So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Superliga. "Qizilqum" Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etdi

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv har ikki jamoa azolarining faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limning 5-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Bu vaziyatda "Navbahor"ning 11-raqamli futbolchisi Aleksandr Kasyan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Birinchi bo'limning 7-daqiqasiga kelib, uchrashuvda hisob ochildi. Mehmonlarning Gruziyalik legioneri Mate Vatsadze kuchli zarba bilan O'tkir Yusupov darvozasini ishg'ol etdi 0:1. 

Birinchi bo'limning 29-daqiqasida Aleksandr Kasyanning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasini darvozabon Evgeniy CHeremisin ushlab olib, vaziyatni bartaraf etdi.
33-daqiqada mezbonlarning 23-raqamli futbolchisi SHerali Jo'raevning zarbasidan so'ng, to'pni mehmonlar posboni O'tkir Yusupov ushlab oldi. 38-daqiqaga kelib futbol muxlislarini sog'intirib maydonga qaytgan Azizbek Turg'unboevning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

45-daqiqada yana o'sha Azizbek Turg'unboevning jarima zarbasidan so'ng, to'pni "Qizilqum" himoyachilari qaytarishdi.

Birinchi bo'lim mehmonlarning kichik 0:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim "Navbahor" jamoasi vakillarining faol hujumlari bilan boshlandi.

58-daqiqada Aleksandr Kasyan raqib jarima maydoni ichiga yorib kirishga urindi, mehmonlar himoyachisi to'pni qaytarib yubordi. Uchrashuvning 79-daqiqasida mezbonlar sardori Jahongir Mehmonov to'pni jarima maydonidan uzoqlashtirishda xatolikka yo'l qo'ydi, bu vaziyatda to'pni O'tkir Yusupov chaqqonlik bilan egallab oldi, aks xolda hisob o'zgarishi mumkin edi. 83-daqiqada Azizbek Turg'unboev yaqin masofadan "Qizilqum" darvozasi tomon zarba yo'lladi, to'pni mehmonlar posboni egallab oldi. O'yin oxirigacha mezbonlar tomonidan tashkil etilgan ketma-ket hujumlar samara keltirmadi.Butun uchrashuv davomida qarshi hujum va raqib hujumidan himoyalanishni mukammal tarzda ijro etgan Hamidjon Aktamov shogirdlari kuchli raqib ustidan safarda g'alaba qozonishni uddasidan chiqdilar.


Bekzod Tolibov Namangandan maxsus





NAVBAHOR — QIZILQUM 0:1
26 iyul 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 10880 tomoshabin.
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, O. To'ychiboev
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Ramil Ilyasov

Gol: Mate Vatsadze 7, - 0:1.

“Navbahor”: 1. O'tkir Yusupov, 5. Slavko Lukich ( 15.Obid Jo'rabaev, 16), 10.Azizbek Turg'unboev, 11.Aleksandr Kasyan, 19. Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 32. Jahongir Mehmonov (s), 66.Ilhomjon Alijonov, 70.Abbosjon G'ulomov (99.Amirbek Jo'raboev, 68), 77.Ayubxon Nomanov (91.SHerzod Hakimov, 46), 95.Nodir Mavlonov.
Zaxiradagilar: 23. Dilshod Hamroev, 4.Aziz Ibragimov, 8.SHahzod SHaymanov, 29.Hojiakbar Yunusov, 34.Tojiddin Komilov, 55.G'iyosjon Komilov, .

“Qizilqum”: Evgeniy CHeremisin, 10.Alisher Sanoev, 13.Lasha Totadze, 15.Steven Peter Lustika, 17.Salim Mustafoev, 23.SHerali Jo'raev, 25.Azizbek Usmonov, 77. Ruslan Marg'iev, 78.Saidjamol Davlatjonov (71. Nodirxon Kamolov, 58), 88.Mate Vatsadze (86.Vohid SHodiev, 85), 89.Doston Ibragimov (28.Sardor Jahonov, 74).
Zaxiradagilar: 22.Artyom Makosin, 8.Akmal Rustamov, 9. Humoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 19.Mirjalol Qosimov, 97.Suhrobjon Yarashov.

Ogohlantirishlar: Saidjamol Davlatjonov 11, Lasha Totadze 90+1.


Navbahor

Superliga. 14-tur

26/07/2019, 19:30

1
:
0
Tugadi

Qizilqum

Mate Vatsadze - 7'

45'
90'
16'  Slavko Lukich (Obid Jo’raboyev)
46'  Ayubxon Nomanov (Sherzod Hakimov)
68'  Abbos G'ulomov (Amirbek ZHo'raboev)
7'  Mate Vatsadze
11'  Saidzhamol Davlatzhonov
58'  Saidzhamol Davlatzhonov (Nodir Kamolov)
74'  Doston Ibragimov (Sardor ZHahonov)
85'  Mate Vatsadze (Vohid Shodiyev)
90'  Lasha Totadze





Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика