So’nggi yangiliklar

17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  6 15:19ЎзЭл Классикосига превью  14 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  5 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2

Superliga. Oltita gol urilgan o'yinda "Nasaf" "Qizilqum"ni taslim qildi Yangiliklar

Superliga. Oltita gol urilgan o'yinda "Nasaf" "Qizilqum"ni taslim qildi

Teglar :  NasafQizilqum
Superliga 25-turi doirasidagi "Nasaf" – "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



"Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvi bugun Sport kanali orqali to'g'ridan to'g'ri efirga uzatilmaydi. O'yin yozib olgan holda, ertaga 3 oktyabr kuni soat 11:00dan boshlab efirga uzatilishi rejalashtirilgan.


O'yin boshlandi.

4-daqiqa. Islom Rashidxonovning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

13-daqiqa. Elguja Grigalashvilining chamasi 35 metrlar uzoqlikdan kutilmaganda yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi...

24-daqiqa. Mezbonlar yana hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lishdi. Rashidxonov birga bir vaziyatga chiqib bordi va so'nggi soniyalarda to'pni o'zidan uzoqlashtirdi. Natijada CHeremisin chaqqonlik qilib to'pni egallab oldi.

29-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to'pni Maqsud Karimov darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.

35-daqiqada Islom Rashidxonov oshirib bergan to'pni Bobir Abduxoliqov darvozaga yo'lladi - 2:0.

37-daqiqa. Grigalashvili raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba berdi. Quvvatov ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

Birinchi taym tugadi.

54-daqiqada Bobur Davlatov deyarli 18 metrlardan "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qildi - 3:0.

60-daqiqada Nemanya Yovanovich uzatib bergan to'pni Artur Gevorkyan boshi bilan darvozaga yo'naltirdi - 3:1. 

66-daqiqa. "Nasaf"ning tezkor hujumi...  SHarof Muhitdinovning aylanma zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

80-daqiqada Bobir Abdixoliqov dublga erishdi - 4:1. 

82-daqiqada SHerali Jo'raev birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan Islom Kenjaboevni to'xtatib qoldi va qizil kartochka oldi. 

90-daqiqada  Samandar SHodmonovning chap qanotdan uzatib bergan to'pini Humoyun Abdualimov yaqin masofadan qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol etdi - 4:2.

 

Superliga, 25-tur
02.10.2018, seshanba
20:00 - "Nasaf" - "Qizilqum" 4:2
Hakamlar: 
Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, SHuhrat Rajabov
Nazoratchi:  Radik Serazitdinov
Komissar: Bobur Haydarov

Gollar: Maqsud Karimov 29, - 1:0. Bobir Abdixoliqov 35, - 2:0 (Islom Rashidxonov). Bobur Davlatov 54, - 3:0. Artur Gevorkyan 60, - 3:1 (Nemanya Yovanovich). Bobir Abdixoliqov 80, - 4:1. Humoyun Abdualimov 90, - 4:2.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 5.G'olib G'aybullaev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Dilshod Saitov (20.Islom Kenjaboev, 63), 18.Bobir Davlatov (38.Akmal Mozgovoy, 67), 27.Islom Rashidxonov (28.Xurshidbek Muxtorov, 78), 31.Saydullo Rahmatov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 2.Sardor Sadullaev, 3.Ilhomjon Alijonov, 9.Amirjon Safarov, 49.Oybek Bozorov, 52.SHerzod Temirov.

“Qizilqum”: 77.Egeniy CHeremisin, 4.Erkin Boydullaev (s), 8.Akmal Rustamov, 14.Fayzullo Qambarov, 17.Artur Gevorkyan, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev, 30.Elguja Grigalashvili (18.Samandar SHodmonov, 69), 50.Eldor Boymatov, 84.Nemanya Yovanovich, 91.Salim Mustafoev.
Zaxira: 1.Erkin Jabborov, 5.Georgiy Kvesieshvilli, 6.Suxrob Yarashev, 9.Humoyun Abdualimov, 10.Alisher Sanoev, 44.Mirjalol Qosimov, 98.Bekzod G'anijonov.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика