So’nggi yangiliklar

09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  0 08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  8 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  15 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1

Superliga. "Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Teglar :  Qo'qon-1912Nasaf
Coca-Cola Superliga 24-turi doirasida qoldirilgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakunlandi.

Coca-Cola Superliga. 24-tur
15 noyabr, dushanba
14:00 NASAF – QO'QON-1912 3:1 (TUGADI)
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Olim Abduvosilov, Otabek Qosimov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: SHohruh Said

Gol: Husayin Norchaev 10 - 1:0, Bahrom Abdurahimov 57,  - 2:0, Alibek Davronov 67 - 3:0, Andrey Sidorov 74 - 3:1

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev, 8. Dilshod Saitov (15. Jo'rabek Mannonov, 69), 18. Bahrom Abdurahimov ( 7. Doniyorjon Narzullaev, 58) (50. SHohmalik Komilov, 74), 19. Husayin Norchaev (99. Andriya Kaluderovich, 69), 20. Suhrob Nurulloev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. SHerzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich

Zaxira: 13. Azamat Soiybov, 6. Murodbek Rahmatov,  28. Sador Sadullaev, 70. Abubakr-Rizo Turdaliev,71. Jasur Jumaev 

"Qo'qon-1912":  96. Islomjon Abdullaev, 3.Bobur Akbarov, 4.Ilxomjon Vahobov, 5.Slavko Lukich (14.Avazxon Mamatxo'jaev, 63),10.SHohnazar Norbekov, 13.Sardor Azimov,15.Oybek Rustamov, 18.Anvar Xojimirzaev ( 99.Andrey Sidorov, 46) 22.Muhammadanas Hasanov ( 19.Suhrob Berdiev, 63), 33.Ivan Yosovich, 91.Yakuba Bamba

Zaxira: 1.Muzaffar Abdullaev, 11.Mo'min Meliev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 70.Murod Xolmuhammedov,

Ogoxlantirish: Anvar Xojimirzaev 28

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Ilhom Vahobov o'rniga Aleksandr Merzlyakov tushdi. 

81. ZARBAAAAAA. Suhrob Nurulloev yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi. 

74. O'ZGARISH. "Nasaf", jarohat olgan Doniyor Narzullaev o'rniga SHohmalik Komilov tushdi. 

74. GOOOOOOOOL. "Qo'qon-1912" uchrashuvda hisobni qisqartirdi. Avaz Mamatxo'jaevning pasini Andrey Sidorov boshi bilan golga aylantirdi. 

69. O'ZGARISH. "Nasaf", Dilshod Saitov o'rniga Jo'rabek Mannonov, Husayin Norchaev o'rniga Andriya Kaluderovich tushdi. 

67. GOOOOOOOOOL. Burchakdan oyog'iga kelib tushgan to'pni Alibek Davronov darvozaga aniq tepdi. Himoyachi jamoasidagi ilk golini urdi. 

63. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Slavko Lukich o'rniga Avaz Mamatxo'jaev, Muhammadanas Hasanov o'rniga Suhrob Berdiev tushdi. 

58. O'ZGARISH. "Nasaf", Bahrom Abdurahimov o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi. 

57. GOOOOOOOOOOOL. Dilshod Saitovning yuqorilatib jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Bahrom Abdurahimov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. 

52. G'olib G'aybullaevning zarbasi aniq chiqmadi. 

46. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Anvar Xojimirzaev o'rniga Andrey Sidorov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. ZARBAAAAAAAAA. Suhrob Nurulloev markazda to'pni qabul qilib oldi, bir himoyachini aldadi va zarba berdi. Islom Abdullaevdan seyv. 

40. Uchrashuvda temp yuqori. Jamoalar futbol o'ynashmoqda. Ikki jamoa ham hujmkor ochiq o'yinga o'tishdi. 

39. ZARBAAA. Anvar Xojimirzaev yo'llagan zarba yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'ldi .

37. ZARBAAAAAAAAAAA. SHerzod Nasrullaev to'pni raqibdan olib qo'yib tezkorlik bilan oldinga o'tib jarima maydonchasiga uzatdi. Husayin Norchaevning boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

34. ZARBAAAAAAAAAAA. "Qo'qon-1912" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Asadbek Sobirjonovning zarbasini Umidjon Ergashev qiyinchilik bilan qaytardi.

32.  ZARBAAA. Husayin Norchaevning zarbasi aniq chiqdi. 

28. OGOHLANTIRISH. "Qo'qon-1912", Anvar Xojimirzaev Dilshod Saitovga qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

23.  XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAT. "Qo'qon- 1912"  burchak zarbasidan so'ng keskinlik yaratdi. Muhammadanas Hasanovning burchakdan bergan pasini Umidjon Ergashev qo'llari bilan urib yubordi. Qaytgan to'pni Anvar Xojimirzaev darvozaga yo'lladi. Zarba esa noaniq. 

15. Oybek Bozorov o'ng qanotdan himoyachilar va darzabonni aldab o'tib to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. Bahrom Abdurahimovni boshi bilan bergan zarbasini Islomjon Abdullaev osonlikcha ushlab oldi. 

10. GOOOOOOOOOOOOOOL. Marko Stanoevichning burchakdan yuqorilatib bergan uzatmasini Husayin Norchaev o'z uslubida boshi bilan darvoza to'riga tushirdi. To'p darvozaning yuqori burchagiga yo'llandi. 

7. Suhrob Nurulloevning burchakdan yo'llagan uzatmasi to'g'ridan-to'g'ri darvozaga kelib tushdi. Biroz aniqlik etishmadi. 

4. ZARBAAAAAAAAAAAA. Mehmonlar keskin vaziyat yuzaga keltirdi. Jarima zarbasidan yo'llangan to'p darvoza ustuniga tegdi. Zarbani Muhammadanas Hasanov bergandi. 

3. UXXXXXXXXXX. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAT. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng Alibek Davronov boshi bilan darvozaning pastki qismiga zarba berdi. Darvozabon mahoratini ko'rsatdi. 

2. Maydon egalari to'pni nazorat qilmoqda. 

O'yinga start berildi. 

- Uchrashuv boshlanmoqda.  

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика