So’nggi yangiliklar

12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  0 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  26 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  1 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  1 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  0 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  6 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  10 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   1 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  5 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  7 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  5 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  5

Superliga. "Neftchi" o'z uyida penaltidan urilgan gol evaziga "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" o'z uyida penaltidan urilgan gol evaziga "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakunlandi.

Coca-Cola Superliga. 1-tur

"Neftchi" – "Qo'qon-1912" 1:0

Gollar: SHahzodbek Ubaydullaev 89' (penalti orqali)

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Sanjar SHoyusupov, Aleksandr Sidorov, Lochinbek Dolimov

Nazoratchi: Temur Abdullaev

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistent: Maksim Nexochin

Komissar: SHerzod Rajabov


"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 7.Oybek Qilichev (6.Sirojiddin Qo'ziev 65'), 11.Izzatilla Abdullaev (46.SHahzodbek Ubaydullaev 75'), 13.Lutfulla To'raev (80.Aleksandr Eshich 41'), 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvarjon G'ofurov, 28.Daniel Stoykovich, 44.Darko Stanoevich, 70.Abbosjon G'ulomov (9.Sunnatulla Abdullajonov 65'), 77.Abrorbek Ismoilov, 99.Ulug'bek Hoshimov (31.Marko SHarich 65').

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 17.Abdulloh Olimov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Umar Adhamzoda.

"Qo'qon-1912": 1.Muzaffar Abdullaev, 8.Sanat SHixov (13.Sardorbek Azimov 46'), 10.Javohir Sidiqov, 11.Mo'minjon Meliev (18.SHahzodbek Nurmatov 75'), 14.Avazxon Mamatxo'jaev (27.Anvarjon Hojimirzaev 90+1'), 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 23.Aleksandr Merzlyakov (6.Dilshod Rahmatullaev 90+1'), 33.Ivan Yosovich, 70.Bilolxon Toshmirzaev (7.Jamshid Hasanov 77'), 77.Murod Xolmuhammedov.

Zaxira: 12.Nodirjon Ashurmatov, 21.Islomjon Abdullaev, 4.Ilhomjon Vahobov, 5.Slavko Lukich.

Ogohlantirishlar: Oybek Qilichev 17', Daniel Stoykovich 25', Ivan Yosovich 34, Oybek Rustamov 82', SHahzod Ubaydullaev 90+1'

Neftchi

Shahzod Ubaydullayev - 89'

Superliga. 1-tur

02/03/2022, 18:30

0
:
1
Tugadi

Qo’qon-1912

45'
90'
17'  Oybek Qilichev
25'  Daniel Stoykovich
41'  Lutfulla To’rayev (Aleksandar Yeshich)
65'  Oybek Qilichev (Sirojiddin Qo'ziyev)
65'  Abbos G'ulomov (Sunnatilla Abdullazhonov)
65'  Ulug'bek Hoshimov (Marko SHarich)
78'  Izzat Abdullaev (Shahzod Ubaydullayev)
89'  Shahzod Ubaydullayev
90'  Shahzod Ubaydullayev
46'  Sanat Shixov (Sardor Azimov)
77'  Bilol Toshmirzaev (Jamshid Hasanov)
78'  Mo'min Meliev (Shahzodbek Nurmatov)
83'  Oybek Rustamov


90+8. O'yin yakunlandi!

90+5. Uning bergan zarbasi noaniq ketdi.

90+5. "Neftchi" darvozasi tomon jarima zarbasi, to'p oldida Murod Xolmuhammedov.

90+1. SHahzodbek Ubaydullaev yana bir marta gol urdi, biroq bu safar qo'l bilan. Gol hisobga olinmadi.

90+6. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHahzodbek Ubaydullaev penaltini aniq amalga oshirdi!


88. PENALTI!!! "Qo'qon-1912" darvozasi tomon!


88. Holat hali hamon VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

84. "Qo'qon-1912" darvozasi tomon ehtimoliy penalti VAR orqali ko'rib chiqilmoqda. 

80. ZARBA! Sardorbek Azimovdan ajoyib zarba, To'raevdan super seyv!

78. Sunnatilla Abdullajonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

71. Maydonga zaxiradan yangi futbolchilar tushgach o'yin tempi ham ancha o'sdi. Muxlislar ham o'z suyuklilarini faollik bilan qo'llab-quvvatlashmoqda.

69. "Qo'qon-1912"ning tezkor qarshi hujumini Quvondiq Ro'ziev gol bilan yakunlay olmadi.

63. Quvondiq Ro'zievning darvoza tomon yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

62. "Neftchi"dan yaxshi hujum! O'ng qanotdan raqib jarima maydonchasi tomon uzatilgan to'p G'ulomovga etib kelmadi.

60. Maydonda futbolchilarning o'zaro to'qnashuvi davom etmoqda. "Derbi" o'z nomiga mos tarzda o'tishyapti deyish mumkin.

57. O'yin tempi yuqori emas. 

48. Bo'lim ancha bosiqlik bilan boshlandi. "Qo'qon-1912" to'p nazoratini o'z qo'liga olgan holda maydon uzra harakatlanmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Ulug'bek Hoshimov Aleksandr Eshichni ajoyib vaziyatga chiqardi, uning bergan zarbasi esa anchagina noaniq ketdi!!!

41. Birinchi bo'limning o'zida "Neftchi"da o'zgarish: To'raev o'rniga Eshich tushdi.

35. Maydonning har bir qarich eri uchun kurash kechmoqda. O'yinda to'qnashuvlar ham ancha qo'paygan.

29. Markazga yaqin joyda ikki jamoaning futbolchilari o'zaro to'qnashib ketishdi. Har ikki jamoa shifokorlari maydonga chiqdilar.

20. O'tgan daqiqalar biroz agressiv o'tmoqda. Har ikki jamoa futbolchilari raqiblariga qarshi biroz qo'polroq harakat qilishyapti.

16. Ulug'bek Hoshimov hujumga o'tdi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

14. "Qo'qon-1912" jamoasi tezkor hujumga o'tdi. Javohir Siddiqov raqib jarima maydonchasida yiqildi, hakam esa o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.

11. Lutfulla To'raevning darvoza tomon yo'llaga zarbasi aniq va kuchli bo'ldi, Muzaffar Abdullaev esa mazkur vaziyatda super seyv ko'rsatdi!

6. Takidlash joiz, mazkur o'yin bilan parallel ravishda "Olimpik" jamoasi "Surxon"ga qarshi o'yin o'tkazmoqda. Ushbu ikki uchrashuv mavsumning dastlabki o'yinlari hisoblanadi. Sizningcha, O'zbekiston Superligasi 2022 yilgi mavsumining ilk golini kim uradi?

5. Muxlislar o'z suyuklilarini faol tarzda qo'llab-quvvatlashmoqda.

2. Ilk hujumni qo'qonliklar amalga oshirishga harakat qilishdi. Quvondiq Ro'ziev boshlagan hujumni raqib himoyachilari qaytarib yuborishdi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar o'yinni boshlashga shay!

Mavsumning rasmiy ochilishi munosabati bilan stadionda O'zbekiston madhiyasi yangramoqda. 

Farg'ona viloyati hokimi Hayrulla Bozorov barcha futbol muxlislarini mavsum boshlanayotgani bilan tabriklamoqda. 

Yaypandagi stadionda Farg'onaga futbol bahori qaytgani bilan o'yinoldi bayram koncerti bo'lib o'tmoqda. 

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика