So’nggi yangiliklar

17:39Месси қайтди  0 17:12"Футбол олами". "Нефтчи" ва "Навбаҳор" даврани мағлуб билан якунлашди — Суперлиганинг қолдирилган ўйинлари ҳақида барчаси  0 16:41Хомяков, Бўриев, Ҳамиджонов... Ўзбекистон кубоги 1/8 финални ўтказиб юборадиганлар рўйхати  0 16:05Қўмита қарорларига ҳурматсизлик қилаётган Суперлига клубларига нисбатан санкция қўлланилади  7 15:48Расман: Амирбек Саидов Сербия клуби аъзоси  6 15:29Суперлига: ОКМК футболчиси қизил олиши, "Навбаҳор"нинг голи ҳисобланмаслиги ва "Насаф" пенальти тепмаслиги керак эди. Баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  14 14:50"Бавария" ўз футболчиси учун 50 млн ва бонуслар хоҳламоқда, МЮ эса ҳали расмий таклиф билан чиқмади  2 14:08Испания терма жамоасининг яна бир футболчиси Саудияга йўл олишга яқин  2 13:39Ўзбекистон терма жамоасининг Гватемалага қарши ўйинлар учун таркиби маълум  0 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг яна бир футболчиси легионерга айланиши мумкин  18 12:49«Нефтчи» собиқ футболчиси «Хоразм» билан шартнома имзолади  1 12:21"Бизга қайноқ юрак ва совуқ бош керак"  7 11:52Роналду: "Бу охиргиси"  22 11:00«Тоттенхэм» Сон Хин Мин келажаги борасида бир қарорга келди  3 10:33Тўрт йилга футболдан четлатилган Поль Погба қайтиши борасидаги саволга жавоб берди  1

Superliga. "Olimpik" "Metallurg"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Ibragimovdan xet-trik! Yangiliklar

Superliga. "Olimpik" "Metallurg"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Ibragimovdan xet-trik!

Superliganing 5-turidan o'rin olgan qoldirilgan "Metallurg" – "Olimpik" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga, 5-tur (qoldirilgan o'yin)
"Metallurg" – "Olimpik" - 1:4
30 iyun. Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 20:00
Bosh hakam:
Firdavs Norsafarov
Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov
Zaxira hakami: Jaloliddin Husniddinov
VAR: Davron Akmalov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Davron Ibrohimov

Gollar: Ibrohim Ibragimov 6, - 0:1 (Otabek Jo'raqo'ziev). Otabek Jo'raqo'ziev 10, - 0:2 (Alisher Odilov). Marko Milichkovich 19, - 1:2 (Daler SHaripov). Ibrohim Ibragimov 31, - 1:3 (Nodir Abdixoliqov). Ibrohim Ibragimov 57, - 1:3 (Ahmadillo Muqumjonov).

"Metallurg": 35.Rahimjon Davronov, 4.Kerim Palich, 7.Sardor Abduraimov (8.Iskandar SHaykulov, 46), 10.SHahzod Ubaydullaev (88.Sirojiddin Qo'ziev, 46), 11.Daler SHaripov, 14.Abror Toshqo'ziev, 15.Abbos Otaxonov (20.Mirg'iyos Sulaymonov, 64), 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 24.Davron Ergashev, 31.Marko Milichkovich, 33.Ivan Yosovich.

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 9.Zabihillo O'rinboev, 19.Ergash Ismoilov, 21.Hazrat Tursunqulov, 25.SHahzod Nematjonov, 77.Alisher Xayrullaev, .

"Olimpik": 13.Hamidillo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov (70.Muhammadbobir Mo'ydinov, 46), 7.Ibrohim Ibragimov (9.Asad Jo'raboev, 88), 8.Nodir Abdixoliqov (16.Rian Islamov, 65), 10.Farruh Muxtorov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (15.Muhsin Bozorov, 75), 18.Akbar Abdirasulov, 19.Ahmadillo Muqumjonov (29.Aleksandr Zevadinov, 65), 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.SHahzod Toirov, 37.Alisher Odilov.

Zaxira: 99.Edem Nemanov, 17.Jaloliddin Sodiqov, 28.Rustam Jahonov, 64.Samandar Qodirov.

Ogohlantirishlar: SHahzodbek G'ofurbekov 7, Abbos Otaxonov 12, Sardor Abduraimov 37, SHahzod Toirov 39, Akbar Abdirasulov 58.

CHetlatish: Iskandar SHaykulov 78.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+5. O'yin tugadi. "Metallurg" - "Olimpik" 1:4

90+4. Ivan Yosovich hozir jamoasini goldan qutqardi

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'zgarish. "Olimpik". Ibragimov o'rniga Asad Jo'raboev tushdi

85. GOL! Akbar Abdirasulov burchak to'pidan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:5. VAR orqali gol inobatga olinmadi, "Olimpik" futbolchilaridan biri ofsaydda turib darvozabonga xalal bergan ekan.

78. VAR CHETLATISH! Iskandar SHaykulov maydondan chetlatildi, "Metallurg" 10 kishi bo'lib qoldi

75. O'zgarish. "Olimpik". Jo'raqo'ziev o'rniga Bozorov tushdi

73. Zarba! SHaripovning zarbasidan keyin Abdunabiev yana to'pni qaytardi

65. O'zgarishlar. "Olimpik". Muqumjonov va Abdixoliqov o'rniga Zevadinov va Islamov tushdi

64. O'zgarish. "Metallurg". Otaxonov o'rniga Sulaymonov tushdi

64. ZARBAAA! Milichkovich darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatdan foydalana olmadi.

59. Zarba. Sirojiddin Qo'zievning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni qaytardi

58. Ogohlantirish. "Olimpik". Akbar Abdirasulov

57. GOL! Ibrohim Ibragimovdan xet-trik! Muqumjonovning to'p uzatishidan keyin Ibragimov sobiq klubiga uchinchi golini urdi - 1:4. 



55. Ikkinchi bo'lim birinchisidek shiddatli boshlangani yo'q

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Olimpik". Mirsaidov o'rniga Mo'ydinov tushdi

46. O'zgarishlar. "Metallurg". Ubaydullaev va Abduraimov o'rniga SHaykulov va Qo'ziev tushdi



45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:3

45+2. UXXX! SHahzod Ubaydullaev qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

41. Xavfli vaziyat! Alisher Odilov birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo Davronov so'nggi pallada to'pni qaytarib yubordi, qaytgan to'pni Odilov yana darvozaga yo'lladi, to'p himoyachiga tegib qaytdi!

39. Ogohlantirish. "Olimpik". SHahzod Toirov

37. Ogohlantirish. "Metallurg". Sardor Abduraimov

31. GOL! Ibrohim Ibragimov! Abdixaliqovning to'p uzatishidan keyin Ibragimov birga bir vaziyatdan gol urdi va dublini rasmiylashtirdi - 1:3. 

26. ZARBA! Jo'raqo'zievning chiroyli to'p uzatishidan keyin Ibragimov darvozaga yaqinlashib zarba berdi, to'p ustunga tegib maydonni tark etdi!

24. ZARBA! Ivan Yosovichning 30 metrlardan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni qaytarib yubordi!

19. GOL! Marko Milichkovich. Daler SHaripov birga bir vaziyatga chiqib bordi, Abdunabiev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni SHaripov sherigiga uzatdi, Milichkovich gol urdi - 1:2.

13. SHahzodbek Ubaydullaevning zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi.

12. Ogohlantirish. "Metallurg". Abbos Otaxonov

11. ZARBAAAAA! Daler SHaripov birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, Abdunabiev to'pni qaytardi! 

10. GOL! Otabek Jo'raqo'ziev! Ibragimov to'pni Odilovga uzatdi, Alisher darvozabonni ham aldab darvoza qarshisida qoldi ammo gol urmadi va yonidagi Jo'raqo'zievga to'pni uzatdi, yaqindagina uylangan Otabek bo'sh darvozani ishg'ol qildi - 0:2.

7. Ogohlantirish. "Metallurg". SHahzodbek G'ofurbekov

6. GOL! Ibrohim Ibragimov.  Jo'raqo'zievdan to'pni qabul qilib olgan Ibragimov hisobni ochdi - 0:1.



5. XAVFLI VAZIYAT! Alisher Odilov raqib jarima maydoniga yorib kirdi va sheriklariga to'pni uzatdi, "Metallurg" himoyachilari to'pni maydondan chiqarib yuborishdi!

4. ZARBAAA! SHaripovning kuchli zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni egallab oldi! 

3. "Metallurg"ning hujumi, Abdirasulov to'pni qaytardi

1.ZARBAAAAA! Havodan uzatilgan to'pni Alisher Odilov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Davronovdan seyv!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
30 iyu 22:48:58
Жахонгир-9
Олимпикдан Алишер Одилов хам анча яхши формада.Уйин услубини Насруллаев,Сайфиев лар га ўхшатаман.
   
30 iyu 22:38:21
Murodjon Ergashev
Эх Шавкат ака, Шипилов Андрейни каргишига колдингизда,дуппа дуруст ишлаб турувди-ку,Энди нима булди,Энди расво булди биродарлар!
   
30 iyu 22:05:31
Азим Исмаилов
Ибрагимов олимпиадага боришга энг яхши давогар
   
30 iyu 22:05:20
Kristensen
Bu lanati futbolchilar oddiy xalqni oyligiga oʻynameydi.Tekinxoʻrlar natija yoʻq .Mayli muxumi Metallurg yoʻq boʻlsin Ilyos degan choʻloqcha murabbiy ekan u yoshligida yaxshi oʻyinchi emas edi. Murabbiy boʻlib nimani qoyillatdi
   
30 iyu 22:02:50
Kristensen
Timur Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ванихоят металлург пердив га равона шаклли
Xudo xoxlasa tushub ketsin. Qaytib chiqmasin Men Bekobodlik boʻlsam xam bu komanda yoqmeydi
   
30 iyu 21:22:23
сугдийона 70
Бекобод жалко тебе
   
30 iyu 20:58:31
Тўлқин Хайит
Бердиев кўрдингми Кападзе Металург билан қандай ўйнаяпти, урган фудболни билмасанг.
   
30 iyu 20:25:05
Muhammadxon Mamatov
Timur Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ванихоят металлург пердив га равона шаклли
Металлург тушиб кетмайди
   
30 iyu 20:24:02
Toir Muratovich
Ob xavo salqinroq bo‘lgani ta'sir qildimi deymanda gollar shousi bo‘lmoqda
   
30 iyu 20:23:54
Toir Muratovich
Ob xavo salqinroq bo‘lgani ta'sir qildimi deymanda gollar shousi bo‘lmoqda
   
30 iyu 20:18:14
Timur Nazarov
Ванихоят металлург пердив га равона шаклли
   
30 iyu 20:11:50
Muhammadxon Mamatov
Эх Металлург
   
30 iyu 20:04:21
Muhammadxon Mamatov
Металлург уйғониш кере 1-давра тугаябди хали ғалаба йўқ газди босиш кере хеч бўлмасам 10 ғалаба бўлсин!!!
-1   
30 iyu 20:49:25
Soccerland777
10 дақиқадан ортиқ варни кўриб, 6 дақиқа қўшиб бериш - мухлисларга адолатсизлик... .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика