So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  20 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" safarda "Navbahor"ni mag'lub etib, "Paxtakor"ning asosiy taqibchisiga aylandi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" safarda "Navbahor"ni mag'lub etib, "Paxtakor"ning asosiy taqibchisiga aylandi

Coca Cola Superligasi 22-turi doirasida "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

"Navbahor" - "Nasaf" 0:1

Gol: 0:1 — 73, Mateus Lima

"Navbahor" - 1. O'tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich (4. Azimjon Ahmedov, 86), 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Abrorbek Ismoilov (20. Muzaffarxon Mo'minov, 81), 19. Doniyor Abdumannopov, 21. Temurxo'ja Abduholiqov (23. Yovan Jokich, 68), 22. Igor Golban, 77. Asadbek Sobirjonov (7. Oston O'runov, 46)
Zaxira: 12. Ignatiy Nesterov, 27. SHahboz Jo'rabekov, 31. Luka CHermel, 96. Usmonali Abdukarimov, 98. Davronbek Olimjonov.

"Nasaf" - 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Akmal Mozgovoy, 17. Suhrob Nurulloev (9. Javohir Sidiqov, 75), 19. Mateus Lima (10. Andres CHaves, 85), 34. SHerzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov (21. Doniyorjon Narzullaev, 85), 88. Marko Stanoevich (18. Bahrom Abdurahimov, 75), 92. Umarbek Eshmurodov, 99. Azizbek Amonov (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 60)
Zaxira: 54. Adhamjon Musulmonov, 25. Bekjon Raxmatov, 32. Zafar Hakimov, 36. Azizjon Ahrorov. 

Ogohlantirish: Temurxo'ja Abduholiqov (64), Oybek Bozorov (76), SHerzod Nasrullaev (86)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Nasaf"ning uch ochko bilan tabriklaymiz.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Nasaf" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Hakam VARga murojaat qilmoqda.

87. Golbanning bosh bilan yo'llagan zarbasini qaytargan Nematov jamoadoshlarida avtosalonda mashinaga shartnoma olgan kishi singari kayfiyat hosil qildi.

86. Hakam Nasrullaevga yo'l harakati qoidalari bo'yicha ogohlantiruvchi belgini ko'rsatdi.

83. UXXX! Iskanderovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Birinchi so'zga jiddiy etibor bermang.

80. Yo'ldoshev sherigining "Menga uzatma, yopiqman" deganini "Menga uzatma ber" deya tushungan ko'rinadi.

73. Lima raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq VAR to'pning chiziqdan o'tgan-o'tmaganini tekshirmoqda.

Gol inobatga olindi. Darvoqe, qahramonlik doim ham yaxshi kutib olinavermaydi. Mana hozir braziliyalik hujumchi mingga yaqin kishini xursand qilgan bo'lsa, 10 ming nafar tomoshabinni qovoq chimirishga majbur etdi.

68. "Navbahor" futbolchisining burchakdan uzatmasidan so'ng "Nasaf" himoyachilari balandlikka sakrash musobaqasida raqibidan ustun keldi.

64. Xalqimizda "Harakat qilsang — niyatingga erishasan" degan naql bor. Mana, Abduxoliqov ham raqibiga qarshi jon-jahdi bilan kurashdi va sariq kartochka olish baxtiga muyassar bo'ldi.

60. Messining buyukligi nimada degan savolga Nurulloevning zarbasi misolida sodda qilib tushuntirmoqchiman. Agar shu vaziyatda Lionel bo'lganida, u bunaqa tepmagan bo'lardi. Mana oddiy javob.

55. Tomoshabinlar ijrosida yangi qo'shiq premerasini kutib oling: "Sudya — "Paxtakor". 

53. Abdumannopov hujum paytida o'ziga nisbatan o'zi qo'pollik ishlatdi.

52. G'olib G'aybullaev raqib futbolchisi bilan to'p uchun kurashda g'olib chiqdi.

50. Amonov raqibiga nisbatan Rishod Sobirov usulini qo'llagani uchun jarima zarbasi belgilandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor"da o'zgarish: O'runov Sobirjonovni almashtirdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga maktab davrim menga qadrdon, ammo boshqa hech kim yotirmaydigan yigit bahoga teng daqiqa qo'shib berildi. 

38. Xaus ismli kinoqahramonning hamkasblari Sobirjonovni yo'qlab, maydonga chiqishdi.   

31. Sobirjonovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Stanoevich hakamni nimagadir ishontirmoqchi bo'ldi. Biroq o'z manfaati yo'lida hakamni ko'ndirib bo'lmaydi, chunki u poezdda ishlamaydi.

26. O'tkir Yusupov qanotdan sariq jeletka kiygan styuardni oldinga boshladi.  

22. "Nasaf" futbolchisining Limaga atalgan uzatmasiga Lima tugul lama ham etolmasdi. 

19. Iskanderovning kuchli zarbasi raqib futbolchisining oyog'iga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. Kecha dorixonada foydali malhamlar 40-50 ming so'mdan boshlanishini aytishgandi.

17. Stanoevich masofadan turib Yusupovni yiqilishga majbur etdi, ammo raqib posboning yotishi unga omad keltirmadi.

13. Raqib futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgan Lima Kruz yarim daqiqa davomida o'z tilida nimalarnidir isbotlashga harakat qildi. Hakam esa lo'nda va aniq javob qaytardi: "Seni tushunmayapman".

10. Stanoevich uzoqdan raqib posboning qo'llarini nishonga olgandi, uning urinishi aniq chiqdi.

7. Bugun "Oltin to'p" marosimi o'tkazildi. Albatta, har bir futbolchi uchun ushbu sovrin muhim. Ammo ayni lahzada maydonda o'y surib yotgan Abdumannopov uchun har qanday qimmatbaho to'pdan ko'ra shifokorlarning tezroq maydonga tushgani muhimroq.

5. Iskanderov o'ng oyoqda o'z omadini sinab ko'rdi. SHuni bildikki, Jamshid chap oyoqda zarbani yaxshi ijro etarkan.  

4. Iskanderov tomonidan burchak zarbasi amalga oshiriladi. Burchak zarbasi amalgga oshirilayotgan payt "Nasaf" jarima maydonidagi kartina poytaxt jamoat transportidagi holatni eslatib yubordi.

1. Hakamning hushtagi yangragach, ruxsat tegdi degandek, dastavval muxlislar shovqin-suronni, ketidan futbolchilar to'pning tazirini berishni boshladi.


Assalomu alaykum, qadrli ishqibozlari! Bugun Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv guvohiga aylanamiz. Ayni damda jamoalarni bir ochko ajratib turibdi. SHunday ekan, xonadon farishtalariga sevimli serialining bugungi qismini o'tkazib yuborishi lozimligini yotig'i bilan tushuntirishga urinib ko'ring. Aganda buni uddalay olmasangiz, kayfiyatni tushirmang. Saytimiz orqali uchrashuvni matnli ko'rinishida etiboringizga havola etamiz.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика