So’nggi yangiliklar

14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  0 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  3 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  17 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  7 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  8 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  45

Superliga. Murabbiylar o'zgarishi qaysi jamoaga foyda keltirdi? (tahlil) Yangiliklar

Superliga. Murabbiylar o'zgarishi qaysi jamoaga foyda keltirdi? (tahlil)

Superliganing joriy mavsumida 6 ta jamoada murabbiy o'zgarishi amalga oshirildi.

Odatda davralar oralig'ida, mavsum o'rtasida bunga qo'l urilardi. Lekin natijalar salbiy ko'rinish beravergach, klublarning sabri 3-4 turdan so'ng tugadi, ortiq kutishmadi. 

"So'g'diyona". Yorqin Nazarov > Ivan Boshkovich

2022 yil Bakaev bilan ettinchi o'rinni egallagan va sovrindorlar qatoridan chetda qolgan "So'g'diyona" yangi mavsumda Yorqin Nazarovga ishonch bildirdi. Avval kamtarin jamoalarida faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis uchun katta klubdan yangi chorlov edi. 

Dastlabki turda "Bunyodkor"ga kichik hisobda imkoniyat boy berildi. 2-turda "Olimpik" jamoasiga qarshi o'tgan uchrashuv 2-2 hisobda yakunlandi. 3-turda Farg'onaning "Neftchi" jamoasi qabul qilinib, 0-2 hisobda imkoniyat boy berildi. So'nggi 4-turni safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazgan "bo'rilar" yirik hisobda mag'lub bo'ldi (0:3). Bu paytda jizzaxliklar 3 ta mag'lubiyat hamda 1 marotaba durang natija qayd etib, turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketayotgandi. Yangi murabbiy nomzodlari orasida Ulug'bek Bakaevni ortga qaytarish varianti favorit bo'lib turgan pallada, klub Ivan Boshkovich tanlovida to'xtadi. CHernogoriyalik murabbiy bilan "So'g'diyona" 22 ta uchrashuvda 26 ochko to'pladi va mavsumni 11-o'rinda yakunladi. Boshkovich boshchiligidagi jamoaning ishtiroki barqaror bo'lgani yo'q. Ikkinchi davrada 13 ta uchrashuvda 3 ta o'yinda g'alaba qozondi, ketma-ket 6 ta o'yinda g'alabasiz seriya qayd etdi. Lekin bu erda jamoani Superligada olib qolgani amalga oshirgan asosiy ishi bo'ldi, deya olamiz. 

"Buxoro". Hakim Fuzaylov > Ulug'bek Bakaev

"Buxoro" 4-turdan so'ng Fuzaylovga chiqish eshiklarini ko'rsatdi. Tojikistonlik mutaxassis 4 ta o'yinda 3 ochko bilan 11-o'rinda ketayotgandi. Bakaev vaziyatni o'nglashi kutilgandi-yu, o'zi yig'magan va uslubiga mos kelmagan futbolchilar bilan nimadir ko'rsatishi qiyin edi. Ikkinchi davrada ham aytarli yirik transferlarga qo'l urgani yo'q. Norxonovning qaytishi hujumdagi muammolarga barham berishi kerak edi. Ammo bu boks emaski birgina futbolchi natija keltirib bersa. Ulug'bek Bakaev bilan "Buxoro" 22 ta o'yinda 11 ochko ishladi va 14-o'rin bilan Pro ligaga ravona bo'ldi. Murabbiy o'zgarishi "Buxoro"ga hech narsa taqdim qilgani yo'q. 

"Metallurg". Luisma Ernandes > Vesko Steshevich

Bekobod jamoasida mavsum davomida murabbiylarning o'zgarishiga har doim ham guvoh bo'lavermaymiz, chunki klub Superligada o'rta o'rinlarda barqaror ishtirok etib keladi. "Metallurg" 3-turdan so'ng ispaniyalik Luisma Ernandes bilan hamkorlikni bekor qildi. Bunda natijalarni sabab sifatida keltirish qiyin, chunki jamoa 3 ochko bilan 12-o'rinda ketayotgan, hech narsa yo'qotilmagandi. 

"Murabbiy bilan xayrlashish uchta turdagi natijalarga bog'liq emas. "Paxtakor" bilan o'yinga tayyorgarlik jarayonida, dam olish kuni belgilandi. Ertasi kuni Luisma tomonidan oilaviy sabablarga ko'ra shartnomani bekor qilish haqida murojaat bo'ldi. Rahbariyat bilan o'rganib chiqqan holda do'stona xayrlashuv kelishildi",- degandi "Metallurg" bosh direktori SHavkat Saidov

Vesko Steshevich qo'l ostida jamoa 23 ta uchrashuvda 27 ochko jamg'ardi va mavsumni 10-o'rinda yakunladi. Umumiy olib qaralganda, Steshevich kelgach jamoaning o'yini, futbolchilarning harakatida ijobiy o'zgarish ko'zga tashlandi. Zabihillo O'rinboevning yanggi qirralari ochildi va eng yaxshi mavsumini o'tkazdi. Klub esa chernogoriyalik mutaxassis bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirishga qaror qildi.

"Turon". Baxtiyor Ashurmatov > Denis Bushuev > Yorqin Nazarov

O'zbek klublari orasida eng ko'p murabbiy almashtiradigan jamoa "Turon" hisoblanadi. Yaypanda 2021 yildan buyon 8 nafar murabbiy faoliyat olib bordi. Har mavsum kamida 2 ta o'zgarish amalga oshdi. Bu narsa joriy yilda ham davom etdi. Baxtiyor Ashurmatov bilan mavsumni boshlagan "tulporlar" 5-turdan so'ng 2 ochko bilan 13-o'rinda ketayotgandi. "Neftchi" bilan o'yindan so'ng klub rossiyalik Denis Bushuevni taklif qildi. Nimadir o'zgardimi? Afsuski, hech narsa. Superligada g'alabasiz yurish davom etdi va ikkinchi davrada "Turon" mavsumdagi uchinchi murabbiyga yuzlandi. Yorqin Nazarov yosh futbolchilar bilan ikkinchi davrani juda yaxshi boshladi. Safarda "Buxoro", uyda "Nasaf" taslim etildi. Ammo klubda borgan sari tashkilotchilik, moliyaviy muammolar ko'paya boshlagan paytda, kuchsiz tarkib bilan kuchlilar orasida olib qolish imkonsiz edi. Natijalarga qaraydigan bo'lsak, Yorqin Nazarov avvalgi ikki hamkasbiga nisbatan natija borasida yaxshi natija ko'rsatdi va 10 ochko jamg'ardi, lekin bu ligada qolish uchun etarli bo'lgani yo'q. 


2023 yilda umuman mag'lub bo'lmagan murabbiy borligini bilasizmi? "Turon" murabbiyi Mirjalol Jo'raev 6-turda "Neftchi" bilan o'yinda (1:1) va 13-turda "Qizilqum"(0:0) bilan bahsda jamoani bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushdi va bu o'yinlarda yaypanliklar 2 ochko qo'lga kiritdi. 


"Qizilqum". Asror Aliqulov > Tachmurod Agamurodov > Jamshid Saidov 

Bu yil boshida Navoiyda tarkib ham, murabbiylar shtabi ham butunlay yangilandi. Avvalgidek kuchli futbolchilar yo'q, Superligada hali murabbiy sifatida toblanmagan Asror Aliqulov mahalliy futbolchilar bilan natija ko'rsatishi talab qilinardi. Aliqulovga 8 ta o'yinda imkoniyat berildi va bu vaqt ichida jamoa 1 g'alaba, 2 durang bilan 13-o'rinda borayotgandi. Klub rahbariyati Aliqulovning shtabiga Agamurodov, CHirica, Saidovni jalb qildi. Saidov boshchiligida "oltin izlovchilar" 19 ochko yig'di va 12-o'rin bilan o'tish o'yiniga qoldi. "Qizilqum"ni Superligada olib qolish missiyasini Jamshid Saidov bajardi va o'tish o'yinida "Qo'qon-1912"ni engdi. 

"Bunyodkor". Murod Otajonov > Aleksandr Krestinin

O'zbek futbolida allaqachon brend klub maqomini olib bo'lgan, vaqtida xalqaro maydonda barchani o'ziga qaratgan "Bunyodkor"da so'nggi ikki yilda ham murabbiy, ham rahbariyatda ko'p o'zgarishlar amalga oshdi. Etibor qaratadigan bo'lsak, bu davrda 5 nafar murabbiy, 4 nafar rahbar faoliyat olib bordi. Natijalarda esa tafovut sezilmayapti, bir xil 8-o'rin. 2023 yilni "qaldirg'ochlar" Murod Otajonov boshchiligida kutilganidan yaxshi boshladi va 6 ta turda mag'lubiyatga uchramadi (4 ta g'alaba, 2 ta durang). 7-turdan boshlab 8 ta uchrashuvda g'alabasiz seriya qayd etdi va turnir jadvalida  16 ochko bilan 8-o'ringa tushib ketdi. Ikkinchi davra oldidan rahbariyatdagi o'zgarish murabbiylar shtabiga ham ko'chdi va Qirg'iz Respublikasi terma jamoasida tanilgan rossiyalik Aleksandr Krestinin postga keldi. Krestinin qo'l ostida "qaldirg'ochlar" 13 ta uchrashuvda 6 g'alaba, 4 mag'lubiyat, 3 durang qayd etdi va 21 ochko jamg'ardi. Yuqori beshlikdagi jamoalardan faqat "Navbahor"ga mag'lub bo'ldi, "Nasaf", "Neftchi", "Paxtakor" taslim etildi. Bunday ko'rsatkichlarga qaramasdan, "Bunyodkor" mavsumni 8-o'rinda yakuniga etkazdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика