So’nggi yangiliklar

07:30Расмий хабар: "Шўртан" Ўзбекистон чемпиони ва икки нафар дарвозабон билан шартнома имзолади   0 02:39А Серия. "Интер" "Жузеппе Меацца"да "Эмполи"дан устун келди  1 00:29Сульшер "Бешиктош"да қанча ҳақ олади?  1 23:25АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ипсвич Таун"ни тор-мор этди  25 23:20БАА/Қатар Суперкубоги финали. Эркинов ва "Ал Ваҳда" Challenge Cup'ни қўлга киритди  2 22:43Дани Ольмо жароҳат олди  2 22:13Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Лас-Пальмас"ни мағлуб этиб, жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  112 22:10Назорат ўйини. "Нефтчи" Косово жамоаси билан дуранг ўйнади  9 21:48Ўртоқлик ўйини. ОКМК ва ЦСКА ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  8 21:05АПЛ. МЮ ўз уйида мағлубиятга учради, "Ноттингем Форест" яна 3 очко қўлга киритди, "Эвертон" эса "Тоттенхэм"дан устун келди  28 20:27Туркманистонга 5та гол урган Мафтуна Шойимова: "Бу фаолиятимдаги энг зўр ўйин эмас"  0 20:01Эшитдик-да! "Турон"да ўйнаган легионер футболчи Суперлигага қайтяпти  2 19:50ОК-2025 саралаши. Мафтуна Шойимованинг бенефисига айланган баҳсда вакилларимиз Туркманистонни мағлуб этди ва Осиё Кубоги "чипта"сини қўлга киритишди  23 19:40"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 18:58Гвардиола Ҳоланднинг профессионаллигини юқори баҳолайди  2

Superliga. "OKMK" - "Qizilqum" (PREVYU) Yangiliklar

Superliga. "OKMK" - "Qizilqum" (PREVYU)

Bugun Toshkentda "OKMK" - "Qizilqum" bahsi bilan 9 tur o'yinlariga yakun yasaladi.

Mavsum bir tekisda o'tkaza olmayotgan ikki jamoaning uchrashuvi qiziq kechishi aniq. 

 

Jamoalarning holati va natijalar 

Olmaliqliklar mavsumni yaxshi boshlashdi ammo, kerak bo'lmagan va kutilmagan uchrashuvlarda ochko yo'qotishi jamoaning jadvalda egallab turgan o'rnini ko'rsatib turibdi. Qosimov shogirdlari joriy mavsum Superliga doirasida 7ta uchrashuvda: 3ta g'alaba, 1ta durang va 3 marotaba mag'lub bo'lishdi. Musobaqa favoritlaridan biri "Navbahor"ni mag'lub etgan "OKMK", so'ngi turda amaldagi chempion "Paxtakor"ga alamli tarzda mag'lub bo'ldi. "OKMK" uchun noxush ananaga aylanib borayotgan "Metallurg" bilan uchrashuvda esa jamoa yana mag'lub bo'ldi hisob 2:0 va mavsum boshida "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyat jamoaning natijalariga ancha katta tasir o'tkazdi. "OKMK" musobaqa jadvalida yo'qori o'rinlarda emasligini bir chetga surib, o'yin suratini va tarkibga ko'z tashlaydigan bo'lsak, jamoa chempionatimizdagi eng yorqin va eng yaxshi tarkibga ega jamoalardan biri. "OKMK" ishtirokidagi o'yinlarni ko'rgan muxlis zerikib qolmasligi aniq. 

"Qizilqum" jamoasi esa mavsumni yaxshi boshlay olmadi va joriy mavsum superligani tark etish uchun asosiy davogarlardan biri. Jamoa 9chi turga qadar bor yo'g'i 1ta g'alaba va 2ta durang qayd etdi va musobaqa jadvalida 13 pog'onani egallab turibdi. Bunday natijalarning sababi esa jamoaning qishki transferlar oynasida etarlicha "aktiv" bo'lmagani, "Qizilqum" joriy mavsumdagi milliy chempionatimizdagi eng kuchsiz tarkibga ega bo'lgan jamoa. "Qizilqum" jamoasi joriy mavsum superligada bor yo'g'i 3ta gol urdi va ushbu ko'rsatkichning o'zi jamoadagi o'yin jihatida kamchiliklar borligini anglatadi. Jamoa natijalari tez orada yaxshilanmasa jamoa bosh murabbiyi Asror Aliqulov istefoga chiqarilishi aniq. 

 

O'zaro o'yinlar 

"OKMK" va "Qizilqum" jamoalari o'z tarixida milliy chempionatimiz doirasida jami 32 marotaba to'qnash kelishgan, 32ta uchrashuvning 14tasida Olmaliqliklar g'alaba qozongan bo'lsa, 13 marotaba "Qizilqum" uch ochkoni qo'lga kiritgan va jamoalar 5 marta murosa ko'chasini tanlashgan. "OKMK" navoiyliklar darvozasini 54 marta ishg'ol etgan bo'lsa, "Qizilqum" esa 44 marotaba javob qaytara olgan. 

 

So'ngi uchrashuvlar 

2022.08.10
"OKMK" 0:1 "Qizilqum"
Gol
: 9" Tolmasov
CHetlatish: 54" Stanisavlevich 


2022.05.11
"Qizilqum" 1:4 "OKMK"
Gollar
: 45" Boake, 54" Raxmonov, 55" Komolafe, 83" Haqnazariy, 90" G'iyosov(penalti) 

2021.09.21 
"Qizilqum" 0:0 OKMK 

2021.06.21 
OKMK 1:2 "Qizilqum"
Gollar
: 29" Grigalashvili, 34" Yo'ldoshev, 46" Boydullaev 

2020.09.26 
OKMK 2:1 "Qizilqum"
Gollar: 11" Sanaev, 68" Jokich, 90" Polvonov 

 

Ustunlik va kamchiliklar 

"OKMK" jamoasining joriy mavsum superliga klublari orasida eng sifatli o'yin namoyish etayotgan jamoalardan biri. Jamoa har bir uchrashuvda o'rtacha raqib darvozasi tomon 8,6ta aniq zarba yo'llaydi. "OKMK"ning yana bir ustunlik jihati bu tarkib. Jamoa tajribali futbolchilardan tashkil topgan va har bir poziciyada raqobat bor. Qosimov shogirdlari tarkib bo'yicha ham superliganing "top" jamoalar ro'yxatiga qiradi. "OKMK"ning kuchsiz jihatlariga keladigan bo'lsak, ushbu mavsum "OKMK"da himoya bo'yicha muammolar bor. Jamoa faqatgina "Olimpik"ga qarshi kechgan uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan, olmaliqliklar joriy mavsum 11ta gol urishga erishgan bo'lsa, 11 marotaba to'p o'tkazib yuborgan. Jamoada darvozabonlar ham "stabil" emas Valijon Rahimov va Botirali Ergashev kabi tajribali darvozabonlar joriy mavsum o'z darajasidagi o'yinni namoyish eta olishmayotgandek guyo. 

"Qizilqum" jamoasini ligada jon saqlash uchun kurashar ekan, jamoa muammolar girdobida qolib ketgan. "Qizilqum" joriy mavsum eng kam gol urgan jamoa hisoblanadi, 8ta uchrashuvda navoiyliklar bor yo'g'i 3 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etishgan. Jamoaning asosiy kamchiligi bu tarkib. Qishki transferlar oynasida navoiyliklar, o'tgan mavsum jamoani tark etgan futbolchilar o'rnini to'ldirishmadi. Amalga oshirilgan transferlar esa hozircha o'zini oqlamayapti. Qishda jamoani tark etgan: Temurxo'ja Abduholiqov, Oleg Zoteev, Aleksandr Stanisavlevich, Ignatiy Nesterov, SHuhrat Muxammadiev, Sanjar

SHoahmedovlarning o'rnini bosa oladigan futbolchi topilmadi va shu sabab jamoa musobaqa jadvalining so'ngi pog'onalarida bormoqda. 

Xulosa 

Bugungi uchrashuvda yaqqol favorit "OKMK", olmaliqliklar kuchli beshlikni taqib qilishda davom etishmoqchi va bugungi uchrashuvdagi uch ochko, Qosimov shogirdlariga musobaqa jadvalidagi "lider"lar bilan bo'lgan farqni qisqartirishga yordam beradi. "Qizilqum"ning imkoniyatlari juda past, jamoaga faqatgina qizil kartochka yoki raqib jamoaning asosiy futbolchilarining jarohat olishi yordam berishi mumkin xolos. "Qizilqum" bugungi uchrashuvda o'z darvozasidan kamida 3ta to'p olib chiqadi. 

 Imkoniyatlar: 70%:30% "OKMK" foydasiga.


Abdulvosit Bektemirov tayyoladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика