So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   2 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Superliga. Turning markaziy to'qnashuvida "Nasaf" g'alaba qozondi! Yangiliklar

Superliga. Turning markaziy to'qnashuvida "Nasaf" g'alaba qozondi!

Bugun Superliganing 19-tur markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Nasaf" – OKMK 2:0
Gollar: Javohir Sidiqov (9; 42) 
23 sentyabr. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov
Zaxira hakami: Mamur Ilhomov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Davron Ibrohimov

"Nasaf" - 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 9.Javohir Sidiqov (14.SHarof Muxitdinov 66), 19.Stefan CHolovich (8.Zafarmurod Abdirahmatov 79), 22.Igor Golban, 28.SHuxrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich, 34.SHerzod Nasrullaev (4.Dilshodjon Komilov 88), 70.Jambuli Jigauri (23.Kuach Yuel 79), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (10.Bobir Abdixoliqov 65)
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 3.SHoxjahon Sutonmurodov, 6.Murodbek Rahmatov, 21.Doniyorjon Narzullaev.

OKMK - 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (30.Abror Sarimsoqov 85), 5.Giorgi Papava, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Ruben Sanchez (99.Irakli Ruxadze 59), 10.Xurshid G'iyosov (21.Saidafzalxon Axrorov 71), 11.Kleydi Daci, 15.Oybek Rustamov, 19.Mixael Klepach (18.Aziz Xolmurodov 59), 22.SHohruh Gadoev (77.Nodirbek Abdurazzoqov 71)
Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 13.Eldorbek Begimov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.Iskandar Bo'sinov.


Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov (86)


Nasaf

Javohir Sidiqov - 9', Javohir Sidiqov - 42'

Superliga. 19-tur

23/09/2024, 19:00

0
:
2
Tugadi

OKMK

45'
90'
9'  Javohir Sidiqov
9'  Stefan CHolovich
42'  Javohir Sidiqov



Turni yakunlab beruvchi uchrashuvda musobaqa etakchilari "Nasaf" va OKMK o'zaro bahs olib bordi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH


90+6-daqiqa. Bo'ldi G'ayrat Jo'raevning final hushtagi chalindi! Turning markaziy to'qnashuvida "Nasaf" g'alaba qozondi! 

90+3-daqiqa. OKMK hujum bu safar ham samarasiz chiqdi.

90+2-daqiqa. "Nasaf"ning qarshi hujumi Dilshodjon Komilovning uzatmadagi sustkashligi tufayli oxiriga etmay qoldi

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi! 

90-daqiqa. Abdurazzoqovning uzatmalari qovushmadi va himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi!

89-daqiqa. Kuach Yuel Ahmadalievga nisbatan fol ishlatdi. Standart vaziyat!

88-daqiqa. O'zgarish! SHerzod Nasrullaev o'rniga Dilshodjon Komilov maydonga tushdi. 

86-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamga etirozlari tufayli Sardor Rahmonov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

86-daqiqa. Bobir Abdixoliqov boshi bilan zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi. 

85-daqiqa. O'zgarish! Mirjamol Qosimov o'rniga Abror Sarimsoqov o'yinga qo'shildi.

82-daqiqa. "Nasaf" oldinga o'tdi. Biroq Giorgi Papava to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi.

79-daqiqa. O'zgarishlar! Stefan CHolovich va Jambuli Jigauri o'rniga Zafarmurod Abdirahmatov hamda Kuach Yuel maydonga tushirildi.

78-daqiqa. OKMK to'pni nazorat qilishda davom etmoqda.

76-daqiqa. Nematov darvozasi oldida yana bir xavfli vaziyat. Irakli Ruhadze hisobni o'zgartirishi, oradagi farqni qisqartirishi mumkin edi. 

75-daqiqa. CHap qanotdan tashkillashtirilgan hujum va jarima maydonchasiga uzatmadan keyin Xolmurodov yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'llashiga raqiblar imkon berishmadi.

70-daqiqa. O'zgarishlar! SHohruh Gadoev va Xurshid G'iyosov o'rniga Nodirbek Abdurazzoqov hamda Saidafzalxon Axrorov o'yinga qo'shildi. 

66-daqiqa. OKMK raqib himoyasiga bosimni oshirmoqda.

66-daqiqa. O'zgarish! Javohir Sidiqov o'rniga SHarof Muhitdinov maydonga tushdi. 

65-daqiqa. O'zgarish! Zoran Marushchi o'rniga Bobir Abdixoliqov maydonga tushdi. 

64-daqiqa. OKMKning navbatdagi urinishi oxiriga etmay qoldi. 

59-daqiqa. O'zgarishlar! Ruben Sanchez va Mixael Klepach o'rniga Irakli Ruxadze va Aziz Xolmurodov maydonga tushdi.

55-daqiqa. "Nasaf" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. 

48-daqiqa. Golban va Nasrullaev raqib hujumini buzib, to'pni qaytarib yuborishdi.

47-daqiqa. Marushichning uzatmasidan keyin Jigaurining bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+7-daqiqa. Bo'ldi, bosh hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus! 

45+5-daqiqa. OKMK to'pni nazorat qilmoqda, lekin oldinga o'tishga, chinakamiga xavfli vaziyat yaratishga imkon topilmayapti.

45+1-daqiqa. Markazda Sidiqov Qosimovga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasi belgilandi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi!

45-daqiqa. CHolovich yana birinchi planda. U qanotdan oldinga o'tdi va zarba yo'lladi, Ilyosov seyv amalga oshirdi.


42-daqiqa. GOOOOOOL! Javohir Sidiqovdan "panenka" va dubl!

40-daqiqa. Bizga ko'rsatilayotgan kadrlardan ishonch bilan penalti deyish mushkul. Darvoza ortidan semka qilayotgan kamera kadrlari qani o'rtoqlar?

37-daqiqa. PENALTI? Bosh hakam to'p OKMK himoyachisi qo'liga tekkan deb hisobladi va nuqtaga ishora qildi. Mehmonlardan hech kim bu qarorga rozi emas.

Burchak zarbalari bo'yicha holat 4:2 OKMK foydasiga.

36-daqiqa. Tezligini ishga solgan CHolovich jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi. 

34-daqiqa. OKMK yana bir burchak zarbasi ishlab oldi. Gadoev va Ruben Sanchezning faolligi standart vaziyatni yuzaga keltirdi.

33-daqiqa. Oddiy xatolar tufayli har ikki jamoa azolari bir necha bor to'pni raqibga sovg'a qilishdi.

29-daqiqa. OKMKning yana bir urinishi besamar ketdi.

Havodan uzatilgan to'pga Oybek Rustamov bosh bilan zarba bera oldi, ammo noaniq.

26-daqiqa. Xurshid G'iyosov jarima maydonchasiga kiraverishdan zarba berdi, lekin Narsullaev to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Yana bir burchak zarbasi.

25-daqiqa. Gadoev to'pni CHolovichdan olib qo'yib, jamoasi hujumini boshlamoqchi bo'ldi, ammo G'olib G'aybullaev ham bo'sh kelmadi. 

21-daqiqa. "Nasaf"ning tezkor qarshi hujumi ham muvaffaqiyatli yakunlanmadi.

Uzatmadan keyin esa ish zarbagacha etib bormadi.

20-daqiqa. 2 daqiqada bir amallab vaziyatni ko'rib, oydinlik kiritib olishdi. 

18-daqiqa. "VAR"xonadagilar bosh hakamdan o'yinni to'xtatib turishni so'rashdi. Kutyapmiz. Agar to'p mabodo Golbanning qo'liga tegib ketgan bo'lsa, penalti belgilanishi mumkin.

17-daqiqa. Mirjamol Qosimovning uzatmasidan keyin Nematov hamda Golban biroz kelisholmay qoldi va to'p maydon tashqarisiga yo'l oldi - burchak zarbasi. 

16-daqiqa. OKMK hujum uyushtirish uchun qulay yo'nalish izlamoqda.

14-daqiqa. Zoran Marushich o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi.

12-daqiqa. O'tkazib yuborilgan tezkor golga OKMK qanday munosabat bildirarkin? Hozir mehmonlar to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.

9-daqiqa. GOOOOOOOOL! Javohir Sidiqov "Nasaf"ni oldinga olib chiqdi! Stefan CHolovichdan ajoyib harakatlar va aniq uzatma!


7-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin va bir futbolchi to'p yo'nalishini biroz o'zgartirganiga qaramay, Ilyosov uni ishonch bilan egallab oldi. 

5-daqiqa. "Nasaf" futbolchilari to'pni nazorat qilishmoqda.

3-daqiqa. Kolovich faollik ko'rsatib to'p "Nasaf" futbolchisiga etib borishiga yo'l qo'ymadi, lekin uni maydonda saqlab qolishni uddalay olmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Har ikki jamoa asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushib kelishdi. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика