So’nggi yangiliklar

19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  4 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  19 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0

Superliga. "Andijon" Namanganda durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Andijon" Namanganda durang o'ynadi

Teglar :  Navbahor Andijon
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 4-daqiqasida Obid Jo'raboevning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Abdujamol Isroilovning bosh bilan yo'llagan zarbasi salgina noaniq ketdi.

15-daqiqada Aleksandr Kasyan raqib jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

18-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Oybek Qilichevning burchakdan oshirib bergan to'pini Ro'zimboy Ahmedov boshi bilan namanganliklar darvozasiga joylab qo'ydi - 0:1. 

29-daqiqada Iva Solovyovning "Andijon" darvozasi tomon tepgan to'pini Mirniy qaytarib yubordi.

38-daqiqada Ro'zimboy Ahmedovning boshi bilan yo'llagan zarbasi salgina noaniq ketdi.

Birinchi taym tugadi. 

Ikkinchi taym boshlandi.

50-daqiqada Aleksandr Kasyanni boshi bilan yo'llagan to'pini Mirniy yana xotirjamlik bilan egallab oldi. 

57-daqiqada Jahongir Mehmonovning jarima maydonchamizga oshirib bergan to'pini Kasyan boshi bilan darvozamiz tomon yo'llagandi, Mirniy rosa xotirjamlik bilan egallab oldi.

62-daqiqa "Navbahor" futbolchilarining qatorasiga 3ta zarbasini mehmonlar darvozaboni Vitaliy Mirniy bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

70-daqiqada Kasyanning darvozamiz tomon yo'llagan zarbasini Mirniy katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 

77-daqiqada Aziz Ibragimov hisobni tenglashtirdi - 1:1. 

80-daqiqada Aleksandr Kasyanning zarbasi noaniq ketdi. 

86-daqiqada Slavko Lukichning zarbasidan so'ng, to'p "jonli devor"ga tegib qaytdi. 

O'yinda 1:1 hisobi qayd etildi.



Superliga, 10-tur
"NAVBAHOR" — "ANDIJON" 1:1
25 may 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 12825 tomoshabin.
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Doniyor Saylavov, Rishat Nug'manov, Rustam Lutfullin.
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Ro'zimboy Ahmedov 18, - 0:1 (Oybek Qilichev). Aziz Ibragimov 77, - 1:1.

"Navbahor": Dilshod Hamroev, Oston O'runov (Bahodir Nasimov, 68), Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan, Obid Jo'raboev (Slavko Lukich, 75), Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov, Jahongir Mehmonov, Abbos G'ulomov (Aziz Ibragimov, 57)
Zaxira: Mirzohid Mamatxonov, SHahzod SHaymanov, Xojiakbar Yunusov, G'iyos Komilov, Zafar To'raev

"Andijon": Vitaliy Mirniy, BOburjon Amanov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmuratov, SHahzod Ubaydullaev (SHahboz Jumaboev, 60), Ildar Mamatkazin, Ro'zimboy Ahmedov, Doniyor Ismoilov (Abduraxmon Abdulhaqov, 76), Radosav Aleksich, Asror G'ofurov, Abror Xusinov (Farhod Mirahmatov, 43)
Zaxira: Akmal Ortiqov, Sardor Sulaymonov, Usmonali Ismonaliev, Xushundbek Avilov, Boburjon Akbarov

Ogohlantirishlar: Abror Xusinov 37, Ivan Solovyov 39, Doniyor Ismoilov 39, Radosav Aleksich 53, Farhod Bekmuratov 84,


Navbahor

Aziz Ibragimov - 77'

Superliga. 10-tur

25/05/2019, 18:50

1
:
1
Tugadi

Andijon

Ro’zimboy Ahmedov - 18'

45'
90'
77'  Aziz Ibragimov
18'  Ro’zimboy Ahmedov
18'  Oybek Qilichev


Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика