So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  25 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Coca Cola Superligasi. "Neftchi" OKMK darvozasiga so'nggi daqiqalarda gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Neftchi" OKMK darvozasiga so'nggi daqiqalarda gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Coca Cola Superligasi 17-turidan joy olgan OKMK – "Neftchi" bahsi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

17-tur

OKMK – "Neftchi" 1:1

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 18:30

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Akmal Rahimov

VAR: Rustam Lutfulin

AVAR: Rishat Nugmanov

Nazoratchi: Viktor Serazetdinov

Komissar: SHerzod Rajabov

Gol: 1:0 — 42 (pen.), Xurshid G'iyosov, 1:1 — 88, Muhsinjon Ubaydullaev.

OKMK: 1.Botirali Ergashev, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (15.Oybek Rustamov, 69), 5.Anzur Ismoilov, 8.Abdulla Abdullaev, 9.Ruben Sanches, 10.Xurshid G'iyosov, 17.Sanjar Tursunov (s), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 27.Martin Boake (88.Siyavash Xaqnazariy, 69)

Zaxira: 12.Dilshodbek Yoqubov, 25.Valijon Rahimov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 19.Muhammadanas Hasanov, 29.Vitaliy Denisov, 34.Ulug'bek Sunnatov.

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo'raboev, 7.Umar Adhamzoda (5.Tomislav Mrchela, 90+4), 8.SHarof Muhitdinov, 9.Ulug'bek Hoshimov (40.Bachana Arabuli, 46), 13.Lutfulla To'raev (23.Diyorjon Turopov, 46), 19.Mirzohid G'ofurov (70.Abbosjon G'ulomov, 68), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Giorgi Nikabadze, 24.G'ulom Haydar Gulyamov.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 3.Nodirxon Nematxonov, 26.Oleysey Larin, 28.Fozil Musaev, 77.Biloljon Toshmirzaev.

Ogohlantirish: Ruben Sanches (13), Umar Adhamzoda (28), Lutfulla To'raev (40), Islom To'xtaxo'jaev (53)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Siavash raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

88. GOL! Muhsinjon Ubaydullaev burchakdan uzatmadagn keyin epchillik bilan harakat qilib, hisobni tenglashtirdi! 

80. Xavfli vaziyat! "Neftchi" futbolchisining zarbasini To'xtaxo'jaev ko'kragi bilan qaytardi.

Burchak zarbasi: 2-6

76. "Neftchi"da xavfli hujum tashkillashtirildi. Abdulla Abdullaev so'nggi pasni qaytardi.

Zarbalar borasida ko'rsatkich: 3-3

73. Zaxirada o'yinni tomosha qilayotgan Vitaliy Denisov operator uni tasvirga olayotganini ko'rib, jilmayib qo'ydi.

72. Tursunovning zarbasi o'ta noaniq ko'rin oldi.

68. To'ropovga juda qulay vaziyatda chaqqonlik etishmadi.

67. Adhamzodaning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi, OKMK posboni to'pni xotirjam egallab oldi.

65. Farg'onaliklarning yana bir burchak zarbasini Ergashev qaytardi. Burchak zarbasi amalga oshirish bo'yicha ko'rsatkich: 1-4

63. Ubaydullaevning zarbasi o'z sherigiga tegib, maydonni tark etdi. Mehmonlar yaxshi hujum tashkil etishdi.

To'p nazorati (%): 40-60

59. Botirali Ergashevga nisbatan qoibdabuzarlik sodir etildi deb topildi.

Qizil "Otmen" oyoq sinmasa hisob emas!  — "Neftchi" Telegram sahifasidan.

VARni ko'rgan hakam To'xtajo'jaevga ko'rsatgan qizil kartochkani bekor qildi va himoyachini ogohlantirdi.

53. Mirzohid G'ofurov nisbatan qo'pollik ishlatgan Islom To'xtaxo'jaevga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi. VAR vaziyatga aralashdi.

Uchrashuvni stadiondan bevosita O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srecko Katanec kuzatib bormoqda.

50. Komilovga nishbatan qo'pollik ishlatildi. Qoidabuzarliklar: 6-6

49. Sanchesga nisbatan fol ishlatildi.

48. Abdullaev qoida buzmasdan raqibdan to'p olib qo'ydi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Mehmonlar tarkibida ikki o'zgarish yuz berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. Lutfulla To'raevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u Boake bilan to'qnashib ketdi.

45. Ulug'bek Hoshimovning goli inobatga olinmadi. "Neftchi" hujumchisi ofsaydda qolgan ekan.  Biroq OKMK posboni to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi. 

42. GOL! G'iyosov 11 metrli nuqtadan "Neftchi" darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi! 

42. "Neftchi" muxlislari maydonga teskari holatda turishibdi.

40. Penalti! Raqibga fol ishlatgan Lutfulla To'raev esa ogohlantirildi.

37. Tursunov raqib jarima maydonida yiqildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Hakam esa VARni kuzatmoqda.

35. Qoidabuzarliklar borasidagi ko'rsatkich: 5-2

34. Tursunov katta tezlikda raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq raqib himoyachilari to'pni qaytardi.

32. Qosimovning o'yini qovushmayapti. Yarim himoyachi Adhamzodaga nisbatan qoida buzdi. Menimcha, ikkinchi bo'limda Siyavashni ko'rsak, jamoasi uchun foydadan holi bo'lmasdi.

31. Nikabadze qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, ammo uning zarbasi kuchsiz bo'lgani tufayli raqib posboni to'pni osonlikcha egallab oldi.

29. Qosimovning noaniq uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

27. G'ofurovning uzatmasidan so'ng to'p mezbonlardan chiqib ketganday bo'ldi. Teskari qaror uchun etiroz bildirgan Adhamzoda esa ogohlantirildi.

26. To'xtaxo'jaev Nikabadzega nisbatan qo'pol o'ynadi va undan uzr so'radi.

25. Olmaliqliklar dastlabki burchak zarbasini ishlab oldi. Komilovning uzatmasini raqib posboni urib yubordi.

To'p nazorati (% hisobida): 44-56

22. Adhamzodaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U to'p uchun kurashda To'xtaxo'jaev bilan to'qnashib ketdi.

21. Burchakdan uzatmani Ismoilov bartaraf etdi, olisdan yo'llangan zarba esa noaniq ko'rinish oldi.

20. Muhiddinov burchak zarbasi ishlab oldi. Standart bo'yicha: 0-2

19. Qosimov to'p uchun kurashda raqibiga yutqazdi, jarima maydonchasi tomon uzatmani esa OKMK himoyachilari qaytardi.

16. "Neftchi"ning gruziyalik futbolchisi o'zidan to'pni olib qo'ygan Abdullaevga nisbatan fol ishlatdi.

15. Zoir Jo'raboev yana bir marotaba ajoyib harakat bilan qanotdan oldinga borayotgan Sanchesdan to'pni olib qo'ydi.

14. Botirali Ergashev o'z o'rnini tark etib, raqibning o'ng qanotdan tashkillashtirayotgan hujumini uzib qo'ydi.

13. Ruben Sanches ortiqcha xatti-harakati uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

11. Zoir Jo'raboev ajoyib harakat bilan Boakeni zararsizlantirdi. 

10. Qosimov to'pni yuqotdi, biroq sheriklari raqibni xato qilishga majbur etdi.

8. Farg'onaliklar xavfli vaziyat tashkillashtirdi. Hujum burchak zarbasi ishlanishi bilan yakunlandi. Standartni esa Ergashev qaytardi.

7. G'ofurov o'yindan tashqari holatda qolib  ketdi.

6. Adhamzoda G'iyosovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

1. Uchrashuv boshlandi deyishim bilanoq Sanchesni maydonda yotganini ko'rdim.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun mezbonlar to'q ko'k, mehmonlar sariq-qora libosda harakat qiladi.

Assalomu alaykum, qdrli futbol ishqibozlari! Bugun turning markaziy o'yinini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика