So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  11 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Superliga. "Bunyodkor" bir kishi kam bo'lib, so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Olimpik" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" bir kishi kam bo'lib, so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Olimpik" bilan durang o'ynadi

Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi bahs - "Olimpik" - "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

22-tur

21 oktyabr, shanba

Toshkent. "Jar" stadioni. 16:00

OLIMPIK – BUNYODKOR 1:1

Gollar: Jasur Jaloliddinov 29', Davron Ergashev 88'

Hakamlar: Aziz Asimov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Mamurjon Ilhomov 

VAR hakami: Asker Najafaliev 

AVAR: Aleksandr Sidorov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Qudrat Madraimov

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odilbek Abdumajidov, 7.Ibrohim Ibragimov (8.Nodir Abdixoliqov 75'), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (9.SHahzod Akramov 67'), 14.Eldor Begimov, 17.Timur Mamasidiqov (10.Farruh Muxtorov 75'), 23.Abdurauf Bo'riev (44.Asadbek Rahimjonov 86'), 29.Aleksandr Zevadinov, 30.Jasurbek Jaloliddinov (77.SHerzod Esanov 67'), 37.Alisher Odilov.

Zaxira: 99.Edem Nemanov, 5.Javohir O'tamurodov, 18.Sardor Mahmudov, 21.Saidafzalxon Axrorov.

"Bunyodkor": 71.Sarvar Karimov, 2.Aleksey Nosko (10.Rasul Yo'ldoshev 46'), 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 4.Davronjon Ergashev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.SHohruh Abdurahmonov, 9.Farruh Ikromov (99.Umidbek Sultonov 68'), 11.Igor Ivanovich (22.Usmonali Ismonaliev 68'), 15.Jasurbek Hakimov (30.Vellington da Silva Taira 72'), 19.Bilol Tupliev (29.Muzaffar Olimjonov 12'), 34.Suhrob Izzatov.

Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 20.Tohirbek To'xtasinov, 45.Farhod O'tkurov, 90.Ikrom Erkinov.

Ogohlantirishlar: Abdurauf Bo'riev 21', Rasul Yo'ldoshev 63', Ibrohim Ibragimov 71'

CHetlatish: Suhrob Izzatov 8' 


90+5. O'yin yakunlandi!

90+3. Maydon egalari hujumlarga zo'r berishmoqda.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOL! "Bunyodkor" hisobni tenglashtirdi! Davron Ergashev gol muallifi. 

87. Rasul Yo'ldoshevning jarima zarbasidan tepgan to'pini Abdunabiev qaytardi.

84. Nodirbek Abdixoliqovning zarbasi ham rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

82. Alisher Odilovning zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

78. Davron Ergashevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi!

68. Har ikki jamoa safida ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.

67. Ibragimovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

64. "Olimpik" jamoasi jarima maydonchasi ichida mezbonlar futbolchisinin qo'liga to'p tegdi, holat VAR orqali ko'rib chiqildi, penalti belgilanmadi.

61. O'yin tempi yomon emas, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.

56. Otabek Jo'raqo'ziev o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi, biroq ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etilgani malum bo'ldi.

54. Avazbek O'lmasalievning darvozaga bergan zarbasi jonli devordan nariga o'tmadi.

53. Mehmonlar o'yinning ikkinchi qismini faol boshlashdi. Jarima zarbasi ishlab olishdi, xavfli nuqta.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

42. Olimjonov o'ng qanotdan oldinga katta tezlikda o'tdi, to'pni markazroqqa - Noskoga uzatdi, uning darvoza tomon yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi!

40. Hammasi joyida, uchrashuv davom etadi.

38. Ibrohim Ibragimov ushbu holatda yiqildi, hakam holatni VAR orqali ko'rib chiqmoqda.

35. Jasur Jaloliddinov o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va to'pni uzatdi, Ibrohim Ibragimovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga egalik qilgan mezbon futbolchilari darvozaga zarba bera olishmadi.

31. "Olimpik" yanada faollashmoqda gol urib olgach.

29. GOL! Jasur Jaloliddinov penaltini aniq amalga oshirdi!

27. Penalti! Jasur Jaloliddinovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, bosh hakam "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgiladi. 

24. "Bunyodkor" bir kishi kam bo'lishiga qaramasdan hujumlar uyushtirishga intilmoqda, biroq hozir ular xavfli tus olmayapti. 

17. Mamasiddiqovning havolatib bergan uzatmasini Odil Abdumajidov darvozaga yo'llay bilmadi.

15. Maydon egalari anchagina faol. Jamoa kombinacion hujumlar uyushtirishga harakat qilmoqda.

8. Suhrob Izzatov mezbonlar futbolchisi Timur Mamasidiqovga qarshi qo'pol o'ynadi. Hakam dastlab sariq kartochka ko'rsatdi mehmonlar futbolchisiga. Holat VAR orqali ko'rib chiqildi va yakunda Izzatovga qizil kartochka ko'rsatildi.

1. Ilk daqiqalardanoq mezbonlar oldinga o'tishdi, biroq hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv 16:00 da boshlanadi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика