So’nggi yangiliklar

01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  0 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  13 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   34 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15

Superliga. "Neftchi" o'z maydonida "Lokomotiv"ni yuta olmadi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" o'z maydonida "Lokomotiv"ni yuta olmadi

Teglar :  Neftchi Lokomotiv
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Neftchi" – "Lokomotiv" - 1:1
27 iyun. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 20:00
Bosh hakam:
Nayim Qosimov
Qanot hakamlari: Islom Azimov, SHerzod Azamov
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov
Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Husayn Norchaev 49, - 1:0 (Muhsin Ubaydullaev). Sardor Abdunabiev 74, - 1:1 (Muhammadanas Hasanov).

"Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 9.Husayn Norchaev, 11.Javohir Qahramonov (7.Jasur Jaloliddinov, 46), 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 24.G'ulomxaydar Gulyamov (8.Ketelin Karp, 55), 70.Abbos G'ulomov (55.Manuchehr Safarov, 80), 77.Bilolxon Toshmirzaev (19.Mirzohid G'ofurov, 70), 99.Nsungusi Effiong (18.Mixay Roman, 70).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 4.Boyan Ciger, 23.Diyor Turopov.

"Lokomotiv": 32.Suhrob Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 11.Izzatilla Abdullaev (29.Quvonchbek Abraev, 60), 14.Dilshod Komilov, 15.Jasurbek Hakimov (7.Sardor Abdunabiev, 69), 22.Muhammadanas Hasanov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 27.Sobit Sindarov, 70.Abubakrrizo Turdialiev, 77.Lazizbek Mirzaev (6.SHerzodjon Komilov, 88).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 20.Javohir Muborakov, 23.Jahongir Xoshimboev, 35.Azizbek Abdumajitov, 44.Ismoilbek Usmonxo'jaev. 

Ogohlantirishlar: Sobit Sindarov 59, Manuchehr Safarov 81, Xurshidbek Muxtorov 85.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+7. O'yin yakunlandi. "Neftchi" - "Lokomotiv" 1:1

90+7. ZARBAAA! Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin o'yin qahramoni Sultonov mushtlari bilan to'pni qaytardi! 

90+5. ZARBAAAAAA! Husayn Norchaevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shildi

90. Xavfli vaziyat! "Neftchi"ning hujumi, o'ng qanotdan uzatilgan to'pga Mirzohid G'ofurov eta olmadi!

88. O'zgarish. "Lokomotiv". Mirzaev o'rniga SH.Komilov tushdi

85. Ogohlantirish. "Neftchi". Xurshidbek Muxtorov

81. Ogohlantirish. "Neftchi". Manuchehr Safarov

80. O'zgarish. "Neftchi". Abbos G'ulomov o'rniga Safarov tushdi

79. SHifokorlar Sultonovga yordam berishdi, o'yin davom etadi

77. ZARBAAAAAAA! Husayn Norchaev yaqin masofadan zarba berdi, Sultonovdan ajoyib seyv! Roman bu vaziyatda Suhrob bilan to'qnashib ketdi

74. GOL! SARDOR ABDUNABIEV! CHap qanotdan Muhammadanas Hasanovning havolatib uzatgan to'pini zaxiradan maydonga tushgan Sardor Abdunabiev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Quvvatov to'pni qaytara olmadi - 1:1.

70. O'zgarishlar. "Neftchi". Nsungusi va Toshmirzaev o'rniga Roman va G'ofurov tushdi

69. O'zgarish. "Lokomotiv". Hakimov o'rniga Abdunabiev tushdi

67. ZARBAA! Lazizbek Mirzaev jarima maydoni ichidan zarba berdi, Quvvatov yana to'pni qaytardi!

67. ZARBAAAA! "Lokomotiv"dan navbatdagi o'ta xavfli vaziyat! Abdulazizxon Abdurashidovning zarbasi! Sanjar Quvvatov vaziyat qahramoni bo'ldi!

60. O'zgarish. "Lokomotiv". Abdullaev o'rniga Quvonchbek Abraev tushdi

59. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Sobit Sindarov

57. ZARBAAAAAA! "Lokomotiv"ning eng xavfli hujumi, Sobit Sindarovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

55. O'zgarish. "Neftchi". G'ulomhaydar o'rniga Karp tushdi

54. ZARBAA! G'ulomov o'tkir burchakdan zarba berdi, to'p ustunga tegib qaytdi

49. GOL! Husayn Norchaev! Muhsin Ubaydullaevning ajoyib to'p uzatishidan keyin Norchaev birga bir vaziyatga chiqib bordi va chap oyog'ida gol urdi - 1:0.

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Neftchi". Qahramonovning o'rniga Jaloliddinov tushdi


45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:0

45+1. ZARBAAAAAAAAAAA! Qodirqulovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini dastlab Toshmirzaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Qahramonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, bu safar to'p to'singa tegib qaytdi! 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

44. "Neftchi" futbolchilari qanotlardan havolatib to'pni uzatishda davom etmoqda, "Lokomotiv" himoyachilari to'pni qaytarishda davom etishmoqda

35. Zarba. O'ng qanotdan G'ulomov uzatgan to'pni Nsungusi boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi, o'ta noaniq!

34. Tashabbus "Neftchi" tomonida, "Lokomotiv" faqat himoyalanmoqda.

30. ZARBAAAAAA! G'ulomhaydarning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin Sultonovdan superseyv ko'rdik!

23. "Water break" o'zbekchasiga futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishdi

21. UXX! Yana "Neftchi"da burchak to'pi, Anvarjon G'ofurovning boshi bilan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi!

17. Yana bir xavfli vaziyat, Nsungusi to'pni egallab zarba berishga urindi, o'xshamadi!

17. UXXX! "Neftchi"da burchak to'pi va uzatilgan to'pni Nsungusi boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi, biroz noaniq! Yana burchak to'pi!

16. ZARBAAAA! Husayn Norchaevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin Suhrobjon Sultonov seyv namoyish qildi!

12. O'yin tempi u qadar yuqori emas, bu juda issiq havo bilan bog'liq bo'lsa kerak

5. "Neftchi"ning hujumi, Nsungusining to'p uzatishidan keyin Norchaev darvoza tomon bordi, ammo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi...

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика