So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  302 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  1 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  1 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  0 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  1 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  9 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  97 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  9 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  4

Superliga. Namangandagi ochilish o'yinida Babayan Abramovga imkoniyat qoldirmadi Yangiliklar

Superliga. Namangandagi ochilish o'yinida Babayan Abramovga imkoniyat qoldirmadi

Superliga 1-turi doirasidagi "Navbahor" – "Dinamo" bellashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga

1-tur

NAVBAHOR – DINAMO 3:1 (TUGADI)

"Markaziy" stadioni. 18:30

Bosh hakam: Rahimbek Karimov

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Capenko

To'rtinchi hakam: Xushnud Suyunboev

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Aleksandr Sidorov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: Abror Ismoilov (Jamshid Boltaboev) 19, (1:0), Toma Tabatadze 48 (2:0), Joel Kojo (Hislat Halilov) 52 (2:1), Toma Tabatadze (penalti) 84 (3:1).

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 8.Siyavash Haqnazari ( 17.Ruslan Jiyanov, 46), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 22.Toma Tabatadze (33.SHodiyor SHodiboev, 90), 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 77.Abror Ismoilov (11.Asadbek Sobirjonov,66)

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 7.Azim Ahmedov, 21.Giorgi Nikabadze, 24.Doston Abdulxaev, 27.Ozodbek O'ktamov, 71.Navro'zbek Iminjonov.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Odilbek Abdumajidov, 6.Artyom Sokol (17.Salim Mustafoev,46), 7.Fransis Narx (21.Anvar Hojimirzaev,66), 8.Xislat Xalilov (9.Humoyunmirzo Iminov,66), 10.Joel Kojo, 22.Sanjar SHoahmedov, 23.Farruh Ikromov (58.Husniddin G'ofurov,86) 26.Komil SHarofutdinov (s), 29.Vladimir Kozak (18.Dilshod Rahmatullaev,23), 44.Dushan Miyich.

Zaxira: 1.Farxod Rahmatov,  11.Damir Temirov, 14.Bahodir Nasimov, 30.Abubakir Mo'ydinov, 

Ogohlantirish: Odil Hamrobekov  ("Dinamo") 14, Dushan Miyich ("Dinamo") 27, Francis Narx ("Dinamo") 39, Odil Abdumajidov ("Dinamo") 57, Komil SHarafutdinov ("Dinamo") 83, Salim Mustafoev ("Dinamo") 87

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90+5. SHodiyor SHodiboev "Dinamo" darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Ammo so'nggi pallada mehmonlar posboni Ravshabek Yagudin to'pni ushlab oldi.

90. O'ZGARISH. "Navbahor", Toma Tabatadze o'rniga SHodiyor SHodiboev tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi. 

89. ZARBAA. Sobirjonovning zarbasi noaniq. 

87. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Salim Mustafoev

86. O'ZGARISH. "Dinamo", Farruh Ikromov o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi. 

84. GOOOOOOOOOOOL. Toma Tabatadze penaltini aniq amalga oshirdi. 

83. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Komil SHarafutdinov

82. PENALTI. Jiyanov kiymidan tortib qolingani uchun penalti belgilandi. 

79.  "Navbahor" futbolchilari jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Rahim Karimov VAR oldiga yo'l oldi. 

77. "Dinamo" 9 yildan so'ng Namanganda gol urdi. 

66. O'ZGARISH. "Dinamo", Hislat Halilov o'rniga Humoyunmirzo Iminov tushdi. 

66. O'ZGARISH. "Dinamo", Francis Narx o'rniga Anvarjon Xojimirzaev tushdi. 

66. O'ZGARISH. "Navbahor", Abror Ismoilov o'rniga Asadbek Sobirjonov

62. ZARBAA. Sayfiev yo'llagan zarbani Yagudin qaytardi. 

60. ZARBA. Toma Tabatadzening zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

57. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Odil Abdumajidov

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Dinamo" hisobni qisqartirdi. Halilovdan to'pni qabul qilib olgan Kojo o'zi jarima maydonchasiga kirib borib gol urdi. Gol toze, o'yindan tashqari holat yo'q.  

48. GOOOOOOOOOOOOOOOL. O'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni Jiyanov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Darvozabon qaytargan to'pni Tabatadze qiyinchiliksiz darvozaga kiritib qo'ya qoldi.

46. O'ZGARISH. "Navbahor", Siyavash Haqnazariy o'rniga Ruslan Jiyanov tushdi. 

46. O'ZGARISH. "Dinamo", Artyom Sokol o'rniga Salim Mustafoev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45+2. Rahimbek Karimov o'yinni davom ettirishni buyurdi. 

45+2. Hislat Halilovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Hislat Halilov jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Penalti yoki yo'q? O'yin davom etmoqda. 

43. "Dinamo"ning qarshi hujumi o'xshamadi. SHoahmedovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

39. OGOHLANTIRISH. Francis Narx, "Dinamo"

33. Tomadan keyin Ivanovich zarba yo'lladi. Noaniq. Ustunlik to'liq mezbonlarda. 

32. ZARBAAAAAAAA. Toma Tabatadze himoyachi taqibidan qochib Yagudin darvozasiga murakkab zarba yo'lladi. Darvozabondan chiroyli seyv. 

27. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Dushan Miyich

25. O'ZGARISH. "Dinamo", Vladimir Kozak o'rniga Dilshod Rahmatullaev tushdi. 

23. Abramov Babayanga qay tariqa javob berar ekan? O'yinni kuzatishda davom etamiz. 

19. GOOOOOOOOOOOOOOOL. "Navbahor" uchrashuvda hisobni ochdi. Iskanderov - Boltaboev - Ismoilov kombinaciyasi gol bilan yakunlandi. Abror Ismoilov Boltaboevning pasini bosh bilan golga aylantirdi. 

14. OGOHLANTIRISH. Superliga 2024 yilgi mavsumdagi birinchi sariq kartochka. Odil Hamrobekov ogohlantirildi. 

10. ZARBAAA. Hamrobekov o'ng qanotdan etkazib berilgan to'pni qabul qilib olib zarba yo'lladi. Zarba xavfli chiqdi. 

8. ZARBAAA. Iskanderov jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Noaniq. 

6. Joel Kojo hujumga o'tishga harakat qilib ko'rdi. Himoyachilar imkon bermadi. 

3. Malumot uchun "Dinamo" o'z tarixida Namanganda hali g'alaba qozonmagan. 

1. Ilk daqiqalardan "Navbahor" to'p nazoratini qo'lga olmoqda. 

- O'yinga start berildi. Superliga-2024 boshlandi. 

- Uchrashuv 18:30da start oladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика