So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Superliga: “Nasaf” - “Neftchi”. Prevyu Yangiliklar

Superliga: “Nasaf” - “Neftchi”. Prevyu

“Nasaf” navbatdagi 12-tur uchrashuvini o'z maydonida Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Jamoalar milliy chempionatdagi o'zaro 43-uchrashuvida maydonga tushishadi. Uchrashuv 14 may dushanba kuni “Markaziy” stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga, 12-tur
“NASAF” – “NEFTCHI”
14.05.2018. “Markaziy” stadion. 18:00da
Bosh hakam
: Aziz Asimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent)
Zaxira hakami: SHuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent)
Komissar: Baxtiyor Namozov.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 42 marta o'zaro bahs olib borishgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda "Nasaf" 18 marta g'alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo'li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida - 58:49.

Esingizda bo'lsa, “Nasaf” jamoasi o'z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o'z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo'lgan.

Ro'ziqul Berdiev qo'l ostidagi “ajdarlar” farg'onaliklar bilan bo'lgan uchrashuvlarda mag'lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. "Nasaf" ustozi shu paytgacha  shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi o'n marta maydonga olib tushgan. SHu uchrashuvlarning sakkiztasida "Nasaf"ning qo'li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.


Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarga oid

Jamoalar Qarshida o'zaro 21 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo'lib o'tgan 14 uchrashuvda “Nasaf”ning qo'li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg'onaliklar g'alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o'tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 57ta gol kiritilgan. To'plar nisbati 38:19ni tashqil etmoqda. Ustunlik qarshiliklar tomonida.

“Nasaf” jamoasi o'z muxlislari oldida ilk marta “Neftchi” jamoasi ustidan 2000 yili tarixiy g'alabaga erishgan. Bu uchrashuv 4:2 hisobida yakunlangan. Uchrashuvdagi "ajdarlar" gollariga Rustam Abdullaev (26), Bahrom Haydarov (28), Zafar Xolmurodov (56), Murod Ismoilov (86)lar mualliflik qilishgan. “Neftchi” jamoasining ikki golini Akmal Xolmatov va Asad Do'rmonovlar kiritishgan.

“Neftchi” jamoasi so'nggi bor 2012 yili Qarshida g'alabaga erishgan. Jamoalar Qarshidagi yagona va  so'nggi 1:1 durang natijani, 2001 yili qayd etishgan.

“Nasaf” – “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 14 may dushanba  kuni “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashv soat 18:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv esa bugun 10 may yakshanba kuni Sputnikdagi yoshlar qarorgohi maydonida soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика