So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  19 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

Superliga. Jangovar kechgan uchrashuvda "Metallurg" "Turon" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. Jangovar kechgan uchrashuvda "Metallurg" "Turon" bilan durang o'ynadi

"Metallurg" hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing qoldirilgan 8-tur o'yini yakunlandi.

Superliga. "Metallurg" - "Turon" 1:1

Gollar: Humoyun Murtozaev 76', SHahzod Nematjonov 78'

Hakamlar: Farruh Yansupov, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Nikita Mustafin   

VAR hakami: Ravshan Abduvohidov 

AVAR: Husan Xudoyberdiev 

Nazoratchi: Bobur Haydarov 

Komissar: Bekzod Aripov

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 6.Hudoyshukur Sattorov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Bektemir Abdumannonov (19.Ergan Ismoilov 85'), 11.Damir Temirov (21.Abdujalil Manazarov 85'), 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 17.Vladislav Kasminin, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 23.Behruz SHodmonov, 25.SHahzod Nematjonov, 30.Ibrohim Ibragimov.

Zaxira: 99. Vladimir Vagin, 15.Rian Islamov, 20.Daler SHaripov, 33.Ivan Yosovich, 66.Izzatillo Po'latov, 97.Muhamadali Aliqulov.

"Turon": 35.Rahimjon Davronov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Marlen CHobanov, 10.Humoyun Murtozaev (40. Abega Enyang Ngu 82'), 14.Hurshid Muxtorov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 18.Abdug'ani Kamolov (34. Saidafzalxon Ahrorov), 19.Sardor Abduraimov, 45.Asadbek Saitxonov (11. SHohnazar Norbekov), 55.Hushnudbek Avilov (2. Abdulazizxon Abdurashidov), 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Zaxira: 1. Dostonbek To'xtaboev, 99. Humoyunshox Sayyotov, 3. Abduvosidxon Abdurashidov, 9. Azizbek Ibragimov, 43. SHohjahon Umarov.

Ogohlantirishlar: Hurshid Muxtorov 50', Marlen CHobanov 90+2'


90+5. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Har ikki jamoa vakillari ham navbatma-navbat hujumlar uyushtirmoqda, biroq ulardan naf chiqmayapti hozircha.

80. So'nggi daqiqalar yanada "yonadi"!

SHahzod Nematjonov o'ziga kelgan to'pni darvozaga yo'lladi va gol urdi!

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bekobodliklardan tezkor javob!

77. "Metallurg" nima qilar olarkin endi...

Murtazoev o'ziga uzatilgan to'pni qabul qilib olib "Metallurg"ning 4 himoyachisidan o'tib darvoza tomon zarba berdi va gol urdi!

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Humoyun Murtozaev hisobni ochdi!

75. O'rinboevning zarbasi noaniq bo'ldi.

70. Abdurashidovning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p mezbonlar darvozasi to'siniga tegib qaytdi.

66. SHodmonov tepgan to'pni himoyachi darvoza chizig'i ustidan qaytarib qoldi.

64. Temirov oshirib bergan to'pni Abdumannonov darvozaga yo'lladi, Davronovdan ajoyib seyv!!!

53. Abdug'ani Kamolovning bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi.

48. Jarima zarbasidan tepilgan to'pni darvozabon qaytardi, qaytgan to'pga berilgan zarbani esa "Turon" himoyachasi qaytardi! 

47. O'rinboevning bo'limning dastlabki daqiqalardanoq faollik ko'rsatdi va jarima zarbasi ishlab oldi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+3. O'yinning dastlabki bo'limi yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. O'yin harorati anchagina yuqori. Har ikki jamoa ham navbati bilan hujumlar uyushtirmoqda.

38. Navbatdagi zarba SHahzod Nematjonovdan bo'ldi. Ushbu zarba ham noaniq.

36. Vladislav Kasminin darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

32. Akmal Ortiqov to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, natijada to'p darvozaga kirib ketishiga bir bahya qoldi, mezbon himoyachilar faollik ko'rsatishdi.

27. Toshmirzaev "Metallurg" jarima maydonchasi ichida yiqildi, hakam bu vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lmaganini malum qildi.

16. O'rinboevning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

15. Endi zarba berish navbati mehmonlarda: Bilolxon Toshmirzaevning darvoza tomon tepgan to'pini Ortiqov qaytardi...

13. Zabixillo O'rinboevning uzoq masofadan yo'llagan ajoyib zarbasini Davronov qaytarib yubordi!

11. "Turon" futbolchining chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini mezbon jamoa himoyachilari qaytarib yubordi.

7. Abrorbek Toshqo'ziev chap qanotdan oldinga yurish qilib to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi, biroq bu vaziyatda hujumni yakunlovchi bekobodlik futbolchi topilmadi.

5. Bahsning dastlabki daqiqalari hujumkor boshlangan bo'lsa-da, hozir o'yin sal sokinlashdi.

1. O'yin boshlandi!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика