Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag'lub etdi
16 sen 2021 20:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/658304_original.jpg)
![](/upload/storage/658304_220.jpg)
Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag'lub etdi
Nasaf Marko Stanoevich - 13', Husniddin Aliqulov - 23' |
Superliga. 18-tur 16/09/2021, 19:00 1
:
2
Tugadi
|
Qizilqum Elguzha Grigalashvili - 49' |
NASAF – QIZILQUM - 2:1
16 sentyabr 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Serazitdinov, Damir Iskanderov, Akobirxo'ja SHukurullaev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Alisher Fayziev
"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 8.Dilshod Saitov, 18.Bahrom Abdurahimov (7.Doniyor Narzullaev 64'), 19.Husayn Norchaev (99.Andriya Kaluderovich 64'), 20.Suhrob Nurulloev (50.SHohmalik Komilov 89'), 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (5.G'olib G'aybullaev 78'), 88.Marko Stanoevich (70.Abubakr Rizo Turdaliev 89'), 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 15.Jo'rabek Mannonov, 28.Sardor Sadullaev, 71.Jasur Jumaev.
"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 4. Mirjalol Kasimov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Islom Kenjaboev, 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Mate Vatsadze (19.Jamshid Hasanov 35' (9.Behruz Sadilloev 80')), 17.Salim Mustafoev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 30.Elguja Grigalashvili, 75.Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 14.Fayzullo Qambarov, 18. Jasur Azimov, 25.Azizbek Usmonov, 44.Humoyun Abdualimov, 71. Timur Nabiev, 92.Vladislav Aleksin.
Ogohlantirishlar: Elguja Grigalashvili 15', Husniddin Aliqulov 56'
90+5. Uchrashuv yakunlandi.
90+2. O'yinning so'nggi daqiqalari mehmonlar ustunligi ostida o'tmoqda.
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
85. Narzullaev Kaluderovichni ajoyib uzatma bilan taminladi lekin Andriya vaziyatdan foydalana olmadi.
83. "Qizilqum"ning uzoq davom etgan zarbasini Grigalashvili zarba bilan yakunladi ammo noaniq.
80. Har ikki jamoa ham navbati bilan oldinga borishga urunishmoqda. O'yin tempi yuqori emas.
69. "Nasaf"dan ketma-ket hujumlar! Saitovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Nesterov qaytardi. Qaytgan to'pni Bozorov yaqin masofadan darvozaga yo'naltirdi. Bu safar ham Nesterov to'p yo'liga g'ov bo'ldi!
68. XAVFLI VAZIYAT! Oybek Bozorov raqib jarima maydonchasiga kirib to'pni uzatdi ammo hujumni yakunlovchi futbolchi topilmadi.
62. ZARBA! Akmal Mozgovoyning chamasi 23 metrlardan bergan zarbasini Nesterov qaytarib yubordi. Ajoyib zarba va ajoyib seyv!
58. "Nasaf"dan hujum. O'ng qanotdan to'p navoiyliklar jarima maydonchasiga uzatildi, biroq bu vaziyatda "Nasaf" futbolchisi zarba bera olmadi.
Foto: "Nasaf" klubi matbuot xizmati
52. ZARBA! "Nasaf" hujumga o'tdi. O'ng qanotdan to'p biroz orqaroqqa - Marko Stanoevichga uzatdi. Uning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasini Nesterov qaytarib yubordi.
CHap qanotdan uzatilgan to'pni Grigalashvili boshi bilan zarba berib to'pni darvozaga joylab qo'ydi.
49. GOL! Elguja Grigalashvili hisobni qisqartirdi!
46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishmoqda.
45+1. Birinchi bo'lim yakundandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
43. O'yin tempi biroz pasaydi.
38. Grigalashvilining kuchli zarbasi rikoshet holatida maydondan chiqib ketdi.
30. ZARBA! Islom Kenjaboevning zarbasini Umidjon Ergashev bartaraf etdi.
Foto: "Nasaf" klubi matbuot xizmati
28. "Nasaf" ikkinchi goldan keyin ham faollikni to'xtatmayapti.
Burchakdan uzatilgan to'pni Aliqulov boshi bilan Nesterov qo'riqlayotgan darvozaga kiritdi. "Qizilqum" darvozaboni mazkur vaziyatda to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi.
23. GOL! Husniddin Aliqulov hisobni ikkitaga oshirdi!
21. Yana bir xavfli vaziyat "Nasaf"da. Suhrob Nurulloevning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi. Stanoevichning yana bir bergan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
15. GOL! "Qizilqum" gol urdi. Ammo Grigalashvilining zarbasi uning boshi bilan emas, qo'li bilan berildi deb topildi.
Marko Stanoevich o'tkir burchakdagi jarima zarbasidan to'ppa to'g'ri darvoza tomon zarba berdi va gol urdi. Super gol!
13. GOL! "Nasaf" hisobni ochdi!
11. ZARBA! Husayn Norchaevning bosh bilan bergan zarbasi gol bilan yakunlanmadi. Keyinroq Nasriddinovning bergan zarbasi rekoshet bo'lib maydondan chiqib ketdi.
10. Ikki jamoa murabbiylari ham o'z shogirdlarini xotirjamlikka chaqirmoqda.
8. Endi "Qizilqum" to'p nazoratini o'ziga oldi. Hozircha o'yin asosan maydon markazida bo'lmoqda.
2. O'yinni mezbonlar faollik bilan boshlashdi. Jarima zarbasidan raqib jarima maydonchasi ichiga to'p uzatildi, ammo vaziyat xavfli tus olmadi.
O'yin boshlandi!
- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar