So’nggi yangiliklar

02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Superliga. "Navbahor" o'z uyida "Turon" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" o'z uyida "Turon" bilan durang o'ynadi

Teglar :  NavbahorTuron
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Turon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Coca-Cola Superliga. 6-tur
NAVBAHOR – TURON - 0:0
16 aprel 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion.
Hakamlar
: Abdurashid Xudoyberganov, Olimjon Abduvosilov, Aleksandr Sidorov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Bekzod Aripov

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Xushnudbek Avilov, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 18.Bahrom Abdurahimov (25.SHohruh Mahmudhojiev, 76), 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 67.Marko Putinchanin, 70.Abbos G'ulomov (17.Ehsoni Panshanbe, 46), 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 4.Farhod Mirahmatov, 8.Sardor Telyakov, 28.Nikola Tasich, 95.Zabihillo O'rinboev.

"Turon": 87.Akmal Ortiqov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 3.Davronbek Umirov, 4.Asliddin Toshtemirov, 7.Kvame Karikari (11.Asilbek Qayyumov, 55), 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Fozil Musaev, 19.Vladislav Kasminin, 22.Abdulazizxon Abdurashidov (77.Bilolxon Toshmirzaev, 69), 23.Abdurahmon Abdulhaqov (30.Sinisha Babich, 80), 55.Dayan Ponevich.
Zaxira: 1.Mirzohidjon Jalilov, 8.Sunnatilla Ermatov, 10.Javohir Sohibov,  32.Jahongir Mehmonov, . 

Ogohlantirishlar: Abdurahmon Abdulhaqov 7, Davron Umirov 10, Slavkisha Stoyanovich 34, Mirzohid G'ofurov 66, Asilbek Qayyumov 90+3.



YANGILASH



90+5. Uchrashuv yakunlandi. "Navbahor" - "Turon" 0:0

90+4. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Asilbek Qayyumovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

90+4. ZARBAAAA! Asilbek Qayyumovning kuchli zarbasidan keyin Yusupov to'pni qaytardi!

90+3. Ogohlantirish. "Turon". Asilbek Qayyumov

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

88. ZARBAAAAAAAAAAA! Toshmirzaevning jarima maydoni yonidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin O'tkir Yusupov seyv namoyish etdi! 

80. O'zgarish. "Turon". Abdurahmon Abdulhaqov o'rniga Sinisha Babich tushirildi.

76. O'zgarish. "Navbahor". Bahrom Abdurahimov o'rniga SHohruh Mahmudhojiev maydonga tushirildi.

73. "Navbahor" futbolchilari yana bir xavfli hujum uyushtirishdi. Panshanbening o'ng qanotdan uzatgan to'piga mehmonlar darvozaboni birinchi bo'lib etib keldi

71. ZARBAA! Azim Ahmedov jarima to'pidan zarba berdi, Akmal Ortiqov joyni to'g'ri tanlagan xolda to'pni egallab oldi.

69. O'zgarish. "Turon". Abdulazizxon Abdurashidov o'rniga Bilolxon Toshmirzaev maydonga tushdi

66. Ogohlantirish. Mirzohid G'ofurov

63. O'zgarish. "Navbahor". Stoyanovich o'rniga O'rinboev

62. Xavfli zarba! Dayan Ponevichning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi bir oz aniqlik etishmadi!

60. Fozil Musaev va Igor Golban endi boshlariga tibbiy bog'ich bog'langan holda to'p tepishadi

59. Jarima maydonchasi ichidagi kurash paytida har ikki jamoa futbolchilari to'qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda

57. Slavisha Stoyanovich yana bir hujumni kuchsiz zarba bilan yakunladi

55. O'zgarish. "Turon". Kvame Karikari o'rniga Asilbek Qayumov maydonga tushdi

50.  Ajoyib kombinaciya yakunida Quvondiq Ro'zievning zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. O'zgarish. "Navbahor". Abbosjon G'ulomov o'rniga Ehsoni Panshanbe maydonga tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

41. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Kvame Karikariii! Taxminan 3 metrlardan zarba berdi va to'p darvoza ustidan o'tib ketdi!

35. ZARBAAA! Burchakdan uzatilgan to'pni Abdurashidov darvoza tomon yo'lladi, biroz noaniq!  

34. Ogohlantirish. "Navbahor". Stoyanovich

32. ZARBA! Muzaffar Muzaffarovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi bir oz noaniq chiqdi.

30. ZARBA! Muzaffar Muzaffarovning 25 metrlardan jarimadan darvozaga yo'llagan zarbasini O'tkir Yusupov egallab oldi.

25. Fozil Musaev maydon markazida faol o'yin namoyish etmoqda.

22. ZARBAAAAAAAAAAAA! Ivan Solovyovning kuchli zarbasi darvozaning ikkala ustuniga tegib maydonga qaytdi! 

15. Xushnudbek Avilovning o'ng qanotdan yo'llagan uzatmasidan keyin to'p hech kimga tegmay maydonni tark etdi

12. UXXXX! CHap qanotdan Bahrom Abdurahimov uzatgan to'p sal qolsa darvozaga kirib ketardi... 

10. Ogohlantirish. "Turon". Davron Umirov

8. Solovyovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi


7. Abdurahmon Abdulhaqovga sariq kartochka ko'rsatildi. Xushnudbek Avilovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. "Navbahor" futbolchilari raqib jarima maydonining chap tomonidan jarima zarbasi tepishadi.

6Dastlabki daqiqalar teng kurashlar ostida davom etmoqda.

5. Abdurahmon Abdulhaqov raqib jarima maydoni ichiga yorib kirgandi, bu vaziyatda O'tkir Yusupov to'pni egallab oldi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:05da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика