So’nggi yangiliklar

18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  0 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  2 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  10 17:47"Зенит" - ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибда  5 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  2 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  1 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  8 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  21 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  3 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  17 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  20 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  9 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3

Superliga. "Metallurg" – "Surxon" uchrashuviga tashrif buyuring va uyingizga qimmatbaho sovg'alar bilan qayting! Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" – "Surxon" uchrashuviga tashrif buyuring va uyingizga qimmatbaho sovg'alar bilan qayting!

16 mart kuni Coca Cola Superligasi-2022da 3-turga start beriladi.

Turni Bekobodda bo'lib o'tadigan "Metallurg" – "Surxon" bahsi boshlab beradi. Bekobodliklar matbuot xizmati ushbu uchrashuvda ishqibozlarni ajoyib qimmatbaho sovg'alar kutayotganini malum qildi.

Superliga. 3-turni boshqaradigan hakamlar malum, markaziy o'yinda VAR yo'q

Uchrashuviga tashrif buyuring, "Metallurg"ning 12-o'yinchisiga aylaning va uyingizga qimmatbaho sovg'alar bilan qayting!

"Metallurg" mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. Siz aziz muxlislarning qo'llab-quvvatlashingiz hamda ishonchingiz tufayli 1-turda Toshkent viloyati derbisini o'z foydasiga hal etdi. Keyin esa safarda O'zbekiston chempionatlarining ko'p karra sovrindori "Nasaf" bilan durangga imzo chekdi. 3-turda esa Bekobodga Termizning "Surxon" jamoasi tashrif buyuradi. Mazkur uchrashuv bekobodliklar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'tgan yili "Surxon" so'nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga Bekoboddan uch ochko bilan qaytgandi.

Bu yilgi o'yin qanday natija bilan yakunlanadi. "Metallurg" so'nggi mag'lubiyat uchun revansh oladimi? Albatta, ikki turdan keyin etakchilar qatorida borayotgan jamoa yigitlarining shashti baland. Ular "Surxon"ga qarshi o'yinda ham faqat va faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushishadi. Bu yutuqning to'kis va ishonchli bo'lishi yo'lida esa Siz aziz muxlislarning ko'magingiz zarur. Stadionni to'ldirib, futbolchilarni olg'a chorlab tursangiz, har qanday raqibni taslim etish "Metallurg"ning qo'lidan keladi.

16 mart kuni chiroyli, hujumkor hamda murosasiz o'yinning shohidi bo'lmoqchimisiz? Unda "Metallurg" markaziy stadioniga tashrif buyuring. Jamoaning o'n ikkinchi o'yinchisiga aylaning. Ha, darvoqe klub marketing xizmati stadionga keluvchi ishqibozlarni qo'llab-quvvatlash uchun uchrashuv tanaffusida pul-buyum lotereyasini tashkil etadi. Bu galgi sovg'alar soni ko'paygan. Uyga xush kayfiyat hamda qo'shimchasiga sovg'a bilan qaytishni istasangiz, shoshiling. "Metallurg" – "Surxon" uchrashuviga chiptalar sotuvi boshlandi", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.


Eslatib o'tamiz, "Metallurg" – "Surxon" uchrashuvi 16 mart – chorshanba oqshomida, soat 18:30 da boshlanadi. Fursatni va imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика