So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  0 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  4 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  9 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  738 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  155 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" "Metallurg"ni ishonchli hisobda engdi. Qarshiliklar ketma-ket ikkinchi o'yinda penaltidan gol ura olmadi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" "Metallurg"ni ishonchli hisobda engdi. Qarshiliklar ketma-ket ikkinchi o'yinda penaltidan gol ura olmadi

Bugun Coca Cola Superligasining 23-tur bahslari davom ettirildi.

Coca Cola Superligasi. 23-tur

NASAF – METALLURG 2:0

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30
Hakamlar
: Ahrol Risqullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nechoxin, Umidjon Nutfulloev
VAR hakami: Rustam Lutfullin
AVAR
: Obid Jumaev
Nazoratchi
: Zokir Qodirov
Komissar
: Davron Ibrohimov

Gol: 1:0 — 35, Oybek Bozorov, 2:0 — 70, Suhrob Nurulloev.

"Nasaf" — 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Akmal Mozgovoy (19. Mateus Lima Kruz, 86), 8. Zafarmurod Abdirahmatov (21. Doniyor Narzullaev, 86), 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoevich, 71), 17. Suhrob Nurulloev, 34. SHerzod Nasrullaev, 70. Jambuli Jigauri (18. Bahrom Abdurahmonov, 71), 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eshmurodov (s), 99. Azizbek Omonov (10. Andres CHaves, 71)

Zaxira: 54. Adham Musulmonov, 25. Bekjon Rahmatov, 32. Zafar Hakimov, 36. Aziz Ahrorov

"Metallurg" — 87. Akmal Ortiqov, 3. Danial Mahini (20. Daler SHaripov, 63), 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 9. Zabihillo O'rinboev (11. Damir Temirov, 9 (21. Muhammadaziz Ibrohimov, 69), 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 15. Sardor Abduraimov, 17. Reza Yazdan Do'st, 22. SHaxzodbek G'ofurbekov, 23. Bexruz SHodmonov, 77. SHahzodbek Ubaydullaev.

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 19. Ergash Ismoilov, 24. Ro'ziboy Fayzullaev, 32. Zafar Rahmonjonov, 70. Alisher Xayrullaev, 97. Muhammadali Aliqulov

Ogohlantirish: Damir Temirov (18), Suhrob Nurulloev (45), Muhammadaziz Ibrohimov (88)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!


90+3. Penalti ijro etish payti to'pni Stanoevichga bermagan CHaves 11 metrli nuqtadan gol ura olmadi.

90. Penalti! CHaves va Stanoevich ikkita to'p olib kelib, nuqtani talashib qoldi. Marko taslim bo'ldi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. "Metallurg" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Hakam VARga murojaat qildi. "Metallurg" futbolchisi Sattorov o'z jarima maydonida qo'l bilan o'ynagan bo'lishi mumkin.

88. Muhammadaziz Ibrohimov ogohlantirildi.

86. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

85. Xavfli vaziyat! CHaves raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

79. Zarba! SHaripovda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo uning chap oyoqd yo'llagan kuchli zarbasi yuqorilab ketdi.

77. 77-daqiqada 77-raqamli futbolchining urinishiga biroz aniqlik etishmadi.

73. Bozorovning yana bir zarbasini Ortiqov qaytardi.

71. "Nasaf"da birato'la uch o'zgarish yuz berdi. 

70 GOL! Bozorovning ajoyib uzatmasidan so'ng Nurulloev bosh bilan aniq zarba yo'llab, hisobdagi farqni oshirdi!

67. Siddiqovning yana bir zarbasi judan noaniq ko'rinish oldi.

63. "Metallurg"da o'zgarish: SHaripov Mahinini almashtirdi.

61. Zarba! Bu safar Siddiqovda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi, ammo unga biroz omad etishmadi.

60. Zarba! Ubaydullaevning urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

59. Zarba! Bozorov ko'ngildagidek zarba yo'llay olmadi, aniqrog'i, uning zarbasi sherigiga tegib maydonni tark etdi.

58. Zarba! Nasrullaevning olis masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

56. Xavfli vaziyat! Omonov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi. G'aybullaevdan super pas.

53. Omonov hujumda fol ishlatdi.

49. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo yakuniy pallada to'p Bozorovga etib kelmadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Nurulloev raqib hujumini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. 

42. Mozgovoy yana qo'pollik ishlatdi. Temirov jabrdiyda rolida.

40. Mozgovoy hujumda raqibini turtib yubordi.

38. Jigauriga nisbatan qoida buzildi. Mezbonlarda standart vaziyat yuazaga keldi.

35. GOL! Qarshiliklarning burchakdan uzatmasi raqib himoyachilari tomonidan bartaraf etildi. Qaytgan to'pni esa Oybek Bozorov kuchli zarba bilan raqib darvozasining yuqori burchagiga joylab qo'ydi!


33. Siddiqovning burchakdan uzatmasi qaytarildi.

33. Zarba! G'aybullaevning kuchli zarbasi raqib "jonli devor"iga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

31. Jigauri jarima zarbasi ishlab oldi. Abduraimov qoida buzdi. Mezbonlarda qulay imkoniyat yuzaga keldi.

30. Omonov raqib futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

29. Nurulloevning uzatmasi to'g'ri "Metallurg" posbonining qo'llariga borib tushdi.

27. Zarba! Abdurahmatovning kuchli zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

26. Zarba! Olis masofadan Omonov o'z omadini sinab ko'rdi, Ortiqov yana to'pni egallab oldi.

23. Zarba! Temirovning olisdan yo'llagan zarbasi "Nasaf" darvozasining yonidan o'tib ketdi.

20. Xavfli vaziyat! Amonovning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

19. Zarba! Standart vaziyat G'aybullaevning zarbasi bilan yakunlandi. Ortiqov yana qahramonga aylandi.

18. Biroz avval maydonga tushgan Temirov Mozgovoyga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

16. Zarba! Abdurahmatovning uzatmasidan so'ng Jigauri bosh bilan zarba yo'lladi, Ortiqov esa to'pni egallab oldi.

15. Xavfli vaziyat! Toshqo'zievning chap qanotdan uzatgani to'pni G'ofurbekov raqib darvozasiga aniq yo'llay olmadi.

12. Bozorov boshlagan hujumni Nasrullaev davom ettirdi, biroq uning uzatmasi yana noaniq ko'rinish oldi.

10. "Metallurg"ning burchak uzatmasi raqibning qarshi hujumiga aylanib ketdi, biroq qarshiliklar hujum tempini pasaytirib yubordi.

9. Majburiy o'zgarish: Jarohat olgan O'rinboev o'rnini Damir Temirov to'ldirdi. 

8. Abdurahmatov–Nurulloev tandemi natijasidagi uzatma raqib himoyachisi tomonidan qaytarildi.

6. Nasrullaevning qanotdan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

5. Omonov burchak zarbasi ishlab oldi. Standart vaziyatni raqib futbolchisi bartaraf etdi.

2. Zabihillo O'rinboev ilk daqiqalardan tibbiy yordamga muhtoj. Bekoboliklar hujumchisi Eshmurodov va G'aybullaev bilan to'qnashib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Bugun "Nasaf" futbolchilari ko'k, "Metallurg" o'yinchilari oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика