Superliga. "Metallurg" "Paxtakor"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Jamoa "xavfli hudud" sari dadillik bilan odimlamoqda
10 sen 2021 20:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657176_original.jpg)
![](/upload/storage/657176_220.jpg)
Superliga. "Metallurg" "Paxtakor"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Jamoa "xavfli hudud" sari dadillik bilan odimlamoqda
Jamoalarning asosiy tarkiblari bilan tanishing.
10 sentyabr, juma
METALLURG – PAXTAKOR 0:3
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Ravil SHayaxmitov
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Dragan CHeran 29', Azizbek Turg'unboev 31', Boyan Matich 71'
"Metallurg": 1. Akmal Tursunboev, 4. Odilbek Abdumajidov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 8. Salamat Kuttiboev ( 70. Muhammad Isaev, 82), 22. SHahzodbek G'ofurbekov, 28. Stanislav Andreev (14.Abror Toshqo'ziev, 34), 30. Ibrohim Ibragimov (15. Zohid Abdullaev, 46), 48. Dilshod Rahmatullaev, 55. Akbarjon Ismatullaev, 80. Farruh Ibrohimov, 98. Damir Temirov (11. Ivan Nagaev, 65).
Zaxira: 99. Vladimir Vagin, 10.SHahzodbek Nurmatov, 25. SHahzodjon Nematjonov, 79.Bobir Davlatov, 90. Abdurahmon Abdulhaqov.
“Paxtakor”: 25.Eldor Suyunov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odil Hamrobekov (21.Abror Ismoilov, 81), 8.Azizbek Turg'unboev (17.Doston Hamdamov, 72), 10.Dragan CHeran, 11.Boyan Matich (9.SHerzod Temirov, 81), 23.SHerzod Azamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 28.Diyor Xolmatov (18.Hojimat Erkinov, 72), 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 16.Marlen CHobanov, 19.SHarof Muhitdinov, 29.Vladimir Kozak.
Ogohlantirishlar: Zohid Abdullaev (47), Eldor Suyunov (47), SHerzod Azamov (84), Xudoyshukur Sattorov (86).
Metallurg |
Superliga. 17-tur 10/09/2021, 19:00 3
:
0
Tugadi
|
Paxtakor Dragan CHeran - 29', Azizbek Turg’unboyev - 31', Boyan Matich - 71' |
Bahs yakunlandi! "Paxtakor" yirik hisobda g'alabaga erishib, chempionlik sari dadil qadam bosmoqda. "Metallurg" esa mavsumdagi 10-mag'lubiyatni qabul qilib olib, 10-o'rinda turibdi. Aytish joiz, jamoa "xavfli hudud"ga ancha yaqinlashib qoldi.
90. Ikkinchi taymga qo'shib berildi.
88. SHerzod Azamovga tibbiy yordam ko'rsatildi.
86. Xudoyshukur Sattorov Erkinovni yiqitdi va to'pni tepib yubordi. Hakam sariq kartochka ko'rsatdi.
85. "Paxtakor"da o'zgarish: Dragan CHeran o'rniga SHarof Muhitdinov o'yinga qo'shildi.
84. SHerzod Azamov qoidani buzgani tufayli sariq kartochka oldi.
82. "Metallurg"da o'zgarish: Salamat Quttiboev o'rniga Muhammad Isaev tushdi.
81. "Paxtakor"da 2 ta almashtirish: Boyan Matich o'rniga SHerzod Temirov, Odil Hamrobekov o'rniga Abror Ismoilov o'yinni davom ettiradi.
80. Dragan CHeranning chiroyli pasi orqali Boyan Matichni qulay vaziyatga olib chiqishni istadi, ammo himoyachilar buni payqab qoldi.
77. "Metallurg" futbolchilarining zarbalari samara keltirmayapti.
74. Zarba! Rahmatullaevning zarbasi osmonga yo'naltirildi.
72. "Paxtakor"da 2 ta almashtirish: Azizbek Turg'unboev o'rniga Dostonbek Hamdamov, Diyor Xolmatov o'rniga Hojimat Erkinov tushdi.
71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Hujumchi Boyan Matich darvozani ishg'ol etib, hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirdi!
69. "Paxtakor" tinchigani yo'q va hujum sari intilmoqda.
65. "Metallurg"da o'zgarish: Damir Temirov o'rniga Ivan Nagaev o'yinga qo'shildi.
64. Sobirxo'jaev maydon markazida Quttiboevni qoidani buzgan holda to'xtatib qoldi.
61. SHerzod Azamovning jarimadan bergan zarbasi darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi.
60. Bu safar Toshqo'ziev Turg'unboevni yiqitdi, mehmonlarda jarima to'pi.
59. Dilshod Rahmatullaev Odil Hamrobekovga nisbatan qoidani buzdi.
56. Zarba! G'ofurbekovning zarbasidan keyin to'p "rikoshet" orqali maydonni tark etdi, burchak zarbasi.
52. O'yin shunday davot etyaptiki, go'yo "Paxtakor" mag'lub bo'lyapti va ularga g'alaba kerak. Aslida vaziyat teksarisi...
49. Rahmatullaev zarba berdi, Suyunov o'z o'rnida!
47. Abdullaev Suyuunov bilan to'qnashib ketdi va kichik janjal yuzaga keldi. Hakam har ikki futbolchini ogohlantirdi.
46. "Metallurg"da almashtirish: Ibrohim Ibragimov o'rniga Zohid Abdullaev tushirildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
44. Zarba! Xudoyshukur Sattorovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.
41. "Paxtakor" 2 ta to'p farqi bilan hisobda oldinda borayotganiga qaramasdan, jiddiy bosim uyushtirishda davom etmoqda.
37. Hujumchisiz o'ynayotgan "Metallurg" hujum qilayotgani ham yo'q.
34. "Metallurg"da o'zgarish: Stanislav Andreev o'rniga Abror Toshqo'ziev tushdi.
31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Hojiakbar Alijonovning qulay pasidan so'ng Azizbek Turg'unboev bosh bilan to'p kiritib, hisobni oshirdi – 0:2!
29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Farruh Sayfievning jarimadan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Dragan CHeran bosh bilan gol urdi – 0:1!
26. Damir Temirovning pasidan so'ng to'p Anzur Ismoilovga tegib, maydondan chiqib ketdi.
23. Dilshod Rahmatullaev hamda Sardor Sobirxo'jaev kelishmay qolishdi. Bosh hakam Viktor Serazitdinov ularni uzoq vaqt davomida yarashtirishga urindi.
21. To'p Azizbek Turg'unboevning qo'liga tegdi. Andreevning standartdan amalga oshirgan g'alati uzatmasi to'g'ri Suyunovning qo'liga etib bordi.
19. "Paxtakor" vaziyat yaratish taraddudini ko'rmoqda, ammo bekobodliklar ochiq hududlarni qoldirmaslikka harakat qilyapti.
16. "SHerlar" to'pga egalik qilishmoqda va o'yin nazoratini qo'lga olishgan.
14. Sayfievning markaz tomon uzatmasi CHeranga juda qulay tarzda etib kelayotgandi, ammo Ismatullaev hujumchiga o'z vaqtida to'sqinlik qildi.
11. Diyor Xolmatovning aylanma zarbasi aniq chiqmadi.
10. Zarba! G'ofurbekovning zarbasi noaniq ketdi.
10. "Paxtakor" hujumda qulay vaziyat hosil qilishi mumkin edi, biroq Xolmatov Sayfievga noto'g'ri pas berdi.
9. Hujumchi Boyan Matich Farruh Ibrohimovga nisbatan qoidani buzdi, futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
7. "Metallurg" to'pni raqibdan olib qo'yib, oldinga bordi. Salamat Quttiboevning o'ng qanotdan Damir Temirov tomon uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.
4. Ajablanarlisi, bugun Jasur Abduraimov nominal hujumchini maydonga tushirmagan. Vaholanki, zaxira o'rindig'ida 3 ta hujumchi o'tiribdi.
2. "Metallurg" dastlabki daqiqaqadayoq jarima to'piga ega bo'ldi. Dilshod Rahmatullaevning standartdan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegdi.
1. O'yin start oldi!
- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar