So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  22 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Superliga. "Metallurg" va "Lokomotiv" jangovar durangga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" va "Lokomotiv" jangovar durangga erishdi

Coca Cola Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Coca Cola Superliga. 17-tur
METALLURG – LOKOMOTIV 2:2

Gollar: Maxaradze 37, Toshpo'latov 52, Abduholiqov 66, Ubaydullaev 86.
25 sentyabr 2020 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Ravshan Abduvohidov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 7.Doniyor Narzullaev (23.Abdurahmon Abdulhaqov 64), 8.Salamat Qutiboev, 10.SHahzod Ubaydullaev, 14.Abror Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev (11.Murod Bobojonov 64), 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev, 43.Davron Anvarov (20.Xudoyshukur Sattorov 46), 88.Evgeniy CHumak.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 22.SHahzod G'ofurbekov, 36. Tulqin Ergashev, 77.Muhammad Isaev.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Jahongir Abdumo'minov (25.Javohir Alijonov 80), 7.Kaxi Maxaradze (17.Saveliy Abramov, 86), 10.Marat Bikmaev (23.Abdul Aziz Yusupov 80), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14. Azizbek Amonov (70.SHohjahon Qilichev 60), 20.G'ulom Haydar G'ulomov, 26.Dilshodjon Komilov, 37.SHerzod Fayziev, 52.Jaloliddin Jumaboev, 77.Diyorjon Turopov (19.Avazbek O'lmasaliev 80).
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiev, 4.SHahzod SHaymanov, 22.Komron Saidazimov, 80.Farruh Ibrohimov.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Har ikki jamoa 1 ochkoga ega bo'ldi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

87. Maxaradze o'rniga Abramov o'yinni tugatib qo'yadi.

86. GOOOL! Ubaydullaev chap qanotdan etkazib berilgan to'pdan so'ng boshi bilan to'pni raqib darvozasiga kiritdi - 2:2! 

80. "Loko"da uchta o'zgarish: Bikmaev o'rniga Yusupov, Abdumo'minov o'rniga Alijonov, Turopov o'rniga O'lmasaliev o'yinni davom ettiradi.

73. Zarbaaa! Otaxonovning bergan zarbasini Ilyosov maydondan chiqarib yubordi. Seyv!

70. Bobojonov Maxaradzega nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

69. Marat Bikmaev jarima to'pi zarabasini juda noaniq amalga oshirdi.

66. GOOOL! Abduholiqov raqib darvozasini ishg'ol etdi - 1:2!

64. "Metallurg"da ikkita o'zgarish: Narzullaev va Abdullaev maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Bobojonov va Abdulhaqov o'yinni davom ettiradi.

60. Amonov o'rniga Qilichev o'yinni davom ettiradi.

58. Ubaydullaev chap qanotdan etkazib berilgan to'pga boshi bilan zarba berdi. Ammo noaniq.

55. Goldan so'ng "Loko" oldinga o'tmoqda. Ammo bu hozircha foyda berayotgani yo'q.

52. GOOOL! Toshpo'latov jarimadan etkazib bergan to'pni golga aylantirmoqda - 1:1!

49. Zarbaaa! Ubaydullaevning bergan zarbasini Ilyosov bartaraf etdi!

46. Anvarov o'rniga Sattorov maydonga tushirildi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI.


BIRINCHI TAYM YAKUNLANDI!

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa vaqt qo'shib berildi.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


45. Amonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

44, Abdumo'minovning bergan zarbasini Lobanov egallab oldi.

43. "Metallurg" futbolchisi yana "offsayd"da.

37. GOOOL! Kaxi Maxaradze chamasi 20 metrlardan zarba berib, hisobni ochmoqda! Unga to'pni Abduholiqov etkazib bergandi!

35. G'ulomhaydar G'ulomovning uzoqdan bergan zarbasi raqibga tekkan holda maydondan chiqib ketdi.  

28. Xavfli vaziyatttt! "Metallurg" futbolchisi ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi.


23. Marat Bikmaevda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo u ham o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

19. Mezbonlar futbolchisi "offsayd"da qolib ketdi.

16. Zohid Abdullaev Ilyosovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


13. Marat Bikmaevdan noaniq zarba.

12. Ubaydullaevning bergan zarbasini Ilyosov ushlab oldi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


10. Mezbonlar hujum tashkil etishdi. Biroq "temiryo'lchilar" himoyachilari tartibli harakat qilishdi.

5. "Metallurg" dastlabki daqiqalarda hozircha faol. Jamoa ketma-ket burchak to'pi tepdi.



3. Maxaradzening bergan zarbasini Lobanov ushlab oldi.

2. Jamoalar bitta-bitta hujum uyushtirishdi. O'yindan tashqari holat qayd etildi. 

-UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Superliga 17-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvini birga kuzatib boramiz.  


- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика