Abdullajonovning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Sobirov jamoasini goldan qutqardi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика