So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Superliga. "Navbahor" "Paxtakor"dan, "Olimpik" "Nasaf"dan oldinda Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" "Paxtakor"dan, "Olimpik" "Nasaf"dan oldinda

CHempionlik uchun 6, elitada qolish uchun yana shuncha jamoa kurashayotgan mavsum yakunigacha 10ta tur qoldi.

Intriga bor. Musobaqa jadvali oxirgi turgacha ostin-ustun bo'lib ketishi mumkin. Masalan, 6-o'rindagi AGMK chempionatning qolgan qismida qoqilmasa, klub tarixida yangi sahifa ochiladi. Ligada karvonboshilik qilayotgan "Navbahor" va "Nasaf" yana medallardan quruq qolsa ham, ajablanmaymiz. Poytaxtning yaqin o'tmishdagi 2 grandi esa kelasi mavsumni Pro ligada o'tkazish ehtimoli bor. 

Bazi murabbiylar Osiyo kubogi tufayli Superligada yuzaga kelgan (iyun oyidagi) to'xtalish shogirdlariga yomon tasir qilgani haqida gapirishdi. Bu fikrda qanchalik jon borligini bilish uchun tanaffusdan keyingi 5 ta tur (12-16) statistikasini yig'dik.

! Tenglik bo'lishi uchun iyul-avgust oylarida o'tgan oldingi turlarning qoldirilgan uchrashuvlari inobatga olinmadi.

"Dinamo" — asosiy autsayder

Samarqand klubi qancha harakat qilmasin, quyi divizionga sho'ng'ishi kun sayin anqlashayotgandek. Elitada jon saqlash uchun kurashishi kerak bo'lgan "Dinamo" oxirgi 5 o'yinida 1 ochko to'pladi.

"Navbahor" — eng yaxshi (hozircha)

Oxirgi 5 turda Namangan klubi barchadan ko'proq (11) ball yig'di. 2-o'rindagi "Paxtakor" aktivida 10ta ochko bor. Ammo "So'g'diyona" 16-turning qoldirilgan o'yinida "Neftchi"ni yutsa, hammadan o'tib ketadi.

"Loko" gol urolmayapti

"Temiryo'lchilar" Korostinchenkoni istefoga chiqarishi uchun etarli asos bor edi. Jamoa so'nggi 5 turda atigi 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Bu ligadagi eng yomon natija bo'lib, "Lokomotiv" mavsum avvalida qo'yib yuborgan Marat Bikmaev ham Toshkent klubidan ko'proq to'p kiritdi.

"Dinamo"da "ochiq eshiklar bayrami"

Samarqand klubi bu davrda 13 ta to'p o'tkazib yubordi. Abramovning kelishi ham hozircha jamoaga yordam berolmayapti. O'z navbatida "Olimpik" va "Paxtakor" futbolchilari mahsuldorlik borasida eng yaxshi natijani qayd etishyapti (10 tadan). 

Babayanda "beton" himoya

"Navbahor" 5 o'yinda 3 marta gol o'tkazib yubordi. "Lochinlar" darvozasini faqat SHohnazar Norbekov, Po'latxo'ja Xoldorxonov hamda SHohruh Gadoev ishg'ol qildi.

"Qo'qon-1912"da duranglar seriyasi

Davron Fayziev shogirdlari ham ligada jon saqlash uchun harakat qilishyapti. Ular ketma-ket 5 o'yinda murosa ko'chiasi tanlashdi.

AGMKdan sensaciya

Olmaliq klubi 12-turgacha chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turgandi. Ammo keyingi 5 ta turda atigi 4 ochko qo'lga kiritildi. Eng qizig'i, "konchilar"ning muvaffaqiyatsizligi Mirjalol Qosimov bilan shartnoma 2025 yilga qadar uzaytirilganidan keyin boshlandi.

Oxirgi 5 turda kimning natijasi siz uchun kutilmagan bo'ldi?

jamoalaro'yinochko
"Navbahor" 511
"Paxtakor"510
"So'g'diyona"49
"Olimpik"59
"Qizilqum"59
"Metallurg"58
"Nasaf"56
"Qo'qon-1912"55
"Lokomotiv"54
"Bunyodkor"54
"Surxon"54
AGMK54
"Neftchi"43
"Dinamo"51


Muallifning telegramdagi kanali → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика