Superliga. Nesterov besh yuzlik dovonga yaqinlashdi
11 jan 2023 16:50
Yangiliklar
Superliga. Nesterov besh yuzlik dovonga yaqinlashdi
Terma jamoamizning sobi posboni ortda qolgan mavsumda "Qizilqum" sharafini himoya qilganini bilasiz.
39 yoshli golkiper Superligada 20ta uchrashuvda maydonga chiqib, ulardan 6tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Ignatiy Nesterov ayni paytda O'zbekiston chempionatlaridagi 493-o'yinini ham o'tkazishga ulgurdi. Bu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Umumiy ro'yxatda esa Nesterovdan yuqorida faqatgina 2 kishi bor: Anvar Berdiev (505) bilan Asror Aliqulov (520).
Fikrlar